• Ma’naviy ehtiyojlar
  • Iqtisodiy resurslar
  • ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o’zlariga foydali bo’lgan moddiy




    Download 397,28 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/14
    Sana23.12.2023
    Hajmi397,28 Kb.
    #127475
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    59080 (1)

    ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o’zlariga foydali bo’lgan moddiy ne’matlarni xarid 
    qilish va foydalanishga bo’lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo’lgan 
    ko’’lab hayotiy ‘redmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat 
    Тақсимот жараёни 
    Ишлаб чиқариш жараёни 
    Истеъмол
    жараёни 
    Айирбошлаш жараёни 


    buyumlarini (taqinchoq, atir-u’a, engil avtomobil va h.k.) o’z ichiga oladi. Shu o’rinda 
    ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat buyumi, dabdaba bo’lib hisoblangan 
    narsa endi eng oddiy hayotiy zarur ‘redmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham 
    moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy 
    avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish 
    kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ehtiyojlarini qondiradi. 
    Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari ehtiyojlarini 
    ham o’z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, 
    ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi 
    kerak. Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining umumiy 
    ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo’llari, maktablar, kasalxonalar 
    qurilishiga xizmat qiladi. 
    Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan kishilarning bilim va 
    dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, har xil 
    xizmatlardan bahramand bo’lish kabi ko’’lab ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Ehtiyojlar 
    yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni 
    qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog’liq. Shunday buyum va xizmat turlari borki, 
    ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, 
    kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, s’ort o’yinlari va 
    ko’ngilochar tomoshalarni birgalikda ko’rish kabilar shular jumlasidandir. 
    Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular quyidagilar: 
    a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada 
    qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo’lsa, aksincha, iqtisodiyoti yuqori 
    darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo’ladi; 
    b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor 
    iqtisodiyoti yoki ka’italistik tartiblar asosida qurilgan bo’lsa, undagi ijtimoiy guruhlar 
    boylar va kambag’allar, mulkdor va mulksizlarga bo’linib, ularga mansub kishilar 
    ehtiyojlari o’rtasida katta farq mavjud bo’ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, 
    noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag’allarning ehtiyojlari o’z 
    hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi; 
    v) tabiiy—geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga ta’sir 
    qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda 
    hayot kechirish uchun oqsil va yog’ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim—kechak, uy va 
    trans’ort vositalariga ko’’roq ehtiyoj bo’ladi; 


    g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar ham ehtiyojlarga ta’sir ko’rsatadi. 
    Masalan, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro’z 
    bayrami, ro’za va hayitlar o’ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. 
    d) aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar ham ehtiyojlarga ta’sir 
    etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi. 
    e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular 
    o’rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng tarqalishiga 
    olib keladi. 
    Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, 
    mehnatning tabiati kabi omillarga bog’liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq 
    qilib, engil hazm bo’ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash 
    muhitiga ko’’roq ehtiyoj sezadilar. Ko’’ bolali oilalarda bolalar kiyimi, 
    o’yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo’lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar 
    bo’lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan 
    iboratki, murakkab, og’ir va engil mehnat turlari bilan shug’ullanuvchi kishilar 
    ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi. 
    Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin 
    emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’’lab qondirilmagan ehtiyojlar bo’ladi. 
    Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning ‘aydo bo’lishi, keng reklamaning ta’siri va 
    savdoning rag’batlantirishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’’ayib boradi. 
    Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va 
    korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va o’sib 
    borishi tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to’xtovsiz o’sib borishi iqtisodiy qonunda o’z 
    ifodasini to’adi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishini, 
    balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o’rniga yangilarining 
    kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan 
    ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Ishlab 
    chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni 
    yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va 
    ehtiyoj o’rtasidagi bog’liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda 
    ‘aydo bo’lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro xususiyatga ega bo’ladi. 
    Masalan, kom’yuter bir mamlakatda ‘aydo bo’lib, tez orada unga ehtiyoj dunyo 
    miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy 
    xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj to’ib 
    boradi. 


    Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan 
    boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kom’yuter texnikasiga ehtiyojning 
    ‘aydo bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur 
    tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi. 
    Ehtiyojlarning o’sib borishi bir tekis, uzluksiz bo’lmaydi. Uning o’sishiga qarshi 
    ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo’ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi 
    hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim 
    almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong’in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o’sib 
    borishiga qarshi ta’sir ko’rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o’sib 
    borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishida, mutlaqo yangi 
    ehtiyojlarning ‘aydo bo’lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar 
    nisbatining o’zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon 
    bo’ladi. Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan 
    chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak 
    bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi. Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, 
    mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to’’lanib, ayni vaqtda mavjud 
    bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda 
    va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar, qo’r-qutlar va 
    manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o’rmon, er osti boyliklari), ishchi kuchi 
    resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, 
    qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo’r-qutlari, ‘ul mablag’lari va boshqalari) 
    ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi 
    shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va 
    ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va ‘ul resurslari 
    ham kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma odamlar xohlagan 
    iste’mol buyumlarini, trans’ort vositalarini va boshqa narsalarni darhol xarid qila 
    olmaydi va xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko’zga 
    ko’ringan davlat arbobi, sahna yoki s’ort yulduzi ham bu muammoga duch keladi. 
    Resurslar cheklanganligi faqatgina iste’molni emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va 
    xizmat ko’rsatishni ham cheklab qo’yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat 
    o’z imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning 
    hamma turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli bo’lgan sohalarini 
    tanlab kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda 
    ularga jalb qiladi. Masalan, O’zbekiston endi mustaqillikka erishgan dastlabki ‘aytda 
    res’ublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft qazib olish va gaz 
    kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko’’roq mablag’ ajratishga majbur bo’ldi. 
    Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud ‘ul va valyuta 
    zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, 


    investistiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga 
    qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag’ sarflash kuchaytirilgan sharoitda 
    boshqa sohalarga ajratiladigan mablag’larni ob’ektiv ravishda nisbatan kamaytirishga 
    to’g’ri keladi. 
    Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim 
    yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar 
    darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning 
    yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini 
    kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, 
    mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va 
    boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, 
    xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini to’ib, hayotga jalb etish 
    imkonini beradi: jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni to’ish va ishga 
    tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, 
    quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va 
    ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni 
    quyidagicha ifodalash mumkin: 
    2-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilish darajasi o’rtasidagi 
    bog’liqlik. 
    Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish 
    imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi 
    iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi. 
    1. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning o’timal variantlarini (eng zarur va 
    tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’’roq ishlab chiqarishga jalb qilish. 
    2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish. 
    3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, 
    material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini to’ib, foydalanishga jalb qilish, 
    resurslar unumdorligining oshishiga erishish. 
    1.2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.
    Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy 
    yo’nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish 
    Иқтисодий ресурслар, 
    имкониятлар 
    Ишлаб чиқариш ёки 
    хизмат кўрсатиш 
    даражаси 
    Эҳтиёжларнинг 
    қондирилиш 
    даражаси 


    iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo’lgan tomonga 
    yo’naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. 
    Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari 
    Ksenofont, ‘laton, Aristotel asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va 
    Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi. 
    Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga etib kelgan Qur’oni Karimni, 
    hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarinibobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu 
    Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek asarlarini 
    o’qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli emasligi, 
    ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin 
    bo’lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332-
    1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 
    yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi 
    bo’lib tovarning ikki xil xususiyatini – iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, 
    oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo’shimcha mehnat hamda zaruriy va 
    qo’shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni 
    ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish 
    shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini 
    hisobga olinishi ham ta’kidlangan.
    2
     
    Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g’oyalari 1482 yilda yozilgan 
    «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U 
    kishi mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi 
    qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy 
    manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda 
    mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor 
    beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan to’ish, to’’lash va foydalanish 
    zarurligini ta’kidlaydi.
    3
    Shunisi muhimki, ular hech bir inson o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol 
    buyumlarning barchasini o’zi yarata olmasligini, shuning uchun bir-biri bilan 
    iqtisodiy aloqada, munosabatda bo’lishlari ob’ektiv zaruriyat ekanligini ham qayd 
    qilganlar.
    Bundan tashqari, ularning asarlarida doimo xo’jaliklarning barcha turlarida (uy, 
    shahar, davlat) daromad bilan xarajat muvozanatiga katta e’tibor berish lozimligi, 
    ‘ulning mazmuni va uning kelib chiqish sabablari yoritilgan.
    2
    А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 42-бет. 
    3
    А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002., 89-90-бет. 


    Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan O’rta Osiyoning 
    ko’’gina olimlari iqtisodiyotni izchil o’rganish asosida uning ko’’gina qonun-
    qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo’lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi 
    fan sifatida shakllanmagan edi.
    Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko’’gina mamlakatlarda milliy 
    bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda “siyosiy iqtisod” 
    nomi bilan shakllana boshladi.
    Siyosiy iqtisod grekcha so’zdan olingan bo’lib “‘olitiko” - ijtimoiy, “oykos” - 
    uy, uy xo’jaligi, “nomos” - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo’jalik qonunlari 
    ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan franstuz iqtisodchisi 
    Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda “Siyosiy iqtisod traktati” nomli kichik 
    ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida 
    asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng 
    ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni 
    boshqaruvchi qonunlar to’g’risidagi fandir, deb yozgan edilar.
    Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar, 
    maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va 
    qanday qilib ko’’ayadi, degan savollarga javob to’ishga urinishgan. Bunday 
    iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari 
    odamlarning, jamiyatning boyligi ‘uldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan 
    tashqi savdoda - muomala jarayonida ‘aydo bo’ladi, ko’’ayadi, savdoda band 
    bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib 
    keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya’ni savdo jarayonida hech qanday boylik 
    yaratilmasligi, qiymatning ko’’aymasligi ma’lum bo’lib qoldi. Faqat 
    ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya’ni teng mehnatga teng boylik muvozanati 
    buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir 
    boyib, kimdir xonavayron bo’lib boradi. Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining 
    asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan 
    iborat deb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga 
    erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish 
    va savdoni o’z ‘anohiga olishi zarur deb hisoblaydi.
    Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o’laroq, 
    boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’’ayadi, degan g’oyani olg’a surdilar. 
    Ularning vakili bo’lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va 
    unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini 
    ta’riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi. 
    Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida teng 


    miqdorli qiymatlarning almashuvi ro’y beradi, tovarlarning qiymati bozorga 
    kirmasdan oldin mavjud bo’ladi. F.Kenening ta’limotida sof mahsulot nazariyasi 
    markaziy o’rin egallaydi. Uning fikricha, yal’i ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish 
    harajatlari o’rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. Uning ta’limotida sof mahsulot 
    bilan qo’shimcha qiymatni chalkashtirish, ya’ni ikkalasini aynan bir narsa deb 
    tushunadi. U qo’shimcha qiymat dehqonlarning qo’shimcha mehnati samarasi 
    sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo’shimcha qiymatni 
    tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi deb 
    tushuntiradi.
    4
    Bu erda u o’zi bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste’mol 
    qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo, 
    Dyu’on de Nemur va boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha 
    qishloq xo’jaligida band bo’lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, 
    boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan. 
    Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyondalari bo’lmish 
    A.Smit, U.’etti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq 
    xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, trans’ort, qurilish va boshqa 
    xizmat ko’rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma 
    boylikning onasi er, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish 
    kerakki, A.Smitning “ko’rinmas qo’l” ‘rinsti’i hozirgi kunda juda ko’’ tilga 
    olinmoqda. U o’zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” 
    (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag’bat shaxsiy manfaatdir 
    deb ko’rsatadi. Inson o’z shaxsiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga 
    intilib mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi
    boshqalarga etkazib beradi, o’z ka’italini ko’’aytiradi va shu intilishda o’zi bilmagan 
    holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shadi deb tushuntiradi. U ka’ital, mehnat, tovar, 
    ishchi kuchi va boshqa resurslarning erkin harakatini ta’minlash ‘rinsti’ini ilgari 
    suradi. Ushbu maktabning «klassik» deb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari 
    sabab bo’ldi. 
    Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o’rganishga ilmiy yondashuv 
    beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli qo’lladilar. Aynan ana 
    shu usullar yordamida ular merkantilistlarning boylikning manbasi savdo degan 
    g’oyasini asossiz ekanligini isbotlashdi. 
    Ikkinchidan, iqtisodiyot to’g’risidagi barcha yig’ilgan bilimlarni klassik 
    maktab namoyondalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular birinchi 
    4
    А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 147-149-бет. 


    bo’lib iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol 
    o’rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo’ldi. 
    Uchinchidan, ingliz klassiklari xo’jalik hodisalarining ko’zga ko’ringan 
    tomonlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning 
    mohiyatini, ular o’rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdek 
    ka’italistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar. 
    Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi 
    bordir. U ka’italistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti 
    yo’lida sostial mexanizmni takomillashtirishga qaratilagn fan bo’lmog’i lozim deb 
    ko’rsatadi. Ka’italizmning iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan 
    ko’ra ‘rogressiv bo’lgan jamiyat qurish g’oyasi Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouen 
    kabi sostial uto’istlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq 
    tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar.
    Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy yo’nalish o’zlarining 
    nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-
    iqtisodiy formastiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kelish, 
    rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari to’g’risidagi ta’limotni hamda 
    qo’shimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.
    XIX asrning oxirgi choragidan iqtisodiyot nazariyasining yangi yo’nalishi 

    Download 397,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 397,28 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o’zlariga foydali bo’lgan moddiy

    Download 397,28 Kb.
    Pdf ko'rish