|
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-Bog'liq inklyuziv-ta-lim-tizimida-alohida-ehtiyojli-bolalar-bilan-ishlashning-o-ziga-xos-xususiyatlari
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
2023-yil 2-iyun
150
inklyuziya jarayonining sifati, bolalarning turli toifalariga nisbatan uning samaradorligini
professional baholash masalasi dolzarbdir.
Y. A. Gerasimenkoning fikriga kо‘ra, inklyuziv ta’lim – bu turli toifadagi bolalarning
(alohida ta’lim ehtiyojlari, turli etnik guruhlar, ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansubligi),
ularning xususiyatlari va о‘rganish qobiliyatining qadr-qimmatini tan olish.
Inklyuziv ta’limni rivojlantirishning mintaqaviy modellari bir-biridan 5 ta asosiy omil
bо‘yicha farq qiladi:
1) ta’lim organlari va ilmiy hamjamiyatning pozitsiyasi
2) psixologik va pedagogik qо‘llab-quvvatlash xizmatlarini rivojlantirish;
3) jamoat tashkilotlari faoliyati;
4) tayyorlangan pedagog kadrlarning mavjudligi;
5) ta’lim xizmatlarini moliyalashtirish imkoniyatlari.
Inklyuziv jarayonlarning rivojlanishi fonida ota-onalarning maktab bilan о‘zaro
munosabatlaridagi roli о‘zgarib bormoqda. Umuman olganda, Rossiyaning inklyuziv ta’lim
amaliyoti, mavjud mintaqaviy farqlarga qaramay, hozirgi vaqtda bir qator umumiy cheklovlar va
muammolarga ega. Nogiron bolalarning inklyuziv ta’limi normativ-huquqiy hujjatlar bilan
tartibga solinmaydi, bunday bolalarni ommaviy maktabda о‘qitish uchun maxsus ta’lim
sharoitlarini moliyalashtirish va amalga oshirish mexanizmi mavjud emas. Inklyuziv ta’limni
rivojlantirishning eng muhim vazifasi inklyuziv ta’lim muassasalari rahbarlari, о‘qituvchilar va
ta’lim amaliyotini amalga oshiradigan mutaxassislarni tayyorlashdir.
Alohida e’tiborga muhtoj bо‘lgan bolalarga asoslangan inklyuziv ta’lim jamiyatga ham
foydalidir. Bu esa о‘z navbatida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolani oddiy
bog‘cha
yoki
maktabga
joylashtirish
integratsiya
yо‘lidagi
birinchi
qadamdir.
Integratsiyalashgan jamiyatda barcha teng huquqqa ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv ta’lim
tufayli jamiyat integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi va barcha bolalar uchun foydali bо‘lgan
samarali pedagogika tamoyillarini targ‘ib etadi. Insonlarning turli xilda bо‘lishi normal holat,
deb qabul qilingan va о‘rganish jarayonining tabiati va bosqichlaridan kelib chiqib, bola mazkur
jarayon talablariga emas, balki ushbu jarayon bola talablariga moslashtirilishi lozim.
Umumta’lim maktablarga oddiy
bolalarning barchasi borsa
, alohida e’tiborga muhtoj
bolalar ham jalb etilishi kerak. Inklyuziv ta’limning oiladan, maktabgacha ta’lim
muassasalaridan boshlab yо‘lga qо‘yilayotganligi muhim ahamiyatga ega. Bu esa bolalarning
keyinchalik atrofdagilar bilan muloqotda bо‘lishiga, ijtimoiy muhit talablariga javob bera
oladigan va shu bilan birga, kundalik-maishiy ehtiyojini qondirish kо‘nikmalarini erta
egallashlariga, hayotga moslashib, umumta’lim maktablarida tengdoshlari qatori darslarni о‘z
vaqtida о‘zlashtirishiga, topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashish kо‘nikmasini egallashlariga
kо‘maklashadi. Umumta’lim maktablarda inklyuziv ta’lim – alohida e’tiborga muhtoj bо‘lgan
bolalar yoki boshqa sabablar tufayli tarbiyasi og‘ir, yetim bolalar uchun moslashuvchan,
individuallashgan va barcha bolalarga teng huquq va imkoniyatlar tengligini beradigan ta’lim
tizimidir. Shuningdek, inklyuziv ta’lim – millati, irqi, tanasining rangi, ijtimoiy kelib chiqishi,
moddiy va ma’naviy ahvoli, oilasining jamiyatda tutgan о‘rni, jismoniy yoki rivojlanishda
kamchiligi bо‘lishidan qat'iy nazar barcha bolalarni teng kо‘rish, ulardagi har qanday
imkoniyatni
qо‘llab-quvvatlashni
nazarda
tutadigan
ta’lim
hisoblanadi.
Inklyuziv ta’lim tashkil etilgan muassasalar nufuzining qanchalik muhimligi, mana shu
maxsus tayyorgarlikga ega bо‘lgan о‘qituvchilarga bog‘liqdir. Chunki, u guruh tarbiyachisiga
|
| |