O’qitishning interfaol usullari va uning nazariy asoslari




Download 41.23 Kb.
bet6/8
Sana14.02.2024
Hajmi41.23 Kb.
#156738
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY NAZARIY ASOSLARI
Xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyot uchun imkoniyatlar va risklar, мақола 2, TA`LIM JARAYONIDA TA`LIM OLUVCHI SHAXSI, O`QITISHNING IJODIY-TADQIQOT USULLARI, 11-sinf-informatika-testlar-1
O’qitishning interfaol usullari va uning nazariy asoslari  Ta’lim metodlari va ularning turlari. O‘qitishdan ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o‘quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o‘quvchi malaka oshirish uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o‘qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo‘ladi. 
33
Ma’lumki, ta’lim olish (ma’lumot olish) jarayoni – bu ma’naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta’lim oluvchining o‘zi orqali yoki boshqa birov- ta’lim beruvchining ko‘magida amalga oshirilishi mumkin. Ta’lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi. Metod – grekcha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, izlanish yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatadi. Ta’lim metodini(usulini) - ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga va tartibga solingan yo‘l-yo‘rig‘i sifatida ta’riflash mumkin. Ta’lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta’lim metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin. Ta’lim metodi - bu ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo‘l-yo‘rig‘i. Ta’lim metodlarini ta’lim maqsadlariga erishish bo‘yicha o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo‘yicha quyidagicha guruhlarga bo‘lish mumkin: 

O‘qituvchi markazda bo‘lgan uslublar;

 O‘quvchi markazda bo‘lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar.

Odatda ushbu uslublardan biri yoki bir nechtasi ayrim o‘qitish modellarida birvarakayiga foydalaniladi. Odatda dars jarayoni ikki yoki undan ortiq asosiy uslublardan tashkil topadi va bu uslublar dars mavzusiga to‘la muvofiq bo‘lib, o‘quvchilarning bilim va tajribasi qay bosqichda ekanligiga qarab qo‘llaniladi. O‘qituvchi markazda bo‘lgan uslub. Bu uslub orqali o‘qituvchi o‘zi egallagan ma’lumot va ko‘nikmalarni o‘quvchilarning sezgi organlari orqali uzatish yo‘llarini qidiradi. Bunda o‘quvchilarning ishtiroki passiv bo‘ladi, ya’ni ular tinglaydilar, kuzatadilar va ma’ruzalarni yozib boradilar. Bu uslublar asosan o‘qituvchining quyidagi faoliyat turlari orqali amalga oshiriladi: 


34
Og‘zaki o‘qitish usuli (ma’ruza, hikoya) Insonlar o‘rtasidagi eng sodda muloqot yo‘llaridan biri – og‘zaki nutq – og‘zaki ta’rif yoki asosiy mazmunning og’zaki ifodasi hisoblanadi. Bu uslub butunlay «so‘zlash» orqali amalaga oshiriladigan o‘qitishning eng rasmiy uslubi hisoblanadi. U 40 daqiqa yoki undan uzoqroq davom etadi va odatda o‘quvchining ishtiroki uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi. Bunda asosan o‘quvchining eshitish qobiliyati ishga solinadi. Tasviriy ifodalarni qo‘llash usuli (illustratsiya). Bu faoliyat orqali yetkazilishi kerak bo‘lgan bilim yoki malakalarni tasvirlovchi rasmlar orqali o‘quvchilarning ko‘rish qobiliyati ishga solinadi. O‘quvchilarga yetkazilmoqchi bo‘lgan ma’lumotlar tasvirlab berish orqali, turli simvollar yordamida yetkaziladi. Bunday tasviriy ifodalar quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi: doska, maxsus oq doska, flipchart, video tasvir, videoproyektor, kodoskop, kompyuter grafiklar, magnit taxta, rasmlar, suratlar, bo‘yoqli rasmlar, grafik va jadvallar, diagrammalar, namunaviy va maxsus shaffof qog‘ozga tushirilgan tasvirlar. Namoyish etish usuli (demonstratsiya). O‘qituvchi ma’lum bir asbob yoki jihozdan foydalanish vazifasini yoki topshiriqqa aloqador harakatlarni namuna sifatida namoyish etib berishi mumkin. Yakka holda namoyish etish o‘quvchini ko‘rish qobiliyatidan foydalanishga undaydi.


Download 41.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 41.23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qitishning interfaol usullari va uning nazariy asoslari

Download 41.23 Kb.