15
muvaffaqiyati, kasbini san’at darajasiga olib chiqib, o‘nlab, yuzlab
shogirdlar tayyorlaganligi uchun berilgan unvondir. Yoki ma’lum bir
Dunyoga yangi ko‘z bilan qayraydigan, uddabiron, ishning ko‘zini
biluvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini
quruvchi va yuksaltiruvchi
mutaxassis kadrlarni tayyorlash respublikamiz pedagoglari oldida turgan
eng muhim va mas’uliyatli vazifadir.
Pedagog o‘z ixtisosligi bo‘yicha ta’lim va tarbiya ishlari yuzasidan
jamiyat oldida mas’uldir. U muntazam ravishda o‘z kasbiy tayyorgarligini
takomillashtirib borish bilan birgalikda o‘qituv chi, muallim, ustoz,
tarbiyachi, pedagog huquqiga ega bo‘lishi, aniqrog‘i, kasbiy kompetensiya
egasi bo‘lishi lozim. Endilikda o‘qituvchi uchun o‘zi tanlagan kasb, fan,
mutaxassislik borasidagi amaliy va nazariy bilimlarni puxta egallash
kamlik qilib qoldi. U har qanday vaziyatda ta’lim-tarbiyani
yangi-yangi
usul va metodlarini o‘z faoliyatida qo‘llay olishi, bir so‘z bilan aytganda,
kompetensiya egasi bo‘lishi lozim.
“Kompetensiya” tushunchasi, kompetensiya nuqtai nazaridan
yondoshuv, kompetensiya egasi,
bu atamalarning mazmuni haqida
to‘xtalish uchun,
eng avvalo, asrlar davomida shakllangan bu boradagi
milliy an’ana va qadriyatlarga e’tibor qaratamiz.
Bizning yurtimizda biron-bir kasbkor egasi o‘z kasbini mahorat bilan
egallab, uni shogirdlariga o‘rgata boshlasa, uning nomiga mazkur kasb
atamasini qo‘shib atay boshlaganlar. Mosh tabib,
Omon tabib, Oboqul
kulol, Latif sartarosh, Murodjon hofiz, Mamatoy temirchi yoki Mamatoy
aka pichoqlari va hokazo. Bu e’tirof aynan shu odamning ma’lum bir kasb
egasi bo‘lganligi
uchun emas, balki yuksak hudud aholisining biron-bir
kasb bilan shug‘ullanishi ham ana shunday e’tirofga yuksak
muvaffaqiyatlari orqali erishganliklari dan dalolat beradi. Chust pichoqlari,
Chust do‘ppisi, Rishton kulollari, Urgut kulollari,
Samarqand nonvoylari,
nonlari va hokazo. Bu albatta, o‘z kasbkorini uzluksiz rivojlantirib, ko‘p
yillar mobaynida elga xizmat qilgan kishi yoki kasbkor egasiga yoki
jamoaga berilgan e’tirof, vakolat, ishonch – amonaviy va ilmiy til bilan
aytadigan bo‘lsak, kompetensiya ekanligini sezib olish qiyin emas. Xalq
san’ati borasida ham shunday
fikrlarni aytish mumkin, ammo kasbning
oliy darajaga ko‘tarilishi, bu kompetensiyadan balandroq malaka –
16
mahoratdir. Abdurahim Dorboz, Tursunboy polvon, Mamat o‘qituvchi,
Mamat domla va boshqalar.
“Kompetensiya” tushunchasini izohlar ekanmiz,
bu atamaning
mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratamiz.
Kompetensiya
lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “munosib”, “to‘g‘ri
keladi” yoki “mos keladi” ma’nolarini anglatadi. O‘z bilim, mahorat va
amaliy tajribalarni qo‘llagan holda oddiy va murakkab masalalarni yecha
olishga munosib inson deb tushunsa bo‘ladi. Ko‘p hollarda