PIRLS-2021: boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarning savodi xalqaro tashkilot tomonidan tekshirilishi




Download 3,13 Mb.
bet140/251
Sana21.05.2024
Hajmi3,13 Mb.
#247935
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   251
Bog'liq
MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

PIRLS-2021: boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarning savodi xalqaro tashkilot tomonidan tekshirilishi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev hamda Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement)ning Amsterdamdagi direktori Andrea Netton oʻrtasida O‘zbekistonning PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etishi yuzasidan 2019 yil 25-yanvar kuni ilk rasmiy uchrashuv tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xalqaro baholash tadqiqotlar tashkiloti bilan PISA-2021 xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study — xalqaro oʻqish savodxonligini oʻrganishdagi yuksalish) — bu turli mamlakatlarda boshlangʻich sinfda tahsil oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta oʻtkazishga moʻljallangan boʻlib, uning oxirgi 2016-yilgi tadqiqotlari natijalariga koʻra Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda.
Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi butun dunyo boʻylab ta’limni baholash, tushunish va yaxshilash boʻyicha ish olib boradigan milliy tadqiqot institutlari, tadqiqot agentliklari, olimlar va tahlilchilarning xalqaro hamkoridir. Mazkur notijorat va mustaqil tashkilot tarmogʻida 60 dan ziyod mamlakatlar hamda 100 dan ortiq ta’lim muassasalari ishtirok etmoqda. 1958-yildan buyon IEA oʻquvchilarning matematika, tabiiy fanlar hamda oʻqish salohiyati boʻyicha savodxonliklarini baholash jarayonida ta’lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar hamda maqbul tavsiyalar yaratishi bilan boshqa xalqaro tashkilotlardan ajralib turadi.
2019 yil 25-yanvardagi uchrashuvda PIRLS dasturining 2021-yil uchun moʻljallangan tadqiqotlarida O‘zbekistonning ishtirok etishi tashabbusi IEA tashkiloti tomonidan katta olqishlar bilan qarshi olindi va tashkilot tomonidan barcha kerakli yordam va tavsiyalar berilishi ta’kidlandi. Shuningdek, yigʻilishda PIRLS-2021 tadqiqotlarida ishtirok etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar, ya’ni ishtirok etish shartlari, tadqiqotlarni amalga oshirish bosqichlari, tadqiqotlarning samarali tashkil etishiga qaratilgan yoʻriqnomalar va boshqa koʻplab vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv soʻngida IEA rahbariyatining kengaytirilgan yigʻilishida O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash va rasmiy kelishuv imzolashga kelishib olindi.
Ma'lumki, oʻzgarishlar davrida ta'lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir boʻlgan yangi avlod shakllantiriladi.
Shuni inobatga olgan holda umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, 2017 yilning 16 iyun kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Uchtepa tumaniga tashrifi chogʻida maktab bilan kollejlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni mustahkamlash va tajriba sifatida 11 yillik umumiy oʻrta ta'limni tiklashga qaratilgan tashabbuslari keng jamoatchilik va ota-onalar tomonidan yuksak baholandi.
Shuningdek, Prezidentimiz tashabbuslari bilan 9-sinfni bitirgan oʻquvchilar, ota-onalar va oʻzlarining xohishlariga binoan, ongli ravishda kasb-hunar kolleji, akademik litsey yoki oʻzlari ta'lim olgan maktablarda majburiy ta'limni davom ettirishlari mumkin ekanligining belgilab qoʻyilishi yoshlarga har tomonlama qulayliklar yaratdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlariga erishilmoqda bu holat malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga boʻlgan talabning yanada oshib borishiga turtki boʻlmoqda.
Bunday talabning qondirilishi oʻz navbatida yoshlar oʻrtasida kitobxonlik va darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va oʻqituvchilarning har tomonlama ta'lim tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish ehtiyojini vujudga keltirmoqda.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari aynan mana shunday talablarning bugungi kun ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligini inobatga olgan holda aksariyat xorijiy davlatlarda ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ayrim ilgʻor tajribalarni oʻrganib chiqdi.
Xususan, dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O‘quvchilarni ta'limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni oʻqish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud boʻlib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qoʻllanilib kelinmokda.

STEM maktablari va dasturlari ushbu asosiy ta'lim sub'ektlariga birlashtirilgan tarzda yondashadi, shuning uchun har bir element elementlari boshqalarga qo'llaniladi. STEMga yo'naltirilgan o'quv dasturlari maktabgacha ta'lim muassasalaridan oliy o'quv yurtlari yoki mintaqalardagi resurslarga bog'liq bo'lgan kollej dasturlari orqali amalga oshiriladi. Keling, STEMni yaqindan ko'rib chiqamiz va qaysi STEM maktabi yoki dasturi bolangiz uchun to'g'ri tanlov ekanini aniqlash uchun ota-onalar bilishi kerak.



Download 3,13 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   251




Download 3,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PIRLS-2021: boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarning savodi xalqaro tashkilot tomonidan tekshirilishi

Download 3,13 Mb.