Педагогик махорат




Download 2,01 Mb.
bet4/7
Sana13.01.2024
Hajmi2,01 Mb.
#136279
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14 gurux o‘chiq dars

Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko`rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg`armalarini tashkil etish kerak. Bu jamg`armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo`lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalarni rivojlantirish uchun) manba bo`lib xizmat qilishlari lozim. O`zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko`rsatadigan banklar, fondlar, investiiyalar va sug`urta tashkilotlarining faoliyatlarini rag`batlantirish yo`nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi O`zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan bo`lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me`yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy shartlardandir.

Hozirgi vaqtda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Ulardan biri – bu yoshlarning investision tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar. Demak, ushbu kreditlar aynan qaysi loyihalar uchun va qanday shartlar asosida taqdim etilishini quyida ko‘rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5088 sonli qaroriga muvofiq, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Ushbu Sanoat zonalarida «startaplar» tashkil etish, yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari, shu jumladan, innovasion mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish va natijalarini tijoratlashtirish, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish uchun barcha sharoitlar ta'minlanadi.


Download 2,01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2,01 Mb.