• Annotatsiya
  • Kalit sozlar
  • 143 boshlang’ich sinf tabiiy fanlar darslarida og’zaki o’qitish metodlari isayeva Nodira Rixsibayevna




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana11.04.2024
    Hajmi0.69 Mb.
    #193471
    Bog'liq
    Isayeva Nodira Rixsibayevna
    Yong`in xavfsizligi Yong`inning kelib chiqish sabablari va xatar, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Dorilar, ish dak, 96136 8990dead54e3817160d1f828b5ce3c42, O’zbеkiston rеspublikasi xalq ta\'limi vazirligi, 8512-Article Text-20278-1-10-20230427, 1681575762, Abdurahimov Ahmad, Azamat2


    143 
    BOSHLANG’ICH SINF TABIIY FANLAR DARSLARIDA OG’ZAKI O’QITISH 
    METODLARI 
     
    Isayeva Nodira Rixsibayevna 
    Toshkent shahar Olmazor tumani 
    146 - umumta'lim maktabining 
    boshlang'ich sinf o'qituvchisi 
    Annotatsiya: Tabiiy fanlar maktab o'quvchilariga butun borliq to'g'risida 
    umumiy tushunchalarni beruvchi fan bo'lib, boshlang'ich sinf o'quvchilariga ushbu 
    fanni o'qitishda turli qiziqarli o'yinlar asosida va samarali o'qitish metodlaridan 
    foydalanib dars berish muhim sanaladi. Ushbu maqolada tabiiy fanlar fanini 
    o'qitishda ko'mak beruvchi og'zaki o'qitish metodlari haqida batafsil ma'lumot 
    berilgan. 
    Kalit so'zlar: suhbat metodi, metodik uslublar, hikoya metodi, didaktik 
    uslublar, tabiat hodisalari. 
     
    Tabiiy fanlar biosferaga oid ilmiy tadqiqotdir. Tabiatshunoslar odatda tajriba 
    o'rniga kuzatuvdan foydalanishadi. Tabiiy fanlar hayot shakllarining kelib chiqishi va 
    yashash tarzi haqidagi ma'lumotlarni to'playdi va tizimga soladi. U biologiyaning ost 
    sohasi bo'lib, botanika, zoologiya bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir va paleontologiya, 
    ekologiya, biokimyo, geologiya va iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqadadir.
    2
    Tabiiy fanlar, tabiiyot - tabiat haqidagi fanlar tizimi, tabiiy fanlar majmui. 
    Tabiatning inson ongidagi aksi bo'lgan tabiiy fanlar jamiyatning rivojlanishi bilan 
    mukammallashadi. Tabiiy fanlarning maqsadi - tabiat hodisalarining mohiyatini 
    aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish imkoniyatlarini 
    ochib berish. Tabiiy fanlar, asosan, fundamental fanlar bo'lgan mexanika, fizika, 
    kimyo va biologiyadan tashkil topgan. Astronomiya, geologiya, tibbiyot fanlari, 
    qishloq xo'jaligi. fanlari, ekologiya kabi ko'plab bilim tarmoqlari shu fundamental 
    fanlardan kelib chiqqan. 
    Metodlar bilan metodik uslublarni farqlash muhimdir. Metodik uslub-bu 
    metodning unsurlaridan biri, uning tarkibiy qismidir (ko'rgazma vositalarni, kinofilm 
    fragmentlarini, 
    diafilm, 
    diapozitiv 
    ko'rsatish, 
    doskada 
    sxema rasmlardan 
    foydalanish, tajribalarni namoyish qilish, maktab o'quv-tajriba uchastkasidagi amaliy 
    ishlar vaqtida turli xil faoliyat ko'rsatish va hokazo). 
    2
    Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi. T.: «Cho'lpon» -2005 y. 


