|
Payvand birikmalarni metallografik tekshirish
|
bet | 66/107 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #118232 |
Bog'liq Payvandlash sifat nazorati UMK14.2. Payvand birikmalarni metallografik tekshirish
Metallografik taxlildan asosiy maqsad payvand birikmadagi asosiy va eritib yopishtirilgan metallning strukturasi va nušsonlarini aniqlashdan iborat. Metallografik tekshirish o‘z ichiga metallarni makrostruktura va mikrostruktura tekshirish usullarini oladi.
Makrostruktura usulda (makrotaxlilda) metallning makroshliflari va sindirib ko‘rilgan yuza xarakteri o‘rganiladi. Makroshlif — bu silliqlangan va azot kislotasining suvdagi 25% li eritmasi bilan ishlov berilgan metall namunasidir. SHliflar payvand chokdan yoki namuna plastinadan qirqib olinadi. Makrostruktura oddiy ko‘z bilan yoki lupa orqali ko‘riladi.
Makrostruktura vositasida chala payvandlangan joylar, shlakli qo‘shilmalar, chuqirchalar, g‘ovaklar, darz-yoriqlar, yopishmagan joylar va boshqalar aniqlanadi.
Mikrostruktura usulda (mikrotaxlilda) 50 — 100 martadan ortiqroq kattalashtirib ko‘rsatadigan mikroskop yordamida metallning strukturasi va nuqsonlari tekshiriladi. SHlifning yuzasi silliqlanib jilo beriladi va dori bilan ishlanadi. Mikrotekshirish yordamida metallning sifatini belgilash, shu jumladan, metallning kuyganligi, dona chegaralari bo‘ylab oksidlar borligi, nometall aralashmalar, oksidlar, sulfidlar bilan metallning ifloslanganligi, metall donasining kattaligi, payvandlashda metall tarkibining o‘zgarishi, mikroskopik yoriqlar, g‘ovaklar va strukturaning boshqa defektlarini aniqlash mumkin.
Makro va mikrostrukturalar laboratoriyalarda tekshiriladi hamda tekshirish natijalariga qarab payvallash rejimining to‘g‘riligi haqida xulosa chiqaziladi. Bu sinashlar chok nuqsonlarining ro‘y berish sabablarini ham aniqlashga va payvandlash davomida bunday nuqsonlarning bo‘lishiga yul qo‘ymaslikka imkon tug‘diradi.
14.3. Payvand birikmalarni korroziyaga tekshirish
Metallar, qotishmalar va ularning payvand birikmalari tashqi muhit ta’siridan emirilishiga korroziya deyiladi. Korroziyaning ikki xili bo‘ladi: kimyoviy va elektrokimyoviy.
Kimyoviy korroziya metall bilan muhitning (quruq gazlar, suyuq noelektrolitlar — ya’ni benzin, moy, smola va boshqalar) bevosita o‘zaro ta’sirlanish jarayonidan iborat.
Elektrokimyoviy korroziya. Metallarga suyuk elektrolitlarning (tuzlarning suvdagi eritmalari, kislotalar, ishqorlar), shuningdek nam havoning, ya’ni elektr o‘tkazgichlarning tarkibida ionlari bo‘lgan eritmalarning ta’siri natijasida bo‘ladi. Kristallitlaro korroziyaga, emiruvchi ish muxiti ta’sirida bo‘ladigan buyumlarning payvand birikmalari sinaladi.
|
| |