31
2
dissertatsiyasini yozayotgan edi. Thomasning Apple Mac plus monitorli
kompyuteri „Grayscale Images“ tasvirini namoyon qilmadi. Thomas vaziyatni
oʻzgartirish uchun yangi dastur tuzishga kirishdi. Qizigʻi shundaki, Industrial
Light and Magic (ILM) da Jon ham tasvirlarni qayta ishlash bilan
shugʻullanardi. Akasini muvaffaqiyatlarini koʻrgan
Jon birga ishlashni taklif
qildi.
Birinchi
versiya
1987-yil Michigan
universiteti talabasi Thomas
Noll tomonidan Macintosh platformasi
uchun
yaratilgan.
John oʻzining
„Kompyuter grafikasi asoslari“ kitobida shunday yozadi:
. Oʻshandan boshlab biz birga ishlab, murakkab va mukammallashgan Display
dasturini tuzdik. Oradan koʻp vaqt oʻtmay John yangi sotib olgan rangli ekranli
Macitntosh II kompyuteriga Display dasturini koʻchirishni taklif qildi. Jon
display dasturida ranglar gammasi korreksiyasi, import, fayllarni har xil
formatlarda saqlash va boshqalarni oʻylab topdi. Dastur ustida ishlash Tomasni
dissertatsiya yozishdan chalgʻitdi, lekin u shunda ham xursand edi. Hech qancha
vaqt oʻtmay Tomas tasvirlarni bir qismini ishlov berishni yangi usulini oʻylab
topdi va ishlov berish asboblar toʻplamini tuzdi. Keyinchalik bular „Plug-ins“
deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish
funksiyasi, ranglar va toʻyinishni boshqarish (Hue and Saturation)
ishlab
chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam boʻldi. Oʻsha davrda
bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda boʻlgan. Ular esa faqat
labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da boʻlgan. 1988-yilda
Tomas „Display“ning nomini „ImagePro“ deb oʻzgartirdi. Dastur oʻsha davrda
juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni oʻylar edi. Tomas esa
unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas oʻz dissertatsiyasini tugatmagan,
toʻliq ishlangan dasturni tuzishga ancha vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga
oʻxshash dasturlarni analiz qilishib, oʻz dasturlari „Image Pro“ ni boshqalardan
oldinga oʻtib ketganligini aniqlashdi.
Dasturni moliyalashtirish boshlandi. „Photoshop“
atamasi qayerdan paydo boʻlganligini hech kim
bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila
tomonidan „Photoshop“
deb nomlangan degan
gap bor. Dastlabki versiyalarda ekranlarda
31
3
Photoshop koʻringanligi hozirda bizda „ExTraneous CapitaliSation“
koʻringanday. Qizigʻi shundaki, koʻp dastur tuzuvchilar oʻz yoʻnalishlarini
Photoshop tomonga burdilar va bunday dasturlarni mustaqil ishlab chiqa
boshladilar. Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar
edi. Bu kompaniya hozirda bizga mashhur boʻlgan „Adobe“ kompaniyasi edi.
Lekin masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi. Barneyscan skanerlarini
ishlab chiquvchilar aka-ukalarga Photoshopni oʻz mahsulotlari komplektida
sotishni taklif qilishdi. Natijada 200 ta nusxalangan
Photoshop Barneyscan XP
savdo belgisi ostida tarqalib ketdi. Yaxshiyam Adobe bilan kelishuv uzoq
davom etmadi. Tez orada Jon oʻz dasturiga eʼtiborni jalb qilish uchun
kompaniyaga keldi. U bu yerga kelib Rassel Brounga oʻz dasturini
imkoniyatlarini namoyish qildi. Keyin Photoshop Art-direktor ga namoyish
etildi. Direktorga maʼqul boʻldi va tezda sotib olish kerakligini aytdi. Adobe
tomonining soddaligidanmi yoki aka-ukalarning ehtiyotkorligidanmi dastur toʻla
sotilmadi, faqat litsenziyalandi. 1988-yili Adobe Inc. firmasi dastur uchun
huquqlarni sotib oldi. Shuning uchun, dasturdan keladigan gonorar aka-ukalarga
tegishli boʻlib qoldi. 1989-yili dastur „Photoshop“ deb nomlandi. Hammasi juda
yaxshi borar edi. Lekin aka-ukalar bu muvaffaqiyatlar bilan toʻxtab qolishmadi.
Oldinda juda ham oʻgir ish — Photoshop 1.0 rasmiy
versiyasini ishlab chiqish
turar edi. Tomas dasturni natijaviy kodlash ustida ishladi. Bu vaqtda Jon esa
Plug-ins ni kengaytirish ustida ishlar edi. Bu esa Adobe xodimlarini
hayratlantirdi. Ular bunda ayyorlik va aldashni koʻrishdi. Qizigʻi shunda ediki,
baʼzi qoidalarga qattiq rioya qiluvchi hodimlar, Photoshopni kengaytirish
standartlarga toʻgʻri kelmaydi va yaxshi natija bermaydi deb fikr bildirishdi.
