31
1
Mavzu 26: Photoshopda veb-fotogaleriya yordamida rasmlar galeriyasini
yaratish
Reja
Dasturning boshlanishi
Veb-fotogaleriya haqida tushuncha
Photoshopda veb-fotogaleriya yordamida rasmlar galeriyasini yaratish
usullari
Adobe Photoshop — Adobe Inc. firmasi tomonidan
ishlab chiqilgan va
tarqatilyotgan koʻpfunksiyali grafik redaktor. Asosan rastrli tasvirlar bilan
ishlashga moʻljallangan, biroq bir nechta vektorli vositalariga ega. Dastur Adobe
firmasi mahsuloti sifatida mashhur va rastrli tasvirlarni tahrirlashda dunyoda eng
oldi brendi hisoblanadi.
Hozirda
Photoshop macOS,
Windows
platformalariga, iOS, Windows
Phone va Android mobil
tizimlariga
moslashtirilgan. Yana Windows 8 va Windows 8.1 uchun
Photoshop Express
versiyasi ham mavjud. Adobe Photoshop tasvirlarni tahrirlashdagi proffesional
redaktor
hisoblanadi.
Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi
birorta kalendarda qayd
etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda bir yilligi
nishonlandi. Bundan 17
yil oldin, fevral oyida, „Adobe“
kompaniyasi,
Rassomlar, fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha mashhur boʻlgan
„Photoshop — 1.0“ muallifini eʼlon qildi. Photoshop
dasturi bugungi kunda,
„kompyuter grafikasi“ sohasi boʻyicha eng oldingi oʻrinda turibdi va mustaqil
dastur boʻlib ajraldi. Biz foydalanayotgan
Adobe Photoshop dasturining
boshlanishi ancha ilgari boʻlgan. Hozir 41 ta muallifi eʼlon qilingan dasturni
aslida aka-uka Jon Noll va Tomas Nollar boshlab bergan. Ularning otasi fotograf
boʻlib, ular yertoʻlada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar.
Tomas nur va rang kontrastini oʻrgandi. Jonn esa eski „Apple“
da ishlashga
qiziqardi. 1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi.
Uning imkoniyatlarining koʻpligi shu dasturni tuzishga sabab boʻldi