2.1 Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.Ularning
turlari va ehtiyojlar
qonuni
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy
qonunlarni ham o‘rganadi.
Boshqacha qilib aytganda bu fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy
qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish
mexanizimini ochib berish
hisoblanadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va
jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan,
barqaror sabab-oqibat
aloqalarini, ularning ichki o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar
obyektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqealikning umumlashgan nazariy ifodasi
bo‘lib, u obyektv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni
uning inson ongidagi
in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar obyektv xarakterga ega bo‘lib, ularning kelib
chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, ularning
hoxish irodasiga bog‘liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda,
ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va
shartsharoitiga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila
boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan
tashqarida,
ulardan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, balki aynan ularning faoliyati, hatti -
harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon
bo‘ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning mazmunini bilib, ularning,
talablarini
hisobga olib, o‘zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanishlari lozim
bo‘ladi. Bu iqtisodiy qonunlar talablariga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar
kishilarning xohish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo‘jalik faoliyatida
qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki,
tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo‘lib,
tarixiydir va o‘zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib
kishilik jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi.
Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi
guruhlarga ajratiladi:
1.Umumiqtisodiy
qonunlar-kishilik
jamiyati
rivojlanishining
barcha
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o‘sib borish
qonuni,
takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o‘sib borishi qonuni va
boshqalar;
2.
Xususiy
yoki
davriy
iqtisodiy
qonunlar-insoniyat
jamiyati
taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif
qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda mavjud bo‘ladi.
3.
Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim
sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo‘shimcha qiymat
qonuni.