5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar
tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday
kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori (28. 05. 2012 y.) da mazkur tizimning rahbar
va pedagogik kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga
alohida e’tibor qaratilishi zarurligi uqtirilgan.
Shunga bog‘liq ravishda ushbu ilmiy-uslubiy ishlanmada biz kasb-
hunar muassasalari uchun pedagoglar tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari
professor-o‘qituvchilarining aynan qanday kompetensiya larga ega bo‘lishi
lozimligi bo‘yicha to‘plagan ma’lumotlarimiz bilan o‘rtoqlashib o‘tishni
vazifa qilib qo‘ydik.
Ma’lumki, bozor munosabatlariga asoslangan demokratik ja-miyatda
mavjud u yoki bu ish yoki xizmat o‘rnini egallab turgan har bir
mutaxassisning tegishli o‘ringa qanchalik munosibligi darajasi uning shu
ish yoki xizmat egasiga qo‘yiladigan turli-tuman talablarga naqadar javob
berishligi bilan o‘lchanadi. Keyingi yillarda ish yoki xizmat o‘rni bilan shu
ish yoki xizmat o‘rniga talabgor shaxs o‘rtasidagi ana shunday munosiblik
darajasini hisoblash asoslarini ishlab chiqish yo‘lida jahonning bir qator
davlatlarida