Pedagogik texnologiya tamoyillari




Download 41,23 Kb.
bet2/8
Sana14.02.2024
Hajmi41,23 Kb.
#156738
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY NAZARIY ASOSLARI

Pedagogik texnologiya tamoyillari  Oldingi paragrafda aytilganlardan ko’rinadiki, ilmiytexnika taraqqiyoti jadallashuvi sharoitida pedagogik texnologiya mustaqil fanga aylandi. Har bir mustaqil fan o’z mohiyatiga ko’ra uning nazariy asoslarini tashkil etuvchi o’zining tamoyillariga ega bo’ladi. Pedagogik texnologiya tamoyillari “Pedagogika” va “Texnologiya” fanlarining negizini tashkil etuvchi qoidalar yig’indisiga tayanadi. Pedagogik texnologiya maqsadlari, vazifalari, tarkibi, mazmunining tarkibiga ko’ra uning quyidagi asosli tamoyillari shakllantirilgan: a) ilmiylik; b) loyihalanish; c) tizimlilik; d) yo’naltirilganlik; e) faoliyatli yondashuvlik; f) boshqaruvchanlik; 

g) tuzatuvchanlik; h) natijaviylik

( samaradorlik) i) qayta takrorlanuvchanlik; j) tejamlilik; Ushbu tamoyillar o’zaro bog’liq bo’lib, ular bir-birini to’ldiradi. Bu tamoyillar asosida oquv jarayoni tashkil etiladi va o’qitish jarayoni amalga oshiriladi. Endi shu tamoyillar mazminiga qisqacha to’xtalib o’taylik. 

Ilmiylik tamoyili. Bu tamoyil har qanday o’quv predmeti o’quv materiali fanning zamonaviy yutuqlarga tayanish lozimligini ko’rsatadi. Bu tamoyil o’quv dasturlari, o’quv qo’llanma, darsliklarini yaratish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiylik tamoyiliga ko’ra har yili fanlarning ishchi oquv rejalari va o’quv 

materiallarini takomillashtirish talab etiladi.



Loyihalanish tamoyili. Bu tamoyil o’quv jarayonini tashkil etish, hujjatlarni o’quv jarayoni grafigi, ishchi o’quv reja, fanning ishchi o’quv dasturi, fanning bo’limlarning o’quv maqsadlari toifalari, o’qitish jarayoni texnologiyasi
20
egallangan bilim va malakalarni baholash mezonini yaratishni anglatadi. Ishlab chiqilgan hujjatlar asosida o’quv jarayoni amalga oshiriladi. Bu hujjatlarning barcha bandlariga rioya etilishi, rejalashtirilgan natijaga erishishni kafolatlaydi. Mazkur tamoyilning ahamiyati shundaki, uning asosida pedagogik texnologiyaning ta’rifini keltirib chiqarish mumkin, ya’ni “Pedagogik texnologiya − bu, amaliyotga samarali tadbiq etiladigan, tegishli tamoyillar asosida ishlab chiqilgan o’quv jarayonining loyihasidir.”

Tizimlilik tamoyili. Bu tamoyilga ko’ra o’quv jarayonining barcha elementlari, ularning o’zaro bog’liqlik sharti asosida yagona tizim kabi loyihalanadi. Bunda o’quv jarayonining barcha elementlari tuzilmasi, tashkil etilishi va faoliyati o’quvchi -talabalarni o’qitishga rag’batlantiradi. Ma’lumki ishlab chiqarish jarayoni iki qismdan: 1. Ishlab chiqarishga tayyorlash; 2.Texnologik jarayondan iborat. Shuningdek o’quv jarayoni ham ikki qismdan: o’quv jarayonini tayyorlash va o’qitish jarayonlaridan iborat deb aytish mumkin. O’quv jarayonini tayyorlash qismida – o’quv jarayoni grafigi va ishchi o’quv reja, mashg’ulotlar jadvali tuziladi. Tegishli fanga oid o’quv-uslubiy materiallar va boshqa kerakli hujjatlar ishlab chiqiladi. O’qitish jarayoni qismida bilimlar, malakaga ega bo’lish va ular sifatini baholash amalga oshiriladi.

Maqsadga yo’naltirilganlik tamoyili. Har bir fanni o’qitish jarayoni ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Buning uchun o’qitishning eng ko’p tarqalgan ta’rifini keltirish yetarlidir. “O’qitish – bu o’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabatning maqsadga yo’naltirilgan jarayoni bo’lib, uning davomida inson ma’lumotli bo’ladi. Ushbu ifodadan o’qitish sifati maqsadlarni shakllantirish sifatiga bog’liq ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin.

