O‘quvchi markazda bo‘lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar.Bu uslublar qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. O‘quvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish; - o‘quvchini yuqori darajada rag‘batlantirilishi; - ilgari ortirilgan bilimni ham e’tiborga olinishi; - o‘qish shiddatini o‘quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi.
35
- o‘quvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; - amalda bajarish orqali o‘rganilishi; - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi; - o‘qishni sog‘lom muhitda saqlab qolinishi; - o‘qituvching yengillik yaratib beruvchi shaxsga aylanishi. O‘quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shu sababdan, o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yetarli darajada o‘quvchilar ishtiroki va amaliyoti mavjud bo‘ladi. Bu uslublar asosan o‘qituvchining turli faoliyat shakllari orqali amalga oshiriladi. quyida ularning ba’zilari ustida qisman to‘xtalamiz. Savol berish orqali o‘qitish usuli. O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga savollarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi va bu bilan ularni berilgan ma’lumotni yana takrorlashga undaydi. Shu tariqa ularni o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan og‘zaki va boshqa aloqa uslublarini tushunib yetganliklari aniqlanadi. Muhokama usuli. O‘quvchilarga suhbatlashish, masalalarga oydinlik kiritish, savollar berish, shuningdek ma’lumotni o‘zaro va o‘qituvchi bilan muhokama yo‘li bilan tahlil qilish taklifi kiritiladi. Suhbat usuli.Mavzuga aloqador manbaviy ma’lumotlar beriladigan bir sharoitda va darsning bir qismi sifatida ana shu mavzu haqida tushuntirish berish muhim hisoblanadi. Odatda ma’ruza vaqti 30 daqiqadan uzoq bo‘lmasligi kerak va asosiy vaqt ma’ruza ta’riqasida va mashg‘ulot so‘ngida o‘qituvchiga savollar berish uchun bir oz vaqt ajratiladi. Guruhlardagi muhokama usuli. Ushbu o‘qitish uslubi o‘qituvchining juda oz «so‘zlashiga» imkoniyat yaratadi va vaqtning asosiy qismi o‘quvchilarning o‘zaro muhokamalariga bag‘ishlanadi. Qachonki o‘quvchilar mavzu haqida qandaydir darajada bilimga ega bo‘lsalar bu uslubdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Hatto mavzu haqida tasavvurga ega bo‘lmagan holda, yoki mashg‘ulotlar avvalida o‘rganilgan bilimni takrorlash uchun ham foydalanishlari mumkin.
36
Yangilik kashf etish orqali o‘rganish usuli Bu yondoshuv o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini tadbiq etish bilan bir qatorda ularning o‘z-o‘zlarini rag‘batlantirish orqali bilim va ko‘nikmalar to‘plashlariga sharoit yaratadi. Asosiy tamoyillari quyidagicha: 1. O‘rganishdan maqsadni avvaldan aniqlab olish talab qilinadi. 2. O‘rganish jarayoni ma’lum bir topshiriqqa yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. 3. Topshiriq quyidagilarni ta’minlaydi: · Tayanch ma’lumot olish uchun asos; · O‘quvchi uchun notanish bo‘lgan ma’lumotga chuqur kirib borishiga undaydigan so‘rovga e’tibor berish; · Oldindan aniqlangan va sog‘lom tarzdagi o‘rganishga asoslangan natijalar. 4. Muvaffaqiyat – faoliyat-yutuq motivatsiyasiga asoslangan. 5. Guruhdagi hamkorlik: · fikr va faoliyatni rag‘batlantiradi; · mushohadaga chorlaydi; · guruh ichida ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlaydi. 6. Shaxs yoki guruhning ehtiyojidan kelib chiqqan holda o‘qituvchining qo‘shajak hissasiga ajratilgan vaqt chegaralangan. 7. O‘qituvchi asosan o‘qish jarayonini yengillashtiruvchi va ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlovchi shaxs vazifasini o‘taydi. Kamdan-kam hollarda o‘qituvchi ma’lumot bilan ta’minlaydi. Amaliy mashg‘ulot. O‘qituvchi bir guruh o‘quvchilarning ko‘nikmalarini to‘liq yoki qisman shakllantiruvchi amaliy faoliyat orqali o‘qitishni xohlasa bu usuldan foydalanishi mumkin. Odatda bu jarayon o‘z ichiga so‘zlash, tasviriy ifoda va o‘qituvchi tomonidan namoyish etish va muhokamalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga, bu jarayon materiallar va maxsus jihozlardan foydalanish imkoni bo‘lgan ustaxonalarda amalga oshiriladi.
37
Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, o‘quvchilar nafaqat rasmiy o‘qitish orqali o‘rganadilar, ya’ni kitoblar, gazeta va jurnallar, televideniya, internet va sinfdosh do‘stlar orqali, balki ko‘proq bevosita aloqa orqali o‘rganadilar. Bu vositalar o‘kituvchi o‘tgan darsni mustahkamlashda foydalanilishi mumkin. Dars jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagi metod va usullardan ham foydalanish mumkin: Baxs-munozara usuli. O‘quv guruhini ikki guruhga bo‘lgan holda, biror mavzu bo‘yicha o‘zaro baxs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladi. Tadqiqot usuli. O‘zlashtirish darajasining eng
yuqori cho‘qqisi; o‘quvchilarning olgan bilimlari asosida hali o‘rganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishi; keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish; Bosqichlari: darsda hammaga qiziqish uyg‘otadigan muammoni yoki masalani qo‘yish, uni o‘rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to‘plash, muammoning yechimiga oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning qanchalik to‘g‘riligini to‘plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish;Ta’lim oluvchilar ayrim tadqiqot ishlarni ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishadi, ularni yozadilar va qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar. Roli o‘yinlar. Ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) o‘yinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o‘rinda, matnli material o‘rniga o‘quvchilar tomonidan rollar o‘ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. Bosqichlari: vaziyatni tushuntirish, mos rollarni bo‘lib berish, maqsad va vazifalarni tushuntirish; o‘yin davomida o‘quvchilarning hatti-harakatlarini kuzatib borish; o‘quvchilarning hatti-harakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma’lum malaka va ko‘nikmalarni egallashlariga imkoniyat yaratish; o‘yin natijalarining tahlili; o‘yin natijalarini real hayotiy hodisalar bilan taqqoslash Loyiha usuli. Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Loyiha usulida o‘quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning
38
natijalarini baholashda ko‘proq ishtirok etadilar. Ta’lim oluvchilar ayrim kichik loyiha ishlarini, diplom va kurs loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda loyihalashtiradilar, mustaqil bajaradilar, ularni yozadilar, taqdimot qiladilar, qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar. Mustaqil o‘rganish usuli. Ushbu usul ta’lim oluvchilarning o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishini, o‘z – o‘zini tekshiruv malakalarini, berilgan matnning mazmunini to‘liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir. Bu usul vaqti–vaqti bilan o‘tkazib turiladi, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amaliy faoliyat bilan shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Har bir o‘quvchi alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajaradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa- muloqot yordamida yo‘naltirib boshqaradi va nazorat qiladi. Aqliy hujum. Dars mavzusiga oid qo‘yilgan muammoni yechish yoki savolga javob topish maqsadida g‘oyalarni jamlash va saralash usuli. Qatnashchilar birlashgan holda yechimi noma’lum muammoni yechishga yoki savolga javob topishga harakat qiladilar. Eng maqbul yechimni topish bo‘yicha shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar. Bosqichlari: muammoli vaziyatni keltirib chiqarish; uning yechimini topish uchun o‘quvchilarni jalb qilish; turli yechimlar taqdimotini eshitish; yechimlarni solishtirish va tanlash; xulosalash; Pinbord usuli. Bu usul aqliy hujum metodining bir ko‘rinishi bo‘lib, unda qo‘yilgan muammoni hal qilish bo‘yicha g‘oyalar alohida qog‘ozchalarda yozilib, doskaga mixlanib boriladi. Ikkinchi bosqichda esa, ular turli mezonlar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi, saralanadi va muayyan tartibda doskada joylashtiriladi. Boshqalarni o‘qitish orqali o‘rganish usuli. Bu usulda ta’lim oluvchilar belgilangan mavzu yoki qo‘yilgan muammo bo‘yicha bir – birlariga axborotlarni almashadilar va o‘z bilganlarini boshqalarga o‘rgatadilar. Lug‘at bilan ishlash (diktant). Bilimlarni baholashning joriy nazorat shakli; odatda qisqa vaqt davomida o‘tkaziladi; o‘quvchilarning o‘tilgan atama va tushunchalarni bilish darajasini tekshirish uchun o‘tkaziladi;
