|
Pedagogik innovatsiyalar
|
bet | 2/26 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 74,47 Kb. | | #270662 |
Bog'liq МТ 30711402 Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash1. Qo‘llanilish sohasi
Mazkur malaka talabi “Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash” kasbi bo‘yicha kadrlar tayyorlashning zaruriy bilimlar mazmuni va kasbiy kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablarni va pirovard maqsadlarini, shuningdek, ta’lim oluvchilarning o‘quv yuklamalari hajmi va standart talablarini bajarilishi nazoratini belgilaydi.
Malaka talabi ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifati va kasbiy kompetensiyasini baholashda hamda ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazishda asosiy mezon hisoblanadi. Mazkur talablarning bajarilishi professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga professional ta’limning tegishli darajasini olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat berilishi uchun asos hisoblanadi.
Malaka talabi ta’limni boshqarish davlat organlari hamda ta’lim faoliyati sub’yektlari tomonidan, idoraviy bo‘ysunuvi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, tadbiq etilishi majburiydir.
Ushbu malaka talabi Avtomobil yurish qismlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash chilangari (Н04.003.169.0851/Б-20-son), Avtomobillar uzatmalar qutisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash chilangari va “B” yoki “BC” toifali avtomobil haydovchisi (yuk avtomobillari uchun H04.169.0845/Б-20-son va yengil avtomobillari uchun H04.169.0846/Б-20-son) kasblarining tasdiqlangan kasbiy standart asosida ishlab chiqildi.
2. Kasbiy ta’lim xususiyati
2.1. 30711402-Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kasbi doirasida beriladigan kvalifikatsiyalar:
1.Avtomobil yurish qismlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash chilangari;
2. Avtomobillar uzatmalar qutisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash chilangari;
3. "B" yoki "BC" toifali avtomobil haydovchisi.
Umumta’lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda 2 yillik.
Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o‘qish muddati belgilanadi. Bu guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikatsiyalardan birortasini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mehnat bozorida ishlash huquqi beriladi. Egallanmagan kvalifikatsiyalarni qayta o‘zlashtirishga ruxsat beriladi va mazkur kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.
|
| |