• “kompetensiya”
  • Педагогик компетентлик




    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/40
    Sana09.10.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #274188
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
    Bog'liq
    uslubiy qo\'llanma

    Kompetentnыy” – 
    yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan, 
    puxta bilimli, yaxshi biladigan, kompetensiyaga ega bo‘lgan, vakolatli, 
    masalani ko‘rib chiqishga haqli, ma’nolarida tarjima qilingan. 
    “Kompetensiya”
    – biron-bir kishi xabardor bo‘lgan soha yoki masala, 
    huquq yoki ixtiyor kabi tushunchalarda berilgan.
    O‘zbekiston Fanlar akademiyasi A.S.Pushkin nomidagi Til va 
    adabiyot instituti tomonidan 1981 yilda chop etilgan ikki tomlik “O‘zbek 
    tilining 
    izohli 
    lug‘ati”da “kompetensiya” tushunchasi butunlay 
    kiritilmagan. Umuman, mamlakatimizda har qanday sohaga, xususan, 
    pedagogik faoliyatga kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv keyingi 
    besh yil davomida qo‘llanila boshlandi.
    O‘zbek tilining o‘ziga xos morfologik va semantik xususiyatlari nuqtai 
    nazaridan yondoshgan holda 
    “kompetensiya”
    atama va tushunchalari 
    lotinchadagi “competere” – “munosib”, “competo”– “munosibman” yoki 
    “erishaman” so‘zlariga yaqin ma’noda ishlatilsa maqsadga muvofiq 
    bo‘ladi. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga ko‘ra, 
    “kompetensiya” 
    so‘zini barcha ma’noviy hollarda qo‘llash ko‘plab 
    chalkashliklarni oldini oladi degan fikrni aytmoqchimiz. Bundan kelib 
    chiqadiki, kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv, mazkur jamoa yoki 
    shaxs ana shunday kompetensiya egasi, nihoyat, pedagogik kasbiy 
    kompetensiya egasi deb qo‘llash maqsadga muvofiq. Shunday qilib, har 
    qanday holatda ham, kompetensiya ma’lum bir shaxs yoki jamoaning 
    jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Uni ham qonuniy, ham axloqiy 
    munosabatlari bilan mustahkamlaydi.
     
    Jamiyatdagi biron-bir guruh, jamoa yoki shaxs ma’lum bir soha 
    bo‘yicha yuksak malaka va bilimlarga ega bo‘lib o‘z sohasida 
    kompetensiya egasi bo‘lib shakllanadi hamda ushbu vakolatini muntazam 
    ravishda takomillashtirib boradi. Bu masalaga jamiyatning manfaatlari 
    yuzasidan yondoshiladi. Shaxs esa o‘z kompetensiyasini takomillashtirib 
    borish orqali, eng avvalo, o‘zining hayotiy manfaatlarini amalga oshiradi, 
    shu bilan birga jamiyatning shaxsga qo‘yayotgan talablari darajasiga 
    erishadi. Dunyo olimlari tavsiya qilayotgan “kompetensiya” va 
    “kompetentlik” tushunchalarini biz yuqorida birlashtirish taklifini kiritdik. 
    Kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv haqidagi ilmiy ishlarni tahlil 


