|
Педагогик махорат
|
bet | 5/7 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #136279 |
Bog'liq 14 gurux o‘chiq darsSizning yoshingiz 18-30 orasida hamda siz o‘z loyihangizni Yoshlar sanoat zonasida joylashtirmoqchi bo‘lsangiz tadbirkorlik loyihasiga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqamiz: 1. Ushbu yoshlar Sanoat zonalariga, asosan, yosh tadbirkorlarning innovasion, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi hamda patent asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ta'minlovchi startap investisiya loyihalari joylashtiriladi. 2. Yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining kamida 70 foizi yoshlar uchun mo‘ljallangan, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta'minlash nazarda tutilgan investisiya loyihalari ustuvorlikka ega bo‘ladi. O‘zbekiston prezidenti 20 aprel kuni “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. --1 maydan “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratiladi. --Xuddi shu kundan “Yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’ektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara to‘lovlaridan imtiyozlar taqdim etiladi. --1 iyundan boshlab “Yoshlar daftari"ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha bo‘lgan miqdori “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan kompensatsiya qilinadi Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot o‘tagan vaqtida, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda professional ta’lim tashkilotlari tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratiladi. Bundan tashqari, 1 iyundan boshlab AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratiladi. Bunda, iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlari Davlat byudjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilinadi. Xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning BHMning 4 baravarigacha bo‘lgan qismi mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga Davlat byudjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilinadi.
|
| |