• Ta’lim tizimiga ikkinchi klassifikatsiya
  • Uchinchi klassifikatsiya
  • Педагогик инновацияларни ҳаётга татбиқ этишнинг ташкилий асослари




    Download 324 Kb.
    bet9/10
    Sana27.01.2023
    Hajmi324 Kb.
    #39856
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    talim tizimida innovatsion texnologiyalar
    patent, 1-Mustaqil ish bajarilish muddati, Mavzu Uglevodlarning tabiiy manbaalari (tabiiy gaz) va ulardan , C#da windows ilovalar yaratish Button komponentasi, erkaklar-shimi-andozasi, 2-Mustaqil ta\'lim, Презентация1, BMI prezentatsiya Adomboyev U., el 1, ccc, Виктор Владимирович Виноградов - лингвист-русист и литературовед,, Ramus lab, 2 5282928409666659390, 8-sinif 4-nsh
    Birinchi klassifikatsiya (guruh) yangiliklarni kiritish, maktab va oliy tizimda sodir bo’ladigan pedagogik jarayonga aloqadorligi bilan asoslanadi. Ushbu jarayonni tushunishga tayanib, quyidagi ko’rinishdagi yangilik xillarini ajratish mumkin:

    • ta’lim maqsadi va mazmuniga;

    • pedagogik jarayon metodikasi, vazifalari, usullari, texnologiyalarga;

    Ta’lim tizimiga ikkinchi klassifikatsiya (guruh) yangilikni kiritish masshtabi (hajmi) belgisiga asoslanadi. Bu yerda quyidagi o’zgarishlarni ajratish mumkin:

    • bir-birlari bilan bog’liq bo’lmagan lokal va alohida (bir tomonlamalilik);

    • kompleks, o’zaro bir-biri bilan bog’liq;

    • butun maktab va oliy tizimni qamrab oluvchi, tizimli.

    Uchinchi klassifikatsiya (guruh) innovatsion imkoniyatlarga qarab amalga oshiriladi. Bu holatda e’tiborga olinadi:

      • ta’lim dasturlari, o’quv rejalar, tuzilmalarni takomillashtirish, ixtirochilik, ko’rinishlarni o’zgartirish bilan bog’liq ma’lum va qabul qilinganlarni modifikatsiyalash;

      • kombinatorlikka (o’zgartirishlar) xos yangilik kiritish;

      • radikal o’zgartirishlar.

    Yangilik kiritishning to’rtinchi klassifikatsiyasi (guruh) oldingilariga nisbatan belgilariga asoslanib, guruhlanadi. Bunday yondashuvda yangilik o’rin almashuvchi, bekor qilinuvchi yoki ochib beruvchilarga qarab belgilanadi. Bu holatda maktab va oliy tizimda yangilanish manbai sifatida:

    • mamlakat, region, shahar, tumanning ehtiyoji sifatidagi ijtimoiy buyurtmasi;

    • ijtimoiy buyurtmani region va viloyat ahamiyatiga molik qonun va hujjatlarda aks etishi;

    • inson to’g’risidagi kompleks fanga erishish, ilg’or pedagogik tajriba;

    • xato va kamchiliklarni sinashda rahbar va pedagoglarning intuitsiyasi va ijodkorligi;

    • tajrib-sinov ishlari;

    • chet el tajribalari.

    Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta’lim oldiga muhim va mas’uliyatli vazifalarni qo’ymoqda. 2006 yil iyulь oyida Sankt-Peterburg shahrida “Sakkizlik guruhi” tomonidan Sammitda qabul qilingan “XXI asrda innovatsion jamiyat uchun ta’lim” to’g’risidagi hujjat g’oyalarini yiriklashtirishni hisobga olishni va muammoning yechimini talab etadi. Fanni va innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya’ni ishlashidan qat’iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo’lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda. Hozirgi milliy loyihalar saytida “innovatsion ta’lim” iborasi paydo bo’lmoqda va unda aytilishicha innovatsion ta’lim o’qitishni yangi bilimlarni yaratish jarayonida amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu esa bugungi kunda mavjud “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” tushunchasi bilan yangi “innovatsion ta’lim” tushunchalarini bir-biridan ajratishni talab etmoqda.
    Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo’lib faol innovatsion harakatni boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo’lga qo’yilgan edi. Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dьyachenko tomonidan o’qitishni jamoaviy o’qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davыdov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim to’g’risidagi qarashlar o’z vaqtida ma’lum ahamiyat kasb etdi. SHu bilan birga boshqa innovatsion ta’lim texnologiyalari: dialektik o’qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o’qitishning individual yo’nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Ekologiya va dialektika” (L.V.Tarasov), evristik o’qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler, S.Yu.Kurganov), loyihali o’z-o’zini refleksiya (G.P.SHedrovitskaya) va b.q.larni keltirish mumkin.
    Yuqoridagi keltirilgan texnologiyalar o’qitishda o’zlashtirishni yuqori ko’tarish, o’quv jarayonida qiziqtirishni, o’quv materialini tushunishni yaxshilashni, funktsional savodxonlikni shakllantirishni, loyihali savodxonlikni, nazariy tafakkurni, ekologik va iqtisodiy tafakkurni, kommunikativlikni, ijtimoiy faollikni, fuqarolik ongini, o’z-o’zini anglash va boshqa vazifalarni hal etishga yo’naltirilgan edi.
    Hozirda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsion yo’liga o’tgach, ta’lim sohasi ularga faqat yetakchilarni tayyorlash funktsiyasini bajardi. Lekin aslida esa boshqacha ko’rinish ko’zga tashlanadi. Ilgari jamiyat uchun uncha ko’p bo’lmagan va mustaqil shakllangan innovatorlar yetarli edi. Yuqorida sanab o’tilgan ta’lim texnologiyalari uchun innovatorlar faqat pedagoglar edi va ularning innovatsiyalari o’quvchilarda zaruriy sifatlarni shakllanishiga yo’naltirilgan bo’lib, innovatsion tafakkur va qobiliyatni innovatsion faoliyatiga yo’naltirishga e’tibor qaratilmagan. Bildirilgan fikrlar “innovatsion ta’lim texnologiyalari” va “innovatsion ta’lim” tushunchalarini quyidagi tarzda ajratib, alohida qarab chiqishni talab etadi:

    • innovatsion ta’lim texnologiyalari va dasturlari – bu barcha ta’lim texnologiyalari, yaratuvchi va ularni rivojlantiruvchi pedagog innovatsion faoliyatining natijasi hisoblanadi.

    • innovatsion ta’lim – bu shunday innovatsion ta’lim texnologiyalari va dasturlariki, unda pedagog innovtsion faoliyati natijasi bo’lib, o’qitilayotganlar innovatsion g’oyalarini yaratuvchisi (generatsiya) hisoblanadi;

    • ishlab chiqarishning monoinnovatsionligi (mutaxassislar innovatsiyasi) ta’limning monoinnovatsion - (pedagog innovatsiyasi) emasligiga to’g’ri keladi, uning innovatsiyaligi, pedagog innovatsiyaligi, ularning oqibati, o’qitilayotganlarning innovatsiyasidir.

    Bu o’rinda masalaning dolzarbligi mavjud “mono”innovatsion ta’lim texnologiyalarini “bi”-innovatsion xolatigacha rivojlantirishdan iborat. Bular bir qator chet el o’quvchilari misolida ular tomonidan yaratilgan tajribalar, ixtirolar misolida o’z amaliy isboti bilan tasdiqlangan. Bu o’rinda zamonaviy fan yutuqlari asosida kuchli, talantli tafakkur orqali amalga oshirilishini, ya’ni ixtiroli masalalarni hal etish nazariyasi IMEN yo’li bilan hal etish mumkinligi isbotlangan. Bir qator rivojlangan mamlakatlar ilmiy labaratoriyalarida (IMEN) IMEN-pedagogikaga “bilimlarni ixtiro qilish” deb nomlangan yangi metod yaratildi. IMEN ning integratsiya asoslari eng ko’p tarqalgan barcha innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan birgalikda ishlab chiqildi. Buning qo’shimcha samarasi – turli pedagogik texnologiyalarni amaliy dialektika tilida yozib chiqish imkonini beradi.
    4. Dunyodagi global o’zgarishlar jarayoni, mamlakatimizdagi iqtisodiy va ijtimoiy–madaniy sohalardagi o’zgarishlar, ta’lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassislarga jiddiy e’tibor qaratishni taqozo etadi. Pedagogik ta’lim sohasida 80-90 yillarda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi yagona va yaxlit tizim sifatida innovatsion xarakter kasb etib, quyidagi jarayonlarga e’tiborni qaratganini ko’ramiz:

