• “Milliy dasturi”
  • Pedagogika kafedrasi




    Download 3,13 Mb.
    bet138/251
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,13 Mb.
    #247935
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   251
    Bog'liq
    MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

    TIMSS - ham jahon mamlakatlari ta'lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TMSS dasturi Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan boʻlib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf oʻquvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar boʻyicha ta'limning sifati, darajasi, fanga boʻlgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga oʻxshab, oʻquvchilar, maktab ma'muriyati va oʻqituvchilari orasida qoʻshimcha soʻrovnomalar oʻtkazadi va fan sohasida toʻsqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa oʻsha mamlakatda ishlab chiqilgan ta'lim standartlarini va ta'lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib koʻrish imkonini beradi. 2015 yil TMSS tadqiqotlari natijalariga koʻra AQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta'lim tizimi eng yuqori koʻrsatkichlarni egallagan. Shuni e'tirof etish lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni oʻzlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada oʻzlashtirishga alohida e'tibor qaratilib, unda oʻquvchilar tugʻma iste'dod va qobiliyatlardan koʻra oʻz ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni oʻqitishda guruh yoki sinfdagi oʻquvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQShda ham mavjud boʻlib, 1999 yildan boshlab bitta oʻqituvchi 40 minutlik dars mashgʻuloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan ta'lim muassasalaridagi guruhlarda oʻquvchilar soni 16 nafar etib belgilangan.
    Umuman olganda mamlakatimizdaaynan mana shunday xalqaro dasturlarning ta'lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki oʻquvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi”yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni oʻzlashtirish darajasining sifati va sohada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar koʻlamini belgilab borish va tegishli islohotlar oʻtkazish imkoniyatini cheklab qoʻymoqda.Shuningdek, boshlangʻich va umumiy oʻrta ta'lim muassasalaridagi oʻqitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi.
    Shuni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni amalga oshirish joiz deb hisoblaymiz:

    1. Xalqaro ta'lim sifatini baholash dasturlarida O‘zbekistonning ishtiroki masalasini atroflicha oʻrganib chiqish va ushbu dasturlarda ishtirokini ta'minlash;

    2. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda oʻquvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi”ni yaratish;

    3. Ilm-fan yutuqlarining eng ilgʻor natijalari va adabiyotlarning ingliz tilida nashr qilinishini inobatga olgan holda, maktablarda ingliz tilini oʻrgatuvchi turli xorijiy dasturlarni tadbiq etish masalasini koʻrib chiqish;

    4. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim–tarbiya berishga mas'ul mutaxassislarning malaka talablarini aniq mezonlar orqali belgilab qoʻyish va bolalarning umumiy ta'limga yoʻnaltirilishida butunlay mas'ulligini qonun bilan belgilab qoʻyish;

    5. Maktabgacha ta'lim hamda umumiy oʻrta ta'lim muassasalaridagi guruh va sinflarda xalqaro tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda oʻquvchilar sonining maksimal hamda minimal koʻrsatkichlarini belgilab qoʻyish;

    6. Psixologik testlar yordamida boshlangʻich sinflardagi iste'dodli bolalarni ajratib olib 8-9 yoshlilar uchun har bir maktabda ixtisoslashgan sinflar tashkil etish.




    Download 3,13 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   251




    Download 3,13 Mb.