Boshqalar esa, uni toʻgʻri ishlatish koʻp foyda berishini aytishdi. Dasturni
tugatishni oxirgi bosqichlarida ham Tomas uni oʻzgartirish va
mukammallashtirishga vaqt va kuch topdi. Photoshopning tarafdorlari Jon va
Rassel Brounning qoʻllab quvatlashi va Adobe ning qarorlari natijasida 1990-yil,
fevral oyida Adobe Photshop 1.0 rasmiy versiya sifatida chiqdi. Soʻzsiz 1-
versiyaning
chiqishi, koʻp xatolarga qaramasdan muvaffaqiyatli boʻldi. Adobe
kompaniyasi Photoshopning hammabopligini isbotlab berdi, lekin u oʻsha
vaqtda maxsus dastur tuzuvchilar uchun ishlab chiqilgan edi.Adobe
kompaniyasi: Photoshop yordamida shunday natijaga erishishish mumkinligini,
bunday natijaga ilgari faqat bir necha ming dollar turadigan professional,
maxsus dastur asosidagina erishish mumkin ekanligini taʼkidladi. Oʻsha vaqtda
Photoshopning narxi 1000$ boʻlishiga qaramasdan,
uning eng katta
raqobatchisining narxi 1995$ turadigan Letrasetʼs ColorStudio dasturi edi. 2.0
versiyani ishlab chiqish bosqichida Adobe dasturchilar shatitini kengaytirdi.
Dasturga Bezye egri chizigʻini kiritish uchun Mark Gamburgni taklif qildi. Bu
vaqtda Photoshopda yangi imkoniyatlar ochildi: Pen tool, ikki tonli tasvirda
ishlash, Illustratordan baʼzi tasvirlarda import va Rasterize. Bulraga yana
CMYK qoʻshildi. Photoshop uchun kasb bozorining ochilishi, poligrafiya
xizmatlari Adobe kompaniyasi uchun juda qoʻl keldi. Sotish boʻyicha birinchi
menedjer Steven Gutman beta-versiya dasturlariga kodli nomlar taklif qildi.
31
4
Bu odat shu kungacha davom etyapti. 1990-yilda chiqqan 'Fast Eddy' beta-
versiya 2.0 ning kodli nomidir.
Photoshop uzoq vaqt, asosan Macintosh
platformasida ishladi. Lekin uning muvaffaqiyatga erishishiga Grafika bozorida
paydo boʻlgan Windows kafolatlab berdi. Yangi platformaga versiya ishlab
chiqish oson ishlardan emas edi-buning uchun Brayan Lepkin boshchiligida
yangi guruh tuzildi. Koʻp miqdorda yangi kiritmalar, masalan 16bitli fayl ishlab
chiqarilishiga qaramasdan, bular faqat 1993-yil 2.5.1 versiyalarida paydo boʻldi.
3.0 versiyadagi musiqa guruhi uchun ishlangan 3 albom ham muvaffaqiyatga
erishishi yoki butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin edi. Omad
Brayan Lepkin boshqarayotgan guruh tomonida boʻlib, ular qavatlar(Layers) ni
taʼminlovchi dasturni rivojlantirdilar. Layers ni koʻpchilik qoʻllab-quvatladi,
chunki u dasturning asosiy funksiyasini bajarar edi, u tez orada, koʻpgina rassom
va dizaynerlarni oʻziga jalb qildi. Layers oʻsha vaqtda juda mukammal emas edi.
HSC keyinchalik Meta creations Live pictures nomli tasvirlarni qayta ishlash
dasturini
ishlab chiqdi, u ham shunday texnologiyani qoʻllardi. Meta Creations
juda katta xatoga yoʻl qoʻygani shundaki, ular Live Picturesga juda baland narx
qoʻyib yuborishdi va Photoshop3.0 versiyasiga raqobatchi qolmadi. Keyingi
versiyalarda Layers ga oʻxshash katta oʻzgarishlar boʻlmadi, lekin dasturni
mukammallashtirish davom etdi. Photoshop 5.0 versiyasida, ranglarni
boshqarish va History Palette kiritldi. Ularning tasirida dasturning sanʼat
imkoniyatlari oshdi. Photoshop 5.5 versiyasining chiqishi bilan katta oʻzgarish
boʻldi. Photoshop komplektida Image Ready paydo boʻldi va u web uchun
grafikalarni ishlovchi yangi funksiyalarni ochib berdi.