    • ta’lim alohidaligi (detsentralizatsiya) ma’lum regionlarda ushbu sohani mustaqil rivojlantirish va ma’lum mutaxassislarga “buyurtma portfeli” ni shakllantirish imkonini berdi;

    • oliy o’quv yurtlarini demokratlashtirish, pedagogik jarayonni tashkil etishning shakl, vosita va shartlarini belgilashda mustaqillikni ta’minlovchi imkoniyatni berdi;

    • umumta’lim muassasalarini tiplariga muvofiq tarzda pedagog uchun o’zining pedagogik faoliyatini loyihalash va o’quvchilarni rivojlantirish vositasi sifatida o’zi o’qitadigan o’quv fanidan foydalanishda erkinlik berish va bu borada umumta’lim maktablarining ehtiyojini hisobga olish uchun imkoniyatlar berdi;

    • olinayotgan pedagogik ta’lim mazmuni va darajasini tanlash imkonini o’z ichiga oluvchi individual ta’lim dasturlarini ishlab chiqishga mo’ljallangan o’quvchining shaxsiy qiziqishlarini qoniqtirish zaruratini ko’zda tutadi;

    • uning turli darajadagi imkoniyatlar asosida qisqa muddat ichida professional ta’lim beruvchi mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.

    Yuqorida aytib o’tilgan jarayonlar ma’lum davrlarda kuchli ta’sir etilgan bo’lsada, bu o’rinda an’anaviy tarzda kadrlar tayyorlashga nisbatan innovatsion jarayonlar o’rtasida ma’lum dialektik o’zaro bog’liqlik mavjudligini e’tirof etgan holda, an’anaviy va innovatsion ta’limning har birini o’ziga xos jihatlariga e’tiborni qaratmasdan bo’lmaydi. An’anaviy pedagogik ta’lim mazmuni va tashkil etishi jixtidan aniq o’quv fani bo’yicha mutaxassis o’qituvchilarni tayyorlashga qaratilgan. Kasbiy-pedagogik tayyorgarlikdagi an’anaviy tizimda, faoliyatli yondashuv asosida o’quv-tarbiyaviy jarayon yotadi va bu jarayonda ishtirokchilar o’rtasidagi munosabatlar sub’ekt-ob’ekt tarzida yo’lga qo’yilgan. Bu yerda sub’ekt-o’qituvchi ma’lum chegaralangan sharoitda bo’lib, uning faoliyatini o’quv reja va o’quv dasturi boshqaradi va hamda munosabatlar qat’iy belgilab qo’yilgan. Ob’ekt-talaba ma’lum darajadagi bilim hajmi bilan chegaralangan.
    An’anaviy ta’lim mazmun jihatidan o’zaro bog’liq avtonom faoliyat bilan belgilangan: o’qituvchini o’qitish faoliyati va talabani o’quv bilish faoliyati; o’qiyotgan talaba o’qituvchi rejasining ijrochisi va boshqaruv ob’ekti bo’lib faoliyat ko’rsatadi.
    An’anaviylikdagi o’quv jarayonida o’zaro faoliyat taqlid qilish, imitatsiya, namuna bo’yicha faoliyat ko’rsatish, ijtimoiy va shaxslararo o’zaro ta’sirning bir xildaligi, tashqi nazorat va natijani baholash, bularning barchasi bilish motivlarini qisqartirish, bilish motivlarini kengayishiga imkon bermaydi.
    1990-2000 yillar davomida nazariya va amaliyotda pedagogik ta’limga yangicha yondashuvlar ishlab chiqildi. Amaliy jarayonlar “yuqoridan” va “quyidan” boshlandi. “Yuqoridan” harakat oliy ta’limga yangi o’quv rejalarini joriy qilinishi bilan boshlanadi. Yangi o’quv rejalariga ko’ra oliy ta’lim o’quv fanlarini kurslar bo’yicha mustaqil o’tish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bunday “demokratik erkinlik” kafedralar va fakulьtetlar tomonidan o’zgacha ijodkorlik bilan qabul qilindi va bu “quyidan” bo’layotgan o’zgarishlar ko’plab “pedagog-novator”lar harakatini yuzaga keltirdi. Innovatsion harakatlarni bir nechta jumladan, tashkiliy, mazmunli, metodik