SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-JILD 6-SON
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.06.2023
253
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM TIZIMINI 2030-YILGACHA
RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA…
A’zamova Sarvinoz Shuhratjon Qizi
Farg’ona viloyati Yuridik texnikumi
1- bosqich talabasi. Rishton tumani
Adliya bo’limi amaliyotchisi
Annotatsiya:
ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi, oliy ta’lim tizimi, uning
rivojlanish konsepsiyasi, oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini
belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil
fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan
holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish to’g’risida fikr mulohazalar va
ushbu qarorning tasnifi yoritilgan.
Kalit so’zlar:
konsepsiya, islohot, forsayt, texnopark, startap.
Bugungi kunga kelib O‟zbekiston Respublikasi o‟zining qator islohotlari bilan
rivojlanayotgan davlatlar bilan bemalol raqobat qila olmoqda. Va o‟zining ham ijtimoiy
ham siyosiy mavqeiyni yuqori darajalarga ko‟tarmoqda.
Shunday islohotlar natijasi
ularoq, davlatning rivoji uchun yangidan yangi qarorlarhamda farmonlar qabul
qilinmoqda. Shulardan biri oliy ta‟lim to‟g‟risidagi O„zbekiston
Respublikasi
Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-sonli farmoni yaqqol misol bo‟la
oladi.
Xo‟sh bu qanday farmon? Buni O‟zbekiston Respublikasining kelajak avlodiga
qanday ta‟siri bor? Bu kabi savollarga birgalikda javob topamiz.
Yuqorida aytilganidek O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni,
08.10.2019 yildagi PF-5847-sonli farmonning asl maqsadi shularni tashkil etadi
oliy ta‟lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va
nodavlat oliy ta‟lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta‟lim bilan
qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog„lom raqobat muhitini yaratish;
O„zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz
oliy ta‟lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;
respublikadagi kamida 10 ta oliy ta‟lim muassasasini xalqaro e‟tirof
etilgan
tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings,
Times Nigher
Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta
o„rindagi oliy ta‟lim muassasalari ro„yxatiga, shu jumladan O„zbekiston Milliy
universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o„rindagi oliy ta‟lim
muassasalari ro„yxatiga kiritish;