• O‘ lchash transformatorlari
  • * Kuchlanish transformatori
  • 4.14-rasm Kuchlanish transformatori: a) ulash sxemasi, b) kuchlanishli
  • Tok transformatori
  • 4.15-rasm. Tok transformatori
  • Payvandlash transformatori
  • -rasm. Laboratoriya avtotransformatorning umumiy ko‘rinishi




    Download 376.29 Kb.
    bet7/8
    Sana25.05.2023
    Hajmi376.29 Kb.
    #64400
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    ETQ mustaqil ish2
    76, Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi-hozir.org (1), “Kadrlar tayyorlashning milliy modeli”, privacy-policy-ru, 1 mavzu taqdimoti, Сиртқи тест, 1-Mustaqil ish 2023, 2- mavzu boyicha amaliy vazifalar, 1-Mustaqil ish Fizika RAXMATOV DONIYOR, Кровля сталовая, Operatsion sistema bilan ishlash reja Operatsion sistemalar, 11, Elektr mashinalari ma\'ruza mustaqil ish, amaliy mexanika
    4.13-rasm. Laboratoriya avtotransformatorning umumiy ko‘rinishi:


    1-2 - rolikning tutqichi, 3-4 - chulg‘am. Uning tutqich kontaktli roligi bo‘lib, chulg‘am o‘ramlarning izolyasiyasidan tozalangan tomonida hatto dumalash ham mumkin. Shu harakatlanayotgan kontakt yordamida ikkilamchi zanjirdagi kuchlanishni noldan 1,1* U1 gacha rostlash mumkin.


    Biror avtotransformatori boshqarish uchun kuchlanishni 220 V dan 250 V gacha ushlash talab qilinadi. Transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amida 22000 V dan 25000 V gacha rostlash imkonini beradi.





    O‘ lchash transformatorlari
    Yuqori kuchlanishli zanjirlarda o‘lchash asboblari bilan ishlash xavfsizligi, shuningdek, bu asboblarning o‘lchash chegarasini kengaytirish uchun maxsus o‘lchash transformatorlari ishlatiladi.
    * Kuchlanish transformatori Kuchlanish transformatorining tuzilishi va ish prinsipi avval ko‘rilgan bir fazali kuch transformatoriga o‘xshaydi. Birlamchi chulg‘amning o‘ramlar soni ko‘p bo’ladi va unga yuqori kuchlanish beriladi.









    4.14-rasm Kuchlanish transformatori: a) ulash sxemasi, b) kuchlanishli
    transformatoming shartli belgisi.
    Ikkilamchi chulg‘amning o’ramlari soni ozgina bo‘ladi va unga yuqori ichki qarshilikli asboblar ulanadi (masalan, voltmetr, vattmetr, schetchiklarning kuchlanish g‘altaklari). Shuning uchun ikkilamchi chulg‘amdan juda kichik tok o‘tadi. Demak, kuchlanish transformatori oddiy kuch transformatori singari salt yurish rejimida ishlaydi. Kuchlanish transformatori yuqori kuchlanishni 100 V gacha kamaytirib beradi. Shuning uchun ikkilamchi chulg‘amga 100 V li voltmetr ulanadi. U holda birlamchi kuchlanish: U=U2 KU
    Ku - transformatsiya koeffitsiyenti.
    Kuchlanish transformatorlari bir fazali va uch fazali qilib ishlab chiqariladi. Bir fazali kuchlanish transformatorning ulash sxemasi 4.14,6 - rasmda ko‘rsatilgan.
    Tok transformatori
    Tok transformatorlari katta o‘zgaruvchan toklarni o‘lchashda qo’llaniladi. Ularning birlamchi chulg‘ami ampermetr singari liniya kesimiga ulanadi va o‘ramlar soni kam, ba’zida bir - ikki o‘ram yoki qalin o‘tkazgichning bir qismi bo’ladi. Ikkilamchi chulg‘amda o‘ramlar soni ko‘p bo‘ladi va u 5 amperga (ba’zan 10 amperga) mo‘ljallangan bo‘lib, vattmetrlar, ampermetrlar va boshqa asboblarning tok chulg‘amiga parallel ulanadi (4.15 - rasm).





    4.15-rasm. Tok transformatori:
    a) ulash sxemasi, b) tokli transformatoming shartli belgisi.
    Agar ulovchi simlar va ulangan o‘lchash asboblari chulg‘amlarning qarshiligi transformator uchun yo‘l qo‘yilgan miqdordan yuqori bo‘lmasa, K - const bo‘ladi. Unda birlamchi tok:
    Ii = I2/K
    Payvandlash transformatori
    Payvandlash transformatori metall buyumlarni, konstruksiyalarni va hokazolarni eritib, o‘zaro ulash uchun xizmat qiladi. 4.16-rasmda payvandlash transformatorining prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. U transformator 1, drossel 2, yakor 3, elektrod 4, payvandlanadigan buyum 5, drossel bilan yakor orasidagi tirqish 6 dan iborat. Payvand sifatli bo‘lishi uchun elektr yoy barqaror yonishi kerak. Buning uchun payvandlash jarayonida payvandlash toki qiymat jihatdan o‘zgarishsiz bo‘lishi lozim. Payvandlash toki drossel 2 bilan yakor 3 orasidagi tirqish 6 ni o‘zgartirish orqali rostlanadi. Tirqish ortganda drossel chulg‘amining induktiv qarshiligi kamayib, payvandlash toki ko‘payadi va aksincha.






    Download 376.29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 376.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Laboratoriya avtotransformatorning umumiy ko‘rinishi

    Download 376.29 Kb.