• Umar Zamaxshariy
  • «Qutadg'u bilig» ni nashrga tayyorlagan va tadqiq-tahlil etgan olimlar




    Download 3,13 Mb.
    bet162/251
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,13 Mb.
    #247935
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   251
    Bog'liq
    MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

    «Qutadg'u bilig» ni nashrga tayyorlagan va tadqiq-tahlil etgan olimlar

    Qayum Karimov



    1924 Namangan nusxssidan



    To`la nashri-15 yil davomida tayyorlangan


    Asarning bola-larbop varianti

    Mutalboyev S.M

    Mallayev N.M


    B.To`xliyev tomonidan yaratilgan





    Asarni tahlil qilganlar



    Yusuf Xos Hojibning didaktikasi Q.Karimov va Y.Jumaboyevlarning tomonidan har tomonlama tadqiq etilgan.

    3-8.chizma


    Qutadg’u bilig"ning tadqiqotchilaridan biri B.To’xliyev ta’kidlaganidek, YUsuf Xos Xojib "Komil inson haqida gapirar ekan, kamolotning kator belgilarini ko’rsatib o’tadi. Ularning eng asosiysi aloxida shaxsning o’z manfaatlari, shaxsiy istaklari doirasini yorib chikib, Boshkalar g’ami bilan yashashi, ko’pchilik manfaati uchun fidoyi bo’la bilishdir".Hozirgacha "Qutadg’u bilig" ning Xirot, Koxira, Namangan nusxalari ma’lum bo’lib, Venaga keltirilgan Xirot nusxasini Xerman Vamberi nashr qildi va tarjimasini berdi.1890 yilda V.V.Radlov Vena nusxasining Faksimilesini, 1891 yilda shu Faksimile asosidagi matnini nashr qildiradi.1896 yilda Koxira nusxasi topilgandan so’ng, undan ko’chirma olgach, V.Radlov har ikki nusxani qiyoslab 1910 yilda rus grafikasiga asoslangan to’liq transkripsiyasini nemis tiliga tarjimasi bilan nashr ettirdi. 1913 yilda esa uning uchinchi nusxasi Namanganda
    topilib, keyinchalik olimlar bu asarni tadqiq etishga kirishdilar.
    Demak, Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig" asasarini ilmiy jihatdan
    o’rganishga juda ko’p olimlar hissa qo’shgan. V.V.Radlov, X.Vamberi, S.E.Malovlar uni tarjima etib, nashr qilgan bo’lsalar V.V.Bartolbd, E.Berishrtels, I.V. Stebleva, O.A. Valitovalar Har tomonlama tadqiq etdilar. Asarning mukammal nashrini tayyorlashda hamda uni tadqiq etishda o’zbek olimlarining xizmati, ayniqsa diqqatga sazovor.
    Birinchi bo’lib professor Fitrat 1924 yilda Namangan nusxasini olib kutubxonaga keltiradi va u xaqda maqola e’lon qiladi. "Qutadg’u bilig"ning mukammal nashri o’zbek olimi K. Karimov tomonidan amalga oshirildi va tadqiq etildi. Uni tahlil etishda S.M.Mo’talliboyev, N.M. Mallayevlarning ham xizmati katta Yusuf Xos Xojib X asrning tashkil topgan Koraxoniylar xukmronligi davrida yashab ijod etdi. Koraxoniylar Sirdaryodan yettisuvgacha, Shimoli Fargona va butun Sharqiy Turkistonda hukmronligini o’rnatgandan so’ng Movarounnaxrning ichki xududlariga ham kirib borib, Qoshg’ardan tortib Kaspiygacha bo’lgan keng maydonda o’z davlatini tarkib toptirgan edi. Uning markazi Qoshg’ar (Urdukent) bo’lib, shimolda Bolasogun (Ko’zurdu), G’arbda Samarkand, markazidagi Uzgand yirik shaharlardan hisoblanardi. Har bir davlatda bo’lganidek Koraxoniylar davlatining ham idora qilish usuli, yurgizadigan siyosati, qonunlari, tarbiya tamoyillari ifodalangan komus nizomnoma zarur edi.
    Yuqorida eslatganimizdek, Yusuf Xos Xojibning asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo’lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o’rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o’ziga xos bir tarzda bayon etiladi.
    Mutafakkir kitobning an’anaviy boshlanmasidan keyinrok insonning xaqikiy baxti bilimda ekanligini bayon etadi. Yana ilm-zakovatning ahamiyati haqida kator boblarda ham fikr yuritishi bilan birga unga alohida boblar ham bag’ishlangan. Lekin olim faqat ilm-ma’rifatning ahamiyatini ko’rsatibgina qolmaydi, u bilim va zakovatning amaliyotdagi o’rnini ham yoritadi.Yusuf Xos Xojibning biz tahlil etgan mazkur asari insonni har tomonlama kamolga yetkazishning barcha masalalari o’zining badiiy ifodasini topgan yirik ta’limiy - ahloqiy dostondir. Olim insonni kamolga yetishi uchun quyidagilarni nazarda tutadi:
    1. Aqliy kamolot - bilim va zakovat, o’quvga ega bo’lish.
    2. Ahloqiy kamolot.
    3. Jismoniy kamolot.
    Yusuf Xos Xojib insonning, kamolga yetishining yo’l-yuriklari, usullari, chora-tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib beradi. uning uchun ham bu asar o’zining ilmiy , ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatini shu paytgacha saqlab kelmokda.
    Abulqosim Maxmud ibn Umar Zamaxshariy (1074-1144) Xorazmning Zamaxshar qishlog`ida tug`iladi. U yirik olim, adabiyotshunos, shoir va yozuvchidir. U Urganchda so`ngra Buxoroda o`qiydi. Bog`dod, Makka va ko`plab shaharlarda sayohatda bo`ladi. Uning asarlaridan "Al-Kashshof" (Oshkor qiluvchi), "Chechanlik poydevori", "Xadisdagi notanish so`zlarni o`zlashtiruvchi" (lug`at), "Tog`, manzil va suvlar", "Dori - darmon va tog`lar ismlari kitobi", "Adabiyot muqaddimasi", "Hikmatli so`zlar", "Ugit va nasihatlarning oltin munchoqlari", "Saxiy yoz" kabilardir Zamaxshariyning "Al Kashshof" kitobi hozirda ham arab mamlakatlari diniy dorilfununlarida muhim qo`llanma sifatida ishlatilmoqda. Uning "Atvoq uz - zaxab fi-l mavoi’z va-l-xutab" (Ugit va nasihatlarning olting munchoqlari) asari tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Unda tarbiyaviy xarakterdagi 100 ta maqola berilgan.


