• Imtiyozli kreditlar qanday maqsadlar uchun ajratiladi
  • - kimyo, farmasevtika;
  • Педагогик махорат




    Download 2,01 Mb.
    bet6/7
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #136279
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    14 gurux o‘chiq dars

    2021 yilda mazkur farmonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Yoshlar ishlari agentligiga Davlat byudjetidan qo‘shimcha ravishda 100 milliard so‘m ajratiladi. 1 maydan boshlab dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarni sektor, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan patronajga olish tizimi joriy qilinadi. Bunda, sektor, klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarga ajratilgan yer uchastkalarini o‘zlashtirish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yerlar hosildorligini oshirish, yetishtirilgan mahsulotni realizatsiya qilish va boshqa masalalarda yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, “Yoshlar daftari"ga kiritilgan dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun BHMning 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratiladi.

    Imtiyozli kreditlar qanday maqsadlar uchun ajratiladi?

    Imtiyozli kreditlar yosh tadbirkorlarga barcha yo‘nalishdagi investision loyihalar uchun ajratiladi:

    - meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash;

    - to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya;

    - kimyo, farmasevtika;

    - oziq-ovqat;

    - elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, zamonaviy qurilish materiallari;

    - hunarmandchilik hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalari.

    Yosh tadbirkorlarga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha ham imtiyozlar mavjud.


    1. Yosh tadbirkorlar Yoshlar sanoat zonalaridagi bino va inshootlardan ijara asosida foydalanishlari mumkin. Bunda, bo‘sh bino va inshootlar davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalarida ijaraga beriladi.
    2. Keyinchalik bino yoki inshootlarni o‘z balansida aktiv sifatida ko‘rishni xohlovchi yosh tadbirkorlar lizing asosida binolarni sotib olish imkoniyatiga ega.

    Download 2,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 2,01 Mb.