Payvandlash sifat nazorati




Download 3,83 Mb.
bet73/107
Sana14.12.2023
Hajmi3,83 Mb.
#118232
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   107
Bog'liq
Payvandlash sifat nazorati UMK

YOrdamchi qurilmalar. Defektoskopda maxsus qayta ulagich nazarda tutilgan bo‘lib, uning yordamida kuchaytirgich to‘g‘ridan to‘g‘ri radioimpulslar generatoriga ulanishi (qo‘shilgan sxemada ishlaganda, yani o‘zgartkich ham UTT nurlangichi, ham qabul qilgichi vazifalarini bajarganda) yoki undan uzib qo‘yilishi (alohida sxema) mumkin. Defektoskopda avtomatik nuqsonlar signalizatori (ANS) ham mavjud bo‘lib, u nuqsonlar haqida tovush yoki yorug‘lik signallari beradi. Agar signal strob–impulsga tushsa, signalizator ishlab ketadi. Nazorat vazifalariga qarab strob–impulsning eni katta doiralarda rostlanishi mumkin.
Ayrim defektoskoplarda qo‘shimcha bloklar bo‘ladi, ular operator mehnatini osonlashtiradi va ultratovush bilan nazorat qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Masalan, sezgirlikni vaqt bo‘yicha rostlash (SVR) bloki chuqurlikda yotgan har xil nuqsonlardan keladigan aks-sado-signallarning bir hil amplitudasi olinishini ta’minlaydi. SVR nuqsonlarni aniqlash ishonchliligini va ularni o‘lchash aniqligini ancha oshirishga imkon beradi.
Hisoblashni tezlashtirish va aniqligini oshirish uchun nuqsonlar kattaligini va koordinatalarini o‘lchash jarayoni avtomatlashtiriladi. SNIITmash da UDS-105M defektoskopi ishlab chiqilgan bo‘lib, u aks-sado- signal amplitudasini avtomatik o‘lchashni va uni raqamli tabloda aks ettirishnigina emas, balki o‘lchangan kattalik istalgan vaqtga hotirlanib qolishini ham ta’minlaydi (3.3-rasm). SNIITmash da yaratilgan UDS-100 defektoskopida o‘lchashning to‘liq avtomatlashtirilishiga erishilgan. U nuqsonlarning ekvivalent yuzi va yotish chuqurli koordinatalari avtomatik o‘lchanishi, xotirlab qolinishi va raqamli tabloda aks ettirilishi ta’minlaydi. Bundan tashqari, defektoskop strob–impulsni aks-sado-signal ketidan avtomatik kuzatish, aks-sado-signalining amplitudasiga qarab kuchaytirishning kerakli diapazoniga avtomatik o‘tish bloklari va hokazolar bilan ham taminlangan.

3.3-rasm. Ultratovushli UDS-105M defektoskopi

Hozirgi vaqtda mikroprosessorli defektoskoplardan foydalanilmoqda, ular qaytarilgan signalni ko‘p parametrlar bo‘yicha ishlash imkonini beradi, bu esa nazorat natijasida olinadigan ma’lumotlarni ko‘paytiradi.


Defektoskoplarning yordamchi qurilmalari jumlasiga koordinatali chizg‘ichlar va har xil andozalar ham kiradi, ular buyumlarning yuzalari to‘ppa to‘g‘ri va egri bo‘lganda nuqsonlar koordinatalarini aniqlashni osonlashtiradi; nuqsonlar o‘lchamlarini aks-sado-signal amplitudasiga qarab aniqlash planshetlari (ARD-diagrammalar), izlagichlar harakatiga cheklagichlar ham yordamchi qurilmalar sirasiga kiradi, ular burchakli payvand choklarini nazorat qilish uchun kerak bo‘ladi va hakazo.



Download 3,83 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   107




Download 3,83 Mb.