• Kuchaytirilgan magnit oqimli transformatorlarning konstruktiv xususiyatlarini o‘rganish.
  • Payvand konstruksiyalarini loyihalash fanidan tayyorlagan mustaqil ishi




    Download 0.91 Mb.
    bet1/2
    Sana10.03.2024
    Hajmi0.91 Mb.
    #169561
      1   2
    Bog'liq
    KUCHAYTIRILGAN TRANSFORMATORLAR
    Типы озер, Electricity, 4-Deformatsiyaning birgalik tenglamalari., BIZNES JARAYONLARI

    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
    SIRTQI BO`LIM TEXNOLOGIK MASHINALAR
    VA JIXOZLAR YO`NALISHI
    3-BOSQICH S 79-21 A GURUH TALABASI
    G‘ANIJONOV XIKMATILLONING
    PAYVAND KONSTRUKSIYALARINI LOYIHALASH FANIDAN TAYYORLAGAN
    MUSTAQIL ISHI
    Kuchaytirilgan magnit oqimli transformatorlarning konstruktiv xususiyatlarini o‘rganish.
    Payvandlash transformatorlari o‘zak(asosiy)qismi birlamchi va ikkilamchi magnit o‘tkazgizlari joylashgan qismdan va qo‘shimcha magnit o‘tkazgich o‘ramli drossel (tok oqimini sozlovchi)dan iborat. Qo‘shimcha magnit o‘tkazgich o‘ramli drossel asosiy qismda joylashgan bo‘lib, harakatlanmaydigan va harakatlanadi-gan qismlardan tashkil topgan, vintli mexanizm yordamida ular orasidagi masofa kerakli xolatda sozlanadi. Birlamchi va ikkilamchi cho‘lg’am o‘rami orasidagi masofani o‘zgartirib, payvandlash toki oqimining kattaligi sozlanadi. Eng yuqori tok oqimi qiymati cho‘lg’amlar maksimal yaqinlashganda, eng kichik masofada esa eng kichik qiymatiga erishiladi. Transformator payvandlash paytida yuzaga keladigan radio shovqinni kamaytirish uchun hajmli filtr bilan jihozlangan. TSK tipidagi transformator quvvat koeffitsentini oshiradigan kondensatorlarga ega. Cho‘lg’amlar ikkitadan o‘ramni o‘z ichiga oladi, ular magnit o‘tkazgichning umumiy o‘zagida juft bo‘lib joylashgan bo‘ladi. Transformatorning ish diapazoni ikkita intervalga ega: Birinchisi (o‘ramlarning parallel ravishda ulanishi bilan) yuqori tok oqimlarni ta’minlaydi, ikkinchisi (ketma-ket) past tok oqimlarga mo‘ljallangan.
    Bunga qo‘shimcha ravishda, birlamchi o‘ramni hamma qismini emas, balki uning o‘ramlarining ba’zi qismlarini yoqish mumkin, bu esa past tok oqimlarda payvandlashda salt ishlashda zo‘riqishni kuchaytirishga imkon beradi, bu esa past tokda yoyning yonishiga ijobiy ta’sir qiladi. Kuchaytirilgan magnit yoyilishli transformatorlarga TS va TSK (4-rasm) turidagi transformatorlar misol bo‘ladi.
    Bu transformatorlar cho‘lg’amlari o‘zaro harakatlanadi. Payvandlash toki g’altaklar (3) ikkilamchi cho‘lg’amlarining pastga va tepaga xaraktlanishi yordamida rostlanadi (4-rasm). G’altakni (3) xaraktlantirish uchun vertikal vint hizmat qiladi. G’altaklar (3) va (4) o‘zaro yaqinlashtirilganda magnit yoyilish kamayadi va u sababli cho‘lg’amlar induktiv qarshiligi ham kamayadi va natijada payvandlash toki oshadi. G’altaklar bir-biridan uzoqlashganda magnit oqimining katta qismi yoyiladi, ya’ni qisman bo‘shliq orqali xaraktlanadi. Bunda cho‘lg’amlar induktiv qarshiligi kattalashadi va payvandlash toki kamayishiga olib keladi. Transformator quvvat koeffitsiyentini 0,7 gacha oshirish uchun kondensator 5 hizmat qiladi.



    15-Rasm: TSK turidagi payvandlash transformatorini sxemasi:
    1 – payvandlash simlari klemmalari; 2 – o‘zak (magnit o‘tkazgich);
    3 – ikkilamchi cho‘lg’am g’altaklari; 4 – birlamchi cho‘lg’am g’altaklari;
    5 – kompensirlovchi kondensator
    Ishning bajarilish tartibi:
    Kuchaytirilgan magnit oqimli payvandlash transformatorlar tarifi.
    Harakatlanuvchi o‘ramli transformator ishlash prinsipini o‘rganish.
    TS markadagi transformatorlarning texnik xususiyatlari.
    Amaliy ishning maqsadi: Payvandlash o‘zgartirgichlari va agregatlari konstruktiv xususiyatlari bilan tanishish.
    Jihozlar: Payvandlash o‘zgartirgichi, Payvandlash agregati,amaliy ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatma.
    Ishni bajarish uchun nazariy ma’lumotlar:
    Payvandlash o‘zgartirgichlari va payvandlash agregatlari payvandlashda o‘zgarmas tok manbai bo‘lib xizmat qiladi. Payvandlash o‘zgartirgichlari va payvandlash agregatlari, birinchi navbatda, o‘zgarmas tok generatori uchun turli xil quvvat manbasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
    Payvandlash o‘zgartirgichlari, qoida tariqasida, bir korpusli dizayndagi assinxron uch fazali motorlar bilan jihozlangan bo‘ladi. Payvandlash o‘zgartirgichlari ustaxonada harakatlanish imkonini beruvchi g’ildiraklar bilan jihozlanadi.



    Download 0.91 Mb.
      1   2




    Download 0.91 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payvand konstruksiyalarini loyihalash fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

    Download 0.91 Mb.