|
PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALIBog'liq Shirinova Venera Gafurovna (1)PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI
5 – SON / 2023 - YIL / 15 - YANVAR
www.bestpublication.org
497
olishadi va bu so`zlar ularning xotirasida bir umrga qoladi. Bunday o`yinlar butun sinf
bilan, yoki kichik-kichik guruhlarga bo`lingan holda o`rgatilishi mumkin. Keling,
o`qituvchilar yangi so`zlarni o`rgatayotganlarida qanday uyinlardan foydalanishlari
mumkinligini ko`rib chiqaylik:
1.
Xotirani mustahkamlovchi o`yin (Memory game) Bir o`quvchi bitta gap
aytadi boshqa o`quvchi shu gapga bir so`z yoki gap qo`shadi:
1-o`quvchi: My friend came.
2-o`quvchi: My friend and his mother came.
3-o`quvchi: My friend and his mother came by train.
Qaysi o`quvchi so`z qo`sha olmasa yoki xatoga yo`l qo`ysa o`yinni tark etadi.
2.
So‘z bog‘liqligi o`yini (Word association) Bir sinf turkumiga oid so`zlar
olinadi. Masalan:
Uy jihozlari jihozlariga oid so`zlar.
1-o`quvchi: a Sofa.
2-o`quvchi: a table.
3-o`quvchi: a chair.
4-o`quvchi: the piano.
Qaysi o`quvchi tezda so`z topa olmasa o`yinni tark etadi.
3.
Mimika (Miming) Bu o`yin yuqori sinf o‘quvchilari uchun mo`ljallangan
bo`lib, o`quvchilar ko`p so`zlarni bilishlari ya`ni lug`atlari boy bo`lishi kerak. Bu uyin
kasbga oid bo`lishi mumkin. Boshlovchi biror kasb egasiga doir harakat qilib ko`rsatadi,
qolganlar bu so`z qaysi kasbga oid ekanligini topishlari kerak, aks holda ular savol
berishlari mumkin:
Dou you work with children? Do you work in the evening?
4.
Kasbga oid ish qurollari haqidagi o`yin (Guess the tool) O`qituvchi
o`quvchilarni juftlikka ajratadi. Ikki o`quvchini yuzma yuz qilib ularga so`zlar yozilgan
kartochkalarni beradi.
Masalan: Knife and cook, pen and pupil. Bu o`quvchilar yozuvni bir biriga
ko`rsatmasligi kerak. O`quvchilar kartochkadagi ish qurolining nomini aytmasdan,
o`sha so`zni tasvirlashlari shart. Boshqasi o`sha ish qurolini topishi kerak:
1-o`quvchi: It is used for cutting things (bread, vegetables).
2-o`quvchi: It is a knife. We use it to prepare meals.
5.
Kishilar ovozlari orqali so`z topish (Human sounds) Bu uyinda o`quvchilar
kishilar xursand bo`lganda, xafa bo`lganda, kasal bo`lganda qanaqa ovoz chiqarishini
o`rganadilar. O`qituvchi: You are at the concert, at the stage.
O`quvchi: Sings and says I am singing.
O`qituvchi: Someone is here… O`quvchi: Whispers some thing and says I am
whispering.
O`qituvchi: You hurt your leg.
O`quvchi: Screams and says I am screaming.
|
| |