• Эътиборингиз учун раҳмат
  • Bundan tashqari, “Yoshlar daftariga” kiritilgan tadbirkorlarga quyidagi imtiyozlar yaratilgan




    Download 2,01 Mb.
    bet7/7
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #136279
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    14 gurux o‘chiq dars

    Bundan tashqari, “Yoshlar daftariga” kiritilgan tadbirkorlarga quyidagi imtiyozlar yaratilgan:

    1. Tadbirkorlik uchun zarur asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha (hozirgi kunda 9,8 mln. so‘mgacha) subsidiyalar ajratiladi;

    2. Dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanishda urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha (hozirgi kunda 1,96 mln.so‘mgacha) subsidiyalar ajratiladi;

    3. Yosh tadbirkorlar bino va inshootlarni ijaraga olgan bo‘lsalar, bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi – biroq ko‘pi bilan 7,35 mln. so‘mgacha (BHM ning 25 barobari) kompensasiya qilinadi.


    2022- yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 54,1 trln. soʻmni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 42,7 % ni tashkil qildi.
    Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 5 075,3 ming tonna – don va dukkakli don ekinlari, 3 226,7 ming tonna – sabzavot, 1 617,0 ming tonna – kartoshka, 229,8 ming tonna – poliz, 971,9 ming tonna – meva va rezavorlar hamda 48,1 ming tonna – uzum yetishtirildi.

    Jami tumanda 14-30 yoshgacha 64017 ming kishini tashkil etadi --Shundan xotin qizlar 30925 tani tashkil qiladi --Shundan profrssional ta’limda 928 tani tashkil qiladi --tadbirkorlar 210 ta --fermerlar 27 ta --o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2056 ta


    Bundan tashqari yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Prezident qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar hamda biznes sohasi vakillarini qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib xizmat qiladi.
    Jumladan qarorda aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish, tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish hamda yagona davlat tashkiloti tomonidan muvofiqlashtirib borish nazarda tutilgan.
    Mazkur qarorda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash “Nazorat rejasi” ning 5-bandida “Mikrokreditbank” ATB tomonidan nodavlvat ta’lim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan, tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslar, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha miqdordagi mikrokreditlar ta’minotsiz ajratiladi.
    Mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va boshqa ta’minot turlari asosida 225 million so‘mgacha miqdorda mikrokreditlar ajratiladi.
    “Mikrokreditbank”ka kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qib, sertifikat olgan yoshlarga imtiyozli foizlarda mikrokreditlar ajratish choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi. Bunday kreditlar 3 yil imtiyozli davri bilan 7 yil muddatga beriladi. Bank tomonidan ushbu maqsadlar uchun kelgusi yilda 45 million dollarlik mikrokreditlar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
    Uyga vazifa O‘tilgan mavzuni o‘qib kelish,mavzuga oid test tuzish

    Эътиборингиз учун раҳмат

    Эътиборингиз учун раҳмат


    Махсус фан ўқитучиси МахбубаРаупова
    Download 2,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bundan tashqari, “Yoshlar daftariga” kiritilgan tadbirkorlarga quyidagi imtiyozlar yaratilgan

    Download 2,01 Mb.