|
Педагогик компетентликBog'liq uslubiy qo\'llanma“kasbiy
kompetenlik”
atamasi qo‘llaniladi. Bu so‘zni kasbiy vazifalarini amalga
oshirishda o‘z amaliy tajribalari, bilim va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli
qo‘llay olish qobiliyati deb tushunsa bo‘ladi.
Kompetensiya – huquqshunoslik atamasi.
Aniq organ yoki
shaxsning vakolatiga kiradigan huquq va burchlari bo‘lib, davlat va jamoat
tizimida mazkur insonning o‘rnini belgilaydi. Huquqshunoslik mazmuniga
ko‘ra, kompetensiya quyidagi unsurlarni o‘z ichiga oladi: targ‘ib etiluvchi
predmetlar (hududlar, hodisalar, harakatlar, ma’lum bir doirada yuritiladi),
ma’lum organ va shaxsning o‘z faoliyati uchun qo‘llashi mumkin bo‘lgan
huquq va burchlari, vakolatlari yig‘indisidir.
Kompetensiya (ijtimoiy huquq).
Bu aniq bir sub’ektning boshqaruv
jarayonlari uchun qonun bilan belgilab qo‘yilgan vakolati bo‘lib, ma’lum
bir ijtimoiy vazifa ana shu vakolat zimmasiga yuklatilgan bo‘ladi.
Kompetensiya boshqaruv vakolati.
Bu ma’lum bir kasbiy vazifalarni
hal etishda mutaxassis (xodim)ning shaxsiy vokolati sanaladi.
Madaniyatlararo kompetensiya.
Boshqa madaniyat nomoyanda lari
bilan muvaffaqiyatli til topish qobiliyati.
Tashkilotning asosiy kompetensiyasi.
Tashkilotning raqobat
bardoshligini ta’minlovchi omil bo‘lib, raqobat kurashida asosiy tayanch
vositasi sanaladi.
Kompetensiya hududi.
Shaxs yoki jamoaning bilim va mahorati
yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘z vazifasini oliy va raqobatbardoshli
doirasida amalga oshiradilar.
1983 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan chop etilgan
ruscha-o‘zbekcha lug‘atda
“kompetentnost”
– “chuqur bilimga egalik”,
“chuqur bilimga asoslanganlik”, “xabardorlik”, “omilkor lik” deb o‘zbek
|
| |