Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti




Download 397,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana23.12.2023
Hajmi397,28 Kb.
#127475
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
59080 (1)



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI 
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI “SHARQ MAMLAKATLARI 
IQTISODIYOTI , SIYOSATI VA TURIZM FAKULTETI
“SHARQ MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” 
FANIDAN 
KURS ISHI 
MAVZU:
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning bilishdagi ahamiyati.
Bajardi: 
Ilmiy rahbar:
Navoiy-2020 


Mavzu : Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar, ularning bilishdagi ahamiyati. 
Mundarija 
Kirish 
I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari 
1.1.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi.
1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi. 
II bob. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tog’risida umumiy ma’lumotlar 
2.1.Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.Ularning turlari va ehtiyoj qonuni
2.2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni ilmiy bilishning uslublari
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 

 
 
 
 
 
 


Kirish 
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning erkinlashuvi va islohotlarning 
chuqurlashuvi jarayoni soliq siyosatini ham muntazam takomillashtirib borishni 
taqozo qiladi. Soliq siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo’nalishi sifatida 
iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini ta’minlash jarayonida har 
qachongidan ham muhimroq bo’lib bormoqda. Shu sababli, mamlakatimiz 
rivojlanishining muhim ustuvor yo’nalishi sifatida soliq siyosatini 
erkinlashtirishning belgilanishi bejiz emas. Bu borada davlatimizning birinchi
rahbari I.Karimovning quyidagi fikrlari e’tiborga loyiqdir: “Izchillik bilan amalga 
oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan 
oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga, xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini 
yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Xususan, 2011 yilda soliq yuki, 1991 yil bilan 
solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 
41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur. 2011 yilda mikrofirma va 
kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasining 7 foizdan 6 foizga 
kamaytirilishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar investitsiya faoliyatining 
kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo’shab qolgan qariyb 80 
milliard 300 million so’m mablag’ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni 
texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo’naltirish imkoni 
paydo bo’ldi”. 
Kurs ishining maqsad va vazifalari.Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy 
hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Iqtisodiy qonun 
aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo 
ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan 
yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini 
hal qilgan. Iqtisodiy qonunlar unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha 
mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi 
navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy qonunni boshqarishi zarur. 
Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi O’zbekistonning iqtisodiy qonun 
va kategoriyalarini va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat. 
Kurs ishining predmeti: O’zbekistonning iqtisodiy qonun va 
kategoriyalarini kelajakdagi istiqbollarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat. 
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2ta bob xulosa hamda foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yhatidan iborat. 
 


I bob .Iqtisodiyot nazariyasi fanining kelib chiqishi va vazifalari 
1.1.Iqtisodiyot va uning bosh masalasi. 
Iqtisodiyot nazariyasini o’rganish, iqtisodiy jarayonlarning tub mohiyatini 
to’g’ri tushunish ko’’ jihatdan uni o’rganuvchilarning ma’lum nazariy va uslubiy 
bilim bilan qurollanishiga bog’liq. Shuning uchun ham mazkur bob insoniyat 
jamiyati taraqqiyotining asosi bo’lgan iqtisodiyot tushunchasini, uning oldida turgan 
vazifalarni, uzoq davr davomida iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiyot 
nazariyasi fanining vujudga kelishini qisqacha tavsiflash bilan boshlanadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanidagi asosiy oqimlar va nazariyalarning umumiy bayoni 
qisqacha beriladi. Bu erda iqtisodiyot va uning bosh masalasi, iqtisodiyot nazariyasi 
fanining ‘redmeti, vazifalari va boshqa iqtisodiy fanlar ichida tutgan o’rnini 
ko’rsatib berish bilan birga iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar hamda ularning amal 
qilish mexanizmini yoritib berishga alohida o’rin beriladi. 
Bu bobda iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilish usullarining mazmunini ochib 
berishga alohida e’tibor qaratiladi. 

Download 397,28 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 397,28 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti

Download 397,28 Kb.
Pdf ko'rish