Ta’lim jarayonida innovatsion ta’limning o’rni




Download 324 Kb.
bet3/10
Sana27.01.2023
Hajmi324 Kb.
#39856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
talim tizimida innovatsion texnologiyalar
patent, 1-Mustaqil ish bajarilish muddati, Mavzu Uglevodlarning tabiiy manbaalari (tabiiy gaz) va ulardan , C#da windows ilovalar yaratish Button komponentasi, erkaklar-shimi-andozasi, 2-Mustaqil ta\'lim, Презентация1, BMI prezentatsiya Adomboyev U., el 1, ccc, Виктор Владимирович Виноградов - лингвист-русист и литературовед,, Ramus lab, 2 5282928409666659390, 8-sinif 4-nsh
2.Ta’lim jarayonida innovatsion ta’limning o’rni.
Pedagogik mahorat- bu o’quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo’naltirish, talabalarda (o’quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan faoliyatga moyillik uyg’otishdir.
Pedagogik maqsadning o’ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:

  • Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo’naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta’minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o’tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqaradi.

  • Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog’liq. Bunda pedagogik maqsad o’quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o’z faoliyati maqsadini va unga erishish yo’llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish o’quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta’kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, anna shunda so’z ham, tinglovchilarni mahliyo qilishi ham o’z-o’zidan kelaveradi».

  • Pedagogik (ta’lim-tarbiya) jarayonida o’quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki-pedagog maqsadi doimo o’quvchi kelajagi tomon yo’naltirilgan bo’ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o’z faoliyatini mantiiqini o’quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.

  • SHunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o’ziga xosligi o’qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:

  • jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to’la anglab, o’z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarini «o’sib» uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;

  • muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondoshishi;

  • o’quvchilar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan mAqsadlariga aylantirish.

  • Pedagogik faoliyatning o’ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo’ladi.

  • Inson tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o’zining alohida xususiyatlari, ro’y berayotgan voqealarning idrok qilishi va ularga o’zicha baho beradigan takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta’kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o’z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo’lgan ishtirokchisi hamdir.

  • Pedagog doimo o’sib-o’zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan xatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.

  • O’quvchilarga pedagogdan tashqarii, atrof muhit, ota-ona, boshqa fan o’qituvchilari, ommaviy axborot vositalari ijtimoiy hayot ham ta’sir etadi. SHuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o’zida jamiki ta’sirlarga va o’quvchilarning o’zida paydo bo’lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi.

O’quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta’sir ko’rsata oladigan kishigina haqiqiy o’qituvchidir. Bunga erishish uchun pedagog o’zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur.
O’quvchilarni mehnat, muloqot, o’yin, o’qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o’zining individual pedagogik tizimiga ega bo’lishi kerak.
Ayrim pedagoglar kasbiy mahorat sirlarini egallash uchun, avvalo ta’lim-tarbiya metodlarini takomillashtirishga intiladilar. Bu tabiiy hol, chunki aynan metodlar yordamida pedagog o’z o’quvchilarini turli o’quv faoliyatiga jalb qiladi. SHu bilan birga o’quvchilarni bilim olishga qiziqtirishda o’qituvchi tomonidan tanlangan metodlar, usullar va topshiriqlardan boshqa sabablar ham ta’sir etadi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, xarakteri, o’quvchilar bilan muomalasiga ham ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Odatda bularning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali pedagog, uning xatti-harakati o’quvchilarga qanday ta’sir ko’rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi. SHuning uchun ham pedagogik mahoratni o’qituvchi shaxsi sifatlarini majmui sifatida qaralib, uni o’qituvchi yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi bilan bog’liq bo’lishini unutmaslik lozim.

Download 324 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 324 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim jarayonida innovatsion ta’limning o’rni

Download 324 Kb.