• Xudaybergenova Nargiza ning «Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi» fanidan K K U
  • Nukus-2014 yil MUNDARIJA
  • Pedagogika fan o’qitish metodikasi. Xudaybergenova N




    Download 217.33 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/14
    Sana25.04.2023
    Hajmi217.33 Kb.
    #53698
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Maktabgacha ta


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI 
    VAZIRLIGI 
     
    AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA 
    INSTITUTI 
     
    “PEDAGOGIKA” FAQULTETI 
     
     
    «MAKTABGAChA TALĐM» KAFEDRASI 
     
     
     
    «Maktabgacha talim» ta’lim yo’nalishi 4 “d” kurs talabasi 
    Xudaybergenova Nargizaning

    «Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi» fanidan 
     
     
     
    K
    K
    U
    U
    R
    R
    S
    S
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    I
    I
    S
    S
    H
    H
    I
    I
     
     
    Mavzu: «Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasi»ni o’qitishning 
    shakl va metodlari
    Qabul qildi: ______________ 
    Nukus-2014 yil 


    MUNDARIJA: 
     

    Kirish 
    II 
    Asosiy qism 
    II.1 
    Pedagogik fanlarni o’qitishda metod va usullsrdan 
    foydalanish zaruriyati 
    II.2 
    Pedagogik texnologiyada dars o`tish metodikasi
     
    II.3 
    Pedagogika fanlarini o’qitishdagi metod va usullari 
    II.4 
    Ta’lim samaradorligini oshirishning interfaol
    usullaridan foydalanish yo’llari. 
     
    Xulosa 
     
    Foydalangan adabiyotlar 
     
     


    K I R I SH 
    Davlatimiz istiqboli, bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish 
    sohasidagi ishlarning samaradorligi yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, 
    raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish 
    muammosi bilan uzviy bog’liq. Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq IX sessiyasida 
    qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
    va Vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan bir qator qarorlar ana shu 
    maqsadlarni ruyobga chiqarishga qaratilgan. 
    Kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimidagi, o’quv tarbiya ishlari sohasidagi 
    muammolarni izchillik bilan, bosqichma - bosqich hal etish yo’llar va vositalari 
    Vazirlar Mahkamasi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 
    hujjatlarda belgilab berilgan. Ta’limning samaradorligini oshirishda yuksak 
    imkoniyatlarga ega bo’lgan vositalardan biri sifatida ta’limning faol usullari 
    qaralayapti. Ta’lim - tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalar 
    tushunchasining kirib kelishi va o’sha texnologiyalarning keng qo’llanilishi hozirgi 
    zamon talabidir. 
    Shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimini, kadrlar tayyorlashni yangilash 
    vazifalarini ta’lim – tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni jadal kiritish
    auditoriyada, sinfda, darsdan tashqarida o’quv tarbiyaviy ishlarni amalga 
    oshirishda o’quvchilarning faolligin oshirishga erishish orqaligina bajarish 
    mumkin. 
    Hozirgi 
    kunda 
    ta’lim 
    jarayonida 
    interaktiv 
    metodlar, 
    innovatsion 
    texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida 
    qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan – kunga kuchayib boromoqda, bunday 
    bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anvaiy ta’limda o’quvchi – 
    talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy 
    texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, musatqil 
    o’rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga 
    o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi 


    va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, 
    yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim jarayonida o’quvchi – talaba asosiy 
    figuraga aylanadi. 
    Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan 
    biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan 
    o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari 
    kengroq foydalanmoqdalar. 
    Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil 
    qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya 
    qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, 
    rivojlanib boradi. Ushbu masalalar bizning kurs ishining dolzarbligi bo’lib 
    hisoblanadi. 

    Download 217.33 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 217.33 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika fan o’qitish metodikasi. Xudaybergenova N

    Download 217.33 Kb.
    Pdf ko'rish