    144 
    Metod va metodik uslublar o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, bir-biriga o'tishi 
    mumkin. Masalan, o'quvchilarning turli xil tajribalari metod hisoblanadi, lekin 
    o'qituvchi hikoya qilayotgan paytda tajribani namoyish qilinishi metodik uslubdir. 
    Hikoya davomida o'qituvchining diafilm namoyish qilishi metodik uslubdir. Metod va 
    uslublar kompleks holda qo'llaniladi, ular bir-birini to'ldiradi, tabiatushoslik 
    tushunchalarini to'g'ri shakllantirishga xizmat qiladi.
    3
    Metodlarni qo'llashda o'qituvchi o'quvchilarga asosan so'zlar vositasida
    zarurat bo'lsa mavzu mazmuniga mos ko'rgazmali qurollarni ko'rsatish bilan bilim 
    beradi. Bu paytda o'quvchilarning yangi bilim olishlari uchun asosiy manba so'zlar 
    (og'zaki nutq) hisoblanadi. 
    Og'zaki metodning asosiy turlaridan biri - hikoyadir. Hikoya o'qituvchining jonli 
    so'zidir. U kitob o'qish, jism va hodisalarni namoyish qilish, texnika vositalardan 
    foydalanish, badiiy adabiyotlar o'qish va boshqalar bilan uyg'unlashadi. 
    Hikoyada izchilikka qat'iy hikoya qilinadi. Tabiiy fanlar mashg'ulotlarida 
    hikoyaning aytib berish yoki ta'riflash, xarakterlash, tushuntirish, muhokama qilish 
    kabi turlari qo'llaniladi. 
    Aytib berish - unda konkret fakt, voqea, jarayon harakatlar haqida gapirib 
    beriladi. Hikoya shohid (sayyoh, yosh tabiatshunos, sayyohatchi, kashfiyotlar 
    ishtirokchisi) nomidan olib boriladi. 
    Ta'riflash - borliq jismlar va hodisalarning (foydali qazilmalar, o'simliklar, 
    hayvonot dunyosi, biror tabiiy zona iqlimi xususiyatlarini) izchil bayon qilishda 
    qo'llaniladi. 
    Xarakterlash - ta'riflashning bir turidir, u jism yoki hodisaning belgi va 
    xususiyatlarini sanab o'tishdan iborat (tog', daryo va tabiiy zonalar harakteristikasi). 
    Tushuntirish - unda yangi tushunchalar, atamalar, ma'nosi ochib beriladi, 
    sabab, oqibat bog'lanishi, u yoki bu narsaning mantiqiy tabiati ( nima uchun 
    tundrada o'zun tun va qisqa kun bo'ladi, nima uchun kun va tun, yil fasllari almashib 
    turadi) ochib beriladi. Undan barcha darslarda foydalaniladi, u muhokama qilish 
    bilan uyg'unlashadi.
    4
    Muhokama qilish - bayon qilish asosida bo'lib, unda o'quvchilarni xulosaga olib 
    keluvchi qoida va isbotlarning izchil rivojlanishi bilan bog'liq. 
    Hikoyaning bu turida o'rganilayotgan hodisani (masalan, tirik mavjudodning 
    o'zgarishiga iqlimning ta'siri, suv, metallning xususiyatlari) tahlil qilish zarurati 
    tug'ilganda foydalaniladi. 
    3
    Grigoryants, A.G. va b. «Tabiatshunoslik» 4-sinf uchun darslik. T.:«Cho'lpon» 2002 y. 
    4
    . Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi. T.: «Cho'lpon» -2005 y. 