39
Konferensiya. Oraliq nazoratning bir turi bo‘lib, asosan chorak yoki yil davomida ma’lum mavzular bo‘yicha mustaqil yozilgan ishlarning og‘zaki ma’ro‘za ko‘rinishidagi taqdimoti. Juft-juft muloqot. Biror mavzu bo‘yicha yonma-yon o‘tirgan o‘quvchilarni o‘zaro muloqotga chorlash; o‘zaro fikr almashish va ularni ba’zilarini tinglash; Ovozga qo‘yish metodi. Dars davomida bahsli vaziyatni keltirib chiqarish; yuzaga kelgan bahs munozarani boshqarish maqsadida, bahs yuritayotgan tomonlarning fikrlarini sinf bo‘yicha ovozga qo‘yish; har bir fikr bo‘yicha qarshi, rozi va betaraflarni aniqlash; tomonlarning dalillarini va fikrlarini tinglash; so‘ng yana ovozga qo‘yish; xulosalash; «Charxpalak» usuli. Mazkur metod guruhlarda ishlash usulining takomillashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, uning yordamida o‘quvchilar o‘rganiladigan material bo‘yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo‘lish, jamoa bilan ishlash malakasini ega bo‘lish, boshqalarni o‘qitish, axborot bilan almashish hamda jamao bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida o’quvchining faolligi-tamoyili didaktikada asosiy tamoyillardan biridir. Bu tushuncha ostida yuqori darajadagi qiziquvchanlik, bilimlar va ko’nikmalarni ongli ravishda o’zlashtirish, o’quv natijalarining samaradorligi tushuniladi. Bunday faollik o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmaydi. Shu sababli o’quvchilar faolligini oshiruvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurati paydo bo’ladi. Xorijiy hamda hamdo’stlik mamlakatlari amaliyotida muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan ta’lim-tarbiya berishning interfaol usullari orqali dars o’tish o’zining samarasini bermoqda. Ushbu usullar bilan tanishish, ularni Respublikamiz ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash va olingan natijalarni tahlil etish davrimiz talabidir. Informatsion texnologiyalar yoki noindustrial jamiyat deb atalayotgan XXI asrimiz o’tgan asrdan farqli ravishda, yoshlarning mustaqil faol harakat qiladigan, erkin fikr yurita oladigan, hayotning o’zgaruvchan sharoitlariga moslasha oladigan fuqarolar bo’lishiga ko’proq talabgordir.
Keyingi yilda chop etilayotgan ko’pdan-ko’p maqolalar, xalqaro konferensiyalar va informatsion texnologiyalar davridagi zamonaviy jamiyatlar turli o’quv yurtlari oldiga quyidagi shartlarga javob beradigan bitiruvchilarni tayyorlash vazifasini qo’yayotgani ko’rsatib o’tilgan. kerakli bilimlarni mustaqil ravishda egallab hayotning o’zgarayotgan vazifalarga moslasha olish, unda butun umri davomida o’z-o’zini topa bilish; mustaqil, tanqidiy fikrlay olish, borliqda paydo bo’layotgan muammolarni ko’ra bilish va ularni zamonaviy texnologiyalar asosida ratsional hal etish yo’llarini topa bilish, yangi g’oyalarni taklif etish, ijobiy fikrlay olish; axborot bilan ishlay olish, (muammoni hal etish uchun kerakli dalillarni to’plash, ularni tahlil qilish, muammoni hal etish usullarini taklif etish, kerakli umumlashtirishlar, o’xshatishlar, taqqoslashlarni qila bilish,
statistik qonuniyatlarni aniqlay olish, asoslangan xulosalarni bera olish); turli ijtimoiy guruhlarda o’zini tuta olish, turli sohalar, har xil vaziyatlarda boshqalar bilan birgalikda ishlay olish; o’zining axloqi, aqliy qobiliyati, madaniy darajasini rivojlantirish ustida mustaqil ishlay olish. Ushbu xulosalar jumladan 1994-yil iyunida AQSH dagi xalqaro ta’lim markazi tomonidan 10 ta yirik mamlakat (AQSH, Kanada, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Daniya)da ta’lim holatini tahlil qilish natijasida tayyorlangan ma’ruzalar keltirilgan. Bu vazifalarni ta’limning an’anaviy tizimi yordamida hal etish mumkin emas, chunki sinf dars tezligiga asoslangan bu tizimda yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun sharoitlar mavjud emas. Shuning uchun, keyingi 10-15 yil ichida qator mamlakatlarda ta’limning interfaol (noan’anaviy) usullari taklif etila boshlandi. Ularda, birinchi navbatda har bir o’quvchining faol ravishda ta’lim jarayoniga qatnashishi, olayotgan bilimlarni amaliyotda qo’llashi, bu bilimlardan qayerda va qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligini tushunish imkoniyatlari yaratiladi. O’quvchilar turli muammolarni hal qilishda sinfdagi, maktabdagi yoki boshqa