Faoliyat yondashuvi tamoyili. Ilmiy-texnik taraqqiyotning hozirgi bosqichi murakkab yuqori texnologiyalarni qo’llash, ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi. Bunda nafaqat fan ishlab chiqarishning jadal
21
rivojlanishiga , balki ishlab chiqarish fanning tez suratlar bilan rivojlanishiga sharoit yaratadi. Bunday sharoitda faoliyat yondashuviga tayangan o’quv jarayonining samaradorligi oshadi, ya’ni biror faoliyatni “yuz bor ko’rgandan ko’ra, bir bor bajargan afzal” degan tamoyilga asoslanib tashkil etilishi kerak. Kasb ta’limi maktablari uchun bu tamoyil o’ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi sharoitda, pedagogik fanda mavjud “nazariya va amaliyotning o’zaro bog’liqlik tamoyili” sifat jihatidan ya’ni ma’noga ega bo’lgan “faoliyat yondashuvi tamoyili”ko’rinishda aks ettiriladi. Bunda “faoliyat” tushunchasining mohiyati o’z ichiga maqsad, vosita va jarayonni qamrab oladi. O’quv jarayoni, bo’lajak mutaxassisning o’quv faoliyati sifatida tasvirlanadi. 

Boshqaruvchanlik tamoyili . O’quv jarayoni boshqariladigan taqdirda o’qitishning rejalashtirilgan natijasiga erishish mumkin. Boshqarish- jarayonni rejalashtirilgan sharoitda amalga oshirish , o’qitish maqsadlariga erishish dasturini ro’yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. O’qitish jarayonida didaktik testlardan foydalanish teskari aloqani ta’minlaydi. Teskari aloqa natijalarining tahlili, ko’zlangan natijaga erishish uchun vosita va uslublarni o’zgartirish orqali o’qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Boshqarish tamoyili o’qitish jarayoniga muntazam ravishda tuzatishlar kiritish mumkinligini ko’rsatadi. 

Qayta takrorlanish tamoyili. Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida, zaruriy miqdordagi mahsulot tayyorlash, oldindan tayyorlangan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bu esa qancha mahsulot ishlab chiqarish kerak bo’lsa, shuncha marta texnologik jarayon qayta takrorlanishini anglatadi.Texnologik hujjatlarning mavjudligi tufayli, texnologik jarayonni ko’p marotaba qayta takrorlash mumkin. Ishlab chiqarish -texnikaviy sohadagi ushbu yon dashuv “Texnologiya” fanining paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ishlab chiqarishda texnologik jarayonni amalga oshirish uchun texnologik xaritalar tayyorlanadi. O’quv jarayonini tashkil etishda, qayta takrorlanish tamoyili ham shunga o’xshash ahamiyatga ega. Qayta tayyorlanish tamoyili ma’lum fan bo’yicha ishlab chiqilgan pedagogik texnologik xaritani turli guruhlarda, turdosh ta’lim muassasalarida boshqa subyektlar bilan ko’p marotaba-takroriy qo’llash imkoniyatini yaratadi.Yangi pedagogik texnologiyaning qayta takrorlanishini ta’minlash uchun pedagogik- texnologik xaritalar tuziladi. Bu o’quv hujjatlar fanning har bir mavzusi bo’yicha ishlab chiqiladi. Shunday qilib, qayta takrorlanish tamoyili – pedtexnologik xarita asosida pedagogik texnologiyani ko’p marotaba takrorlanish imkoniyatini anglatadi.

Samaradorlik tamoyili. Ushbu tamoyil, pedagogik texnologiya o’qitishning ko’zlangan natijalariga maqbul hujjatlar bilan kafolatli erishish imkoniyatini yaratishni ko’rsatadi. O’quv jarayonining samaradorligiga pedagogik texnologiya larning yuqorida bayon etilgan tamoyillari – ilmiylik, loyihalanish, tizimlilik, maqsadga yo’naltirilganllik, faoliyat yondashuvi, boshqaruvchanlik, qayta takrorlanuvchanlikni amalga oshirib erishiladi.

Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili. Bu tushunchalar lug’aviy jihatdan (yunoncha “humanus”-insoniylik, “humanitas”- insoniyat) bir o’zakka ega bo’lsada, ularning har biri o’ziga xos ma’nolarni ifodalaydi. Insonparvarlashtirish ta’lim muassasalarida o’rganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar( tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya va h.k.) kiritilishini, insoniylashtirish tushunchasi esa shaxs va uning faoliyatiga nisbatan ijobiy yondashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda, insonparvarlashtirish-bu inson va jamiyat o’rtasidagi yuzaga keluvchi munosabatlar jarayonida inson omili, uning qadr-qimmati, sha’ni, ornomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga asoslanuvchi faoliyatini tashkil etish bo’lsa, insoniylashtirish barcha sharoitlar inson va uning kamoloti uchun degan g’oya asosida tashkil etiluvchi faoliyat jarayoni sanaladi. Ta’limning uzluksizligi tamoyili.Mazkur tamoyil o’quvchilarning kasbiy sifatlarga ega bo’lishlari, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida takomillashib borishini nazarda tutadi. Shaxsga uning butun umri davomida asqotishi mumkin bo’lgan bilimlarni berish mumkin emas, zero mavjud bilimlar har besh-o’n yil mobaynida o’zgarib, mazmunan boyib boradi. Demak mazkur tamoyil o’qituvchinig o’z faoliyatida mustaqil ta’limni tashkil etishga e’tibor
berishi, pedagog yetakchiligini ta’minlagan ta’limdan o’quvchilarning mustaqil bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishni ifodalaydi.[16] 


Download 41,23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 41,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnologiya tamoyillari

Download 41,23 Kb.