Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari




Download 245.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana28.05.2023
Hajmi245.29 Kb.
#66290
1   2   3   4
Bog'liq
O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja
Lenovo-Presentation
Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari 
Pedagogik–psixologiyada o‘qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo‘q. 
Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‘payib va 
o‘zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” 
nasldan – naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar 
olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning 
quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan:
1. O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi. 
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi. 
3. Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish. 
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish. 
5. O‘z mehnatiga ijodiy yondashish. 
6. Javobgarlikni his etish. 
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi. 
O‘qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizimlari mavjud. 
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi: 

asosiy xususiyatlar; 

tayanch xususiyatlar; 

yetakchi xususiyatlar; 

yordamchi xususiyatlar. 
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko‘ra 
bilish ko‘nikmasidir. Bu – individual narsaning o‘ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat 
uchun boshlang‘ich 
materialni ko‘ra 
bilishi demakdir. Rassomning 
kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o‘z-o‘zidan 
ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo‘nalishda bo‘lganligi sababli, har biri 
o‘z tafakkuri va dunyoqarashiga ega.
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat 
rassomga, matematika o‘qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‘lmasdan, balki 
aynan barcha fan o‘qituvchilariga ham tegishli. 
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. 
Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori
o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda 
mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol 
o‘ynaydi. 
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar 
quyidagilardan iborat: 



aql–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga tanqidiy 
e’tibor, sobitqadamlik;

o‘qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligining teranligi;

aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata 
olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish. 

pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish. 

Download 245.29 Kb.
1   2   3   4




Download 245.29 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yo’llari

Download 245.29 Kb.
Pdf ko'rish