joylardagi, mamlakatlardagi tengdoshlari bilan muloqotda bo’la olishlari, o’zlarining mustaqil fikrlariga ega bo’lishlari uchun erkin axborot olishlari mumkin bo’ladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ta’lim tizimining, balki butun jamiyatning yordam berishini talab etadi. Pedagogikani ushbu dolzarb muammolarini hal etish uchun ta’lim jarayonining moddiy bazasini qayta qurish zaruriyatini tushungan holda jamiyatimizda yirik o’zgarishlar amalga oshirilayotganiga guvohmiz. Ammo, ta’lim tizimining komponentlari orasida ilg’or pedagogik va informatsion texnologiyalarni amaliyotga keng tadbiq etish oqsamoqda. Shuning uchun, pedagogik texnologiyalar sohasidagi yangi izlanishlar bilan tanish bo’lish, o’qitishning faol usullarini bilish va qo’llay olish har bir o’qituvchining oldiga qo’yayotgan zamon talablarining asosiylaridandir. Ta’lim jarayonida hukmronlik qilib kelingan an’anaviy ta’lim metodlarida ijobiy tomonlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham yo’q emas. Aslida an’anaviy ta’lim metodi o’quvchilarni yalpi o’qitishni, ularning bilish faoliyatini passiv tinglovchi sifatida tashkil etishni nazarda tutadi va ta’lim o’rtacha bilimli o’quvchilarni o’qitishga qaratiladi. Darsda markaziy o’rinda o’qituvchi qo’yilib, o’quvchilar, ularning xohish-istaklari ikkinchi o’ringa qo’yiladi. Bunday xato-kamchiliklarni yo’qotish, ta’lim sifatini oshirish uchun ta’lim oluvchilarni yalpi o’qitish bilan bir qatorda, shaxsga yo’naltirilgan va kichik guruhlarda o’qitishni yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq. O’quvchilarning bilish faoliyatini individual tashkil etganda, ular o’quv materialini mustaqil o’zlashtiradilar, ijodiy izlanadilar. Aqliy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati e’tiborga olingan holda berilgan vazifalar, o’quv topshiriqlarini o’quvchilar mustaqil bajaradilar va ular o’z bilish faoliyatlarining subyektiga aylanadilar. O’quvchilar topshiriqlarni bir o’zlari bajarish jarayonida aqliy faoliyat jalb etiladi, mas’uliyatni sezish, o’z bilimiga bo’lgan ishonch ortadi. Natijada har bir
ta’lim oluvchi o’z imkoni darajasida yetishib boradi. Bunday tashkil qilingan o’qitish faoliyatida vaqt ham tejalib, ta’limning sifat va samaradorligi ortib boradi. Fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki fizika fanini faqatgina darslikdan o’qib, yoki o’qituvchining ma’ruzasini tinglab o’rganish mushkul.Ta’lim oluvchilarda yetarli darajada bilim va ko’nikmalar shakllanishi uchun ular tegishli hodisa va qonuniyatlar bo’yicha o’z mustaqil fikrlarini bildirishlari, o’qituvchi yoki boshqa o’quvchilar bilan fikr almashishlari lozim bo’ladi. Darsda o’rganiladigan mavzuning mazmunini inobatga olgan holda, o’quvchilardan kichik guruhlar tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanish, ko’rgazma qurollari, taqdimotlar, slaydlar, multimedialardan foydalanib darsni tashkil qila olish dolzarb sanaladi. [27] Interfaol metodlarning turi va ko’rinishi kundan-kunga ortib, o’zgarib bormoqda. Ijodkor o’qituvchi bu metodlardan dars jarayonida unumli foydalana olishi fizika ta’limining porloq kelajagini belgilaydi. Quyida shu interfaol metodlarnining to’liq bo’lmagan ro’yxati: - “klaster”, “aqliy hujum”, “fikriy hujum”, “qarorlar shajarasi”, “qora quti”, “skarabey”, “baliq skeleti”, “nafis arra”, “yumaloqlangan qor o’yini”, “muzyorar”, “nilufar guli”, “davra suhbati”, “BxBxB”, “Venn diagrammasi”, “zakovatli zukko”, “zig-zag” strategiyasi, “insert” strategiyasi,”nima uchun?”, “qanday ?” iyerarxik modellari v h.k.lar.
|