    145 
    Hikoyaga quyidagi didaktik talablar qo'yiladi: tanlangan o'quv materialini 
    ilmiyligiga, mantiqiy izchillik va isbotlanishiga; o'quvchilar uchun aniq, ravon va 
    tushunarli bo'lishiga: o'qituvchi nutqining tasviriy bo'lishiga javob berishi kerak. 
    1-2 sinflarda hikoya 5-8 minut, 3-4 sinflarda esa 10-12 daqiqa davom etishi 
    kerak. 
    Hikoya jarayonida quyidagi didaktik uslublardan foydalanish muhim: 
    I. Dars mavzusini e'lon qilish yangi mavzuni bayon qilish oldidan muammoli 
    vaziyat vujudga keltiriladi. Yangi materialni o'rganish yoki tajriba o'tkazish, 
    shuningdek, tabiatda o'tkazilgan kuzatishlarni tahlil qilish bilan boshlanadi. 
    II. Bayon rejasini bildirish. Bu uslub faqat o'zlashtirish jarayonini 
    faollashtiribgina qolmasdan, balki o'quvchilarni butun bayon tizimini ko'rishga 
    o'rgatadi, bu bilan tafakkurning mantiqiy izchilligini rivojlantirishga, o'rganilayotgan 
    atrof hayot faktlari yoki hodisalarning o'rtasidagi muayyan bog'lanishlarni 
    aniqlashga yordam beradi; masalan, «Cho'l tabiati» mavzusini bayon qila turib, 
    o'qituvchi doskaga ushbu rejani yozishi mumkin: 1) tabiiy zonalar xaritasida 
    cho'llarning geografik o'rni; 2) cho'l iqlimining xususiyatlari; 3) yuzasi; 4) vohalari; 5) 
    cho'lda yil fasllari. 
    III. O'quvchilar e'tiborini faollashtiruvchi savollarni bayon davomida berib 
    borish. 
    IV. O'quvchilarning idrok qilish faoliyatlarini faollashtiruvchi taqqoslash 
    (masalan, dala, cho'l, dasht, o'rmonlarning o'simlik va hayvonot dunyosini 
    taqqoslash va hokazolar). 
    V. Yangi materialni bayon qilish davomida ilgari o'rganilgan mavzular turmush 
    bilan, amaliyot bilan (masalan, «Skelet», mavzusini «Mushaklar» mavzusi bilan, 
    jonajon o'lka tabiatini har xil zonalar tabiati mavzusi) bilan aloqasini turmushda
    amaliyotda o'rganish. 
    VI. Hikoyaga maqol, qiziqarli material yoki kitob o'qish epizodini kiritish. 
    O'qituvchi hikoyasini tegishli maqolani o'qigandan keyin yoki undan oldin boshlashi 
    mumkin. Qo'shimcha materialdan foydalanish hikoyani boyitadi va konkretlashtiradi. 
    Hikoya davomida foydalanilgan maqol, matal va topishmoqlar darsni boyitib, bayon 
    qilayotgan materialni o'quvchilar tomonidan qabul qilib olinishini osonlashtiradi. 
    VII. Ko'rgazmalililik (surat, jadval, texnika vositalari)ni qo'llash. Hikoya 
    davomida ko'rgazmalilikning har xil vositalaridan foydalanish o'quvchilarda aniq 
    tasavvurlar hosil bo'lishiga, o'rganilayotgan materialga diqqat va qiziqishni 
    quvvatlashga, uni puxta o'zlashtirilishiga yordam beradi. Sxemalar, jadvallar, 
    tajribalar, doska va daftardagi (atama) va xulosalar o'quv materialini o'zlashtirilishini 
    yengillashtiradi. 


    146 
    Suhbat. Suhbat savolning hal qilinishida o'quvchilar va o'qituvchilarning 
    ishtirokida xarakterlanadi. Suhbatning maqsadga qaratilganligi o'quvchilar bilimini 
    safarbar qilib, hal qilinishi kerak bo'lgan savollar bilan aniqlanadi. Suhbat natijasida 
    o'quvchilar 
    o'qituvchi 
    rahbarligida 
    tegishli 
    xulosa 
    chiqarishlari, 
    xulosani 
    umumlashtirishlari kerak. Suhbat o'quvchilarga notanish bo'lmasligi lozim: hali 
    o'quvchilar o'zlashtirmagan, bilmagan bilimlarni «aniqlash» uchun vaqtni bekorga 
    sarflash yaramaydi. Suhbat yakunlovchi, umumlashtiruvchi va yangi bilimlarni 
    eskilari bilan bog'lovchi darslarda alohida ahamiyatga ega. 
    Suhbatning bosh maqsadi shundaki, bunda o'qituvchi rahbarligida o'quvchilar 
    ongida tabiat jismlari hamda hodisalari haqida to'g'ri tasavvur va tushunchalar 
    shakllanadi. Tabiat bilan tanishtirishning birinchi bosqichida suhbat o'qituvchining 
    savollar berishi va chaqirgan o'quvchilarning savollarga javob berishi shaklida 
    kechadi. Keyin suhbat boyib, kengayib boradi. 
     
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
     
    1. Nuriddinova M.I. Tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi. 
    T.: «Cho'lpon» -2005 y. 
    2. Grigoryants, A.G. va b. «Tabiiy fanlar» 4-sinf uchun darslik. T.:«Cho'lpon» 
    2002 y. 
    3. www.ziyonet.uz 
    References 
    1. Nuriddinova M.I. Tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi. T.: «Cho'lpon» -2005 y. 
    2. Grigoryants, A.G. va b. «Tabiiy fanlar» 4-sinf uchun darslik. T.:«Cho'lpon» 
    2002 y. 
    3. www.ziyonet.uz 
    www.openscience.uz 

    Download 0.69 Mb.




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    143 boshlang’ich sinf tabiiy fanlar darslarida og’zaki o’qitish metodlari isayeva Nodira Rixsibayevna

    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish