Asosiy magnitlash usullari




Download 3,83 Mb.
bet70/107
Sana14.12.2023
Hajmi3,83 Mb.
#118232
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107
Bog'liq
Payvandlash sifat nazorati UMK

Asosiy magnitlash usullari

Usulning nomi

Magnitlash vositasi

Magnitlanishning grafik sxemasi

Bo‘ylama (qutbiy) usul

Doimiy magnit bilan

Elektromagnit bilan


Solenoid bilan





Sirkulyar usul



Detaldan tok o‘tkazish bilan

Detal teshigiga tiqiladigan tokli sim bilan


Detalga o‘rnatiladigan kontaktlar yordamida


Detal ichida tokni induksiyalash bilan







Aralash usul

Detaldan tok o‘tkazish bilan va elektromagnit bilan

Detaldan o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishda faza bo‘yicha siljigan ikkita yoki bundan ortiq toklarni o‘tkazish bilan


Detal ichida tokni induksiyalash bilan va detal teshigiga joylashtiriladigan simdan o‘tuvchi tok bilan





Plastinalarni sirkulyar usulda magnitlash uchun zarur bo‘ladigan amperdagi tok I = 2H(b+S) formuladan aniqlanadi, bu erda b - plastinaning eni, sm; S - plastinaning qalinligi, sm; H - kuchanganlik, A/sm. agar N = 800 A/sm bo‘lsa, u holda I = 1600(b+h) bo‘ladi.


Qutbiy magnitlash bo‘ylama ko‘ndalang va normal magnitlashga ajratiladi. Bo‘ylama magnitlashda magnitlovchi maydonning yo‘nalishi detal o‘qi yo‘nalishi bilan mos (bir xil) bo‘ladi. Bo‘ylama magnitlash elektromagnitlar, doimiy magnitlar yoki solenoidlar yordamida amalga oshiriladi. U chokning bo‘ylama o‘qiga 20 – 300 burchak ostida joylashgan ko‘ndalang nuqsonlarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ko‘ndalang magnitlashda magnit maydonining kuchlanganlik vektori yo‘nalishi chokning bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar bo‘ladi. Normal magnitlash bo‘ylama va ko‘ndalang magnitlashning xususiy holidir.
Bo‘ylama qoldiq magnitlanganlikda magnitli usulning sezgirligi magnitlovchi maydonning olinish tezligiga ko‘p darajada bog‘liq. Maydonning kuchlanganligi tez kamaytirilganda nuqsonlar ishonchli namoyon bo‘ladi, sekin kamaytirilganda esa bo‘sh namoyon bo‘ladi yoki umuman namoyon bo‘lmaydi (ko‘rinmaydi) tokni eng katta qiymatidan nolgacha kamaytirish vaqti 5 mks dan oshmasligi kerak.

Download 3,83 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107




Download 3,83 Mb.