    18 
    qilar 
    ekanmiz, 
    bu 
    ikki 
    tushuncha 
    haqida 
    turli-tuman 
    fikrlar 
    aytilayotganligini yaqqol sezamiz. 
    A.G.Bermusning 
    fikriga 
    ko‘ra, “Kompetentlik takomillashib 
    borayotgan shaxsning barcha hislatlarini, bilimi, tajribasi, umuman 
    olganda, butun borlig‘ini yagona tizimga birlashtiradi”.
    8
    “Kompetentlik bu 
    nafaqat shaxsning bilimdon ekanligi, balki o‘z bilimlarini uzluksiz 
    ravishda yangilab borishi hamdir, – deydi M.A.Choshanov. M.Aronovning 
    fikricha, kompetentlik mutaxassis ning ma’lum bir faoliyat uchun tayyor 
    ekanligini bildiradi.
    Noaniq 
    vaziyatlarda 
    faoliyat 
    ko‘rsata olish qobiliyati bu 
    kompetentlikdir, deydi O.Ye.Lebedev.
    9
    Kompetentlik insonning intellektual shaxsiy, ijtimoiy kasbiy hayotiy 
    faoliyatiga asoslanadi, deb yozadi I.A.Zimnyaya.
    10
    A.V.Xutorskiy “kompetnsiya” va “kompetentlik” tushunchalari ni 
    quyidagicha ajratib olish mumkin, deb hisoblaydi. Kompetensiya – 
    insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba, faoliyat 
    usullari) hisoblanib, ma’lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan 
    shaxsning munosabatida sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir. 
    Kompetenlik esa inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini 
    bildiruvchi, talabga javob beradigan kompetensiyalar yig‘indisiga ega 
    bo‘lishi demakdir.
    Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kompetensiya masalasi uning 
    jamiyatdagi o‘rni masalasidan qator bahslar davom etmoqda. Ta’lim-
    tarbiya sohasida asosiy universal kompetensiya unsurlarini anglab olish 
    zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir. Asosiy 
    kompetensiya masalasida dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki 
    an’anaviy o‘zbek pedagogikasi me’yorlaridan kelib chiqqan holda 
    kompetensiya mezonlarini belgilashda fikrlar xilma-xil bo‘lib, hali 
    yechilmagan masalalar talaygina.
    A.Avloniy nomidagi O‘qituvchilar malakasini oshirish instituti 
    pedagog olimasi L.T.Xurvalieva: “Kompetensiya – bilim, ko‘nikma, 
    8
    Бермус А.Г. Проблемы и перспективы реализации компетентностного подхода в образовании. 
    www.eidoc.ru

    2005, 09, 10.
    9
    Лебедев О.Е. Компетентносный подход в образовании. www.nekrasovepb.ru
    10
    Зимняя И.А., И.А. Ключевных. Компетенции – новая парадигма результата образования. quality.petrsu.ru


    19 
    malaka, 
    qarashlar, 
    individning 
    qadriyati 
    va 
    shaxsiy 
    sifatlari, 
    kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatish qobiliyati”, – 
    deb ta’riflaydi. 
    Ta’lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va 
    garovidir. Ta’lim-tarbiya jarayonlari davlat nazoratidagi umummilliy 
    masala hisoblanadi. Mamlakatimizda ta’lim, ya’ni o‘qitishni tarbiya bilan 
    uyg‘unlikda olib boriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim 
    jarayonini tubdan yaxshilashni talab qilar ekan, kompetentli pedagoglarni 
    tayyorlashda ham ana shu talablardan kelib chiqqan holda yondashilishi 
    ko‘zga tashlanadi. Kompetensiyalik yoki o‘ta mahoratlilik, oliy malakali 
    pedagoglarni tayyorlash zamonamizning eng dolzarb masalasiga, aytish 
    joiz bo‘lsa, davlat va jamiyatning eng asosiy vazifasiga aylangan. Biz 
    yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, pedagogik faoliyat jamiyatdagi 
    funksiyalari bo‘yicha va kasbiy sifat xususiyatlariga qarab hamda 
    psixologik tamoyillari bo‘yicha artist va olimlar tomoniga yaqindir. 
    Pedagog mehnatining xususiyatlari insonni o‘qitish va tarbiyalash uchun 
    mo‘ljallangan. Yoshlarda insoniy fazilatlarni shakllantirish, mehnat 
    predmeti inson hisoblanishi hamda jamiyatni boshqaruvchi shaxsga 
    bo‘lgan ta’siri o‘z-o‘zidan kompetentlikni talab qiladi. Qadimgi yunon 
    faylasufi Aflotun “Agar kosib yomon usta bo‘lsa, bundan davlat juda katta 
    narsa yo‘qotmaydi, faqat xalq yomonroq kiyinadi, xolos. Agar yoshlar 
    tarbiyachisi o‘z vazifasini yomon bajarsa, u holda mamlakatda nodon, 
    johil, bilimsiz va ahmoqlar toifasi vujudga keladi”– degan edi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Kadrlar tayyorlash 
    bo‘yicha har tomonlama yetuk, malakali kadrlar tayyorlash – 
    dasturimizning asosiy sharti bo‘lishi kerak”, – degan edi.
    11
    Oliy ta’lim 
    muassasalari “Pedagog kadrlar qayta tayyorlash va ularning malakasini 
    oshirish tizimini yanada takomillshatirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida oliy ta’lim 
    tizimi pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini 
    oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazini tashkil qilish 
    vazifasini qo‘yadi. 
    11
    Каримов И.А.Баркамол авлод орзуси. 1999. 


    20 

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Педагогик компетентлик

    Download 0,96 Mb.
    Pdf ko'rish