• The Programme for International Student Assessment
  • Progress in International Reading and Literacy Study




    Download 3,13 Mb.
    bet137/251
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,13 Mb.
    #247935
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   251
    Bog'liq
    MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

    Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlangʻich 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholash uchun;
    Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash uchun;
    The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
    The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻqitish va ta’lim olish muhitini hamda oʻqituvchilarning ish sharoitlarini oʻrganish uchun.
    2021 yilda O’zbekiston Respublikasi qaysi xalqaro dasturlarda ishtirok etadi:
    (PISA) — 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash,
    (PIRLS) — boshlangʻich 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqish va tushunish darajasini baholash.
    PISA oʻquvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur boʻlib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab oʻquvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qoʻllay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi ‑ 15 yoshli oʻquvchilar ta'lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi oʻsmirlar ishtirok etadi. Maktabdagi ta'lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yoʻnalishda: oʻqish,matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi boʻyicha olib boriladi.
    Birgina 2015 yilning oʻzida 70 dan ortiq davlatlar PISA xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta'lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta'sir oʻtkazadi. Har bir davlat oʻtkazilgan tadqiqot natijalari asosida oʻzining ta'lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini koʻradi hamda ta'lim muassasalarida oʻquv jarayonini takomillashtirishda oʻz yoʻnalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.
    PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat boʻlgan davlatlardagi boshlangʻich maktab oʻquvchilarining matnni oʻqish va qabul qilish boʻyicha tayyorgarligi hamda oʻquvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab boʻluvchi ta'lim tizimidagi oʻziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta'limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, oʻqituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.

    Download 3,13 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   251




    Download 3,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Progress in International Reading and Literacy Study

    Download 3,13 Mb.