|
Payvandlash sifat nazorati
|
bet | 65/107 | Sana | 14.12.2023 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #118232 |
Bog'liq Payvandlash sifat nazorati UMKNazorat savollar:
1. Golografik usuli mohiyati aytib bering
2. Akustik nazorat mohiyati aytib bering
3. Issiqlik ta’siri ostida nazorat mohiyati aytib bering.
2-MODUL. BUZIB NAZORAT KILISH USULLARI
14-MA’RUZA.
MEXANIK SINOVLARI
Reja:
14.1. Payvand birikmani mexanik xususiyatlarini aniqlash
14.2. Payvand birikmalarni metallografik tekshirish
14.3. Payvand birikmalarni korroziyaga tekshirish
Tayanch so‘zlar va iboralar: mexanik xossalari, mexanik sinov, metallografiya, makrostruktura, mikrostruktura
14.1. Payvand birikmani mexanik xususiyatlarini aniqlash
Mexanik xossalarini aniqlash uchun buyum bilan bir vaqtda o‘sha texnologik rejimlarda o‘sha metalldan namuna plastinalar yoki quvur bo‘laklari payvandlanadi. Ulardan esa sinash uchun namunalar tayyorlanadi (ba’zan namunalar bevosita buyumning o‘zidan qirqib olinadi). Mexanik sinov uchun tayyorlanadigan namunalarning o‘lcham va shakllari GOST 6996—66 (8.1-rasm) bilan belgilangan.8
8.1-rasm. Mexanik xossalarini aniqlash uchun namunalar:
a — eritib yopishtirilgan metallning, b — payvand birikmaning, v — egilishga, g — zarbiy qovushoqlikka
Mexanik xossalarini tekshirish uchun eritib qoplangan yoki asosiy metalldan silindrik shakldagi namuna tayyorlanadi (8.1-rasm, a) va uzish mashinasida statik cho‘zilishiga (šisška muddatli) sinaladi. SHu bilan birga nisbiy cho‘zilish ham (namunaning boshlang‘ich uzunligiga nisbatan foizlarda) aniqlanadi.
Payvand birikmaning xossalarini mexanik tekshirish ham plastina yoki quvur namunada xuddi yuqoridagidek bajariladi (8.1-rasm, b).
Metall chokning plastikligi payvand birikmani uzish mashinasida yoki maxsus press ostida statik egilishiga sinab tekshiriladi (8.1-rasm, v). Bukilish burchagi šancha katta bo‘lsa, uning plastikligi shuncha yuqori bo‘ladi. Maksimal bukilish burchagi 180° ga teng bo‘lganda metallning plastikligi yaxshi buladi. Namuna darz paydo bo‘lguncha bukiladi.
Payvand birikma zarbiy uzilishga (zarbiy qovushoqlikka) maxsus mashinalarda (mayatnikli kopyorlarda) sinaladi. Buning uchun chok tomonida kertiklari bo‘lgan maxsus kvadrat namunalar tayyorlanadi (8.1 -rasm,g).
Toblanadigan po‘latlarda odatda payvand birikmalarning qattiqligi ham tekshiriladi.
|
| |