    Sharq Uyg’onish davrida pedagogic fikrlarning rivojlanishi. Sharq Uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji.IX-XII asrlar Sharq uyg’onish davri. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning birinchi yarmigacha Markaziy Osiyoda pedagogik fikrlar taraqqiyoti.

    Bu davr tarixi temuriylar hukmronligi davri tarixi bilan uzviy qo`shilib ketadi. Bu davrda ta’lim - tarbiya,madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo`shildi va ular hozirda ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda.


    XIV asrning 50 yillarida Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi. Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etdi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg`onish davrining 2-bosqichi deb ataladi.
    Temur Movorounnahrga boshqa o`lkalardan hunarmandlar, olimlar, san’atkor, muxandislarni olib keltirdi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxonalar, rasadxonalar qurildi. Tibbiyot, riyoziyot, falakkiyot, geografi, tarix, adabiyot, falsafa, tarbiyashunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi.
    Temurdan so`ng temuriylar davrida mamlakat Movorounnahr va Xuroson davlatlariga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Hirot madaniyati, ilm - fan markaziga aylandi.Shoxizinda, Guriamir, Bibixonim masjidi, Registon maydoni, qator bog`lar va boshqalar barpo etildi.
    Ulug`bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya fanlari rivojlandi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va diniy bilimlarga e’tibor berildi. Buxoro, Samaraqnd, Fijduvonda madrasalar qurildi.
    Bu davrda adabiyot sohasida Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi.
    Samarqandda Qozizoda Rumiy, Mansur Koshiy, Hirotda esa Navoiy, Jomiy, Behzod, tarixchi Xondamir, hattot Sulton Ali Mashhadiy va boshqalar ijodi gulladi.
    