ko’rsatkichlari yuzaga keldi va amaliyotga joriy qilindi. Ushbu xolatlar ko’plab pedagogika va psixologiya kefedralar yig’ilishlarining asosiy masalasi sifatida muhokamaga qo’yildi hamda davlat o’quv rejasi, dasturlari asosida har bir oliy o’quv yurti o’zlarining ishchi o’quv reja va ishchi o’quv dasturlarini ishlab chiqishga kirishildi. Bu esa joylarda har bir fan o’qitilishining innovatsion texnologiyalarini joriy etish va qo’llash uchun imkoniyatlarni berdi. Mazkur o’zgarishlar respublikadagi barcha oliy o’quv yurtlari o’quv rejalariga pedagogik-psixologik fanlar hajmini 20-25% gacha ortishiga sababchi bo’ldi.
    Xulosa
    Hozirgi vaqtda O’zbekistonda jahon ta’lim maydoniga kirishga yo’naltirilgan yangi ta’lim tizimi qaror topdi. Bu jarayon bilan bir vaqtda pedagogik o’quv-tarbiya jarayonining nazariyasi va amaliyotida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Ta’limdagi yondashuvlar tarkibi o’zgarmoqda va boshqacha munosabatlar, pedagogik mentalitetlar o’rnatilmoqda.
    Ta’lim tarkibi yangi protsessual mahoratlar, axborotlar bilan ishlash qobiliyatining rivojlanishi, ilmiy muammo va bozor amaliyotining ijodiy yechimining ta’lim dasturlarini individuallashtirishga qaratilishi bilan boyitilmoqda.
    Axborotning an’anaviy usullari-og’zaki va yozma nutq, telefon va global masshtabli telekommunikatsiyalarni ishlatish bilan almashtirilmoqda.
    Pedagogik jarayonning muhim tarkibi bo’lib talaba bilan pedagogning shaxsga yo’naltirilgan o’zaro munosabatlari hisoblanadi. Ijtimoiy bilimga teng bo’lgan pedagogik texnologiyalarning tashkil topishda fanning roli ortib bormoqda.
    Pedagogik ta’lim texnologiyalarning psixologik-pedagogik nuqtai nazardan takomillashuvining asosiy yo’nalishlari quyidagilar bilan ifodalanadi:
    1) Yodlashdan eslab qolish funktsiyasiga o’tish, ya’ni o’zlashtirilganini ishlatish imkonini beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o’tish.
    2) Bilimning assotsiativ statistik modelidan aqliy harakatning dinamik tarkibiy tizimlariga o’tish.
    3) O’rtacha talabaga yo’naltirilganlikdan o’qitishning differentsiallangan va individuallashtirilgan dasturlariga o’tish.
    4) Talabaning tashqi motivatsiyasidan ichki ma’naviy irodali tartibga solinishga o’tish.
    Ta’limda zamonaviy didaktika va ta’lim tarkiblarining samaradorligini oshirish, yangi g’oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishi ishlatilmoqda. Bunda har xil pedagogik tizim bilan o’qitish texnologiyalari o’rtasida bog’liqlik, amaliyotda davlat ta’lim tizimining yangi shakllari (qo’shimcha va alьternativ) ning aprobatsiyasi, hozirgi zamon sharoitida o’tmishning pedagogik tizimlarini qo’llash muhim hisoblanadi. Bunday sharoitda pedagog, boshqaruvchi keng ko’lamli zamonaviy innovatsion texnologiyalar, g’oyalar, ukuv muassasasilar, yo’nalishlarda ma’lum bo’lgan narsalarni qayta ochishga vaqtini sarflash kerak emas.
    Bugungi kunda savodli mutaxassis bo’lish uchun ta’lim texnologiyalarning hammasini o’rganish lozim.



    Download 324 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 324 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Педагогик инновацияларни ҳаётга татбиқ этишнинг ташкилий асослари

    Download 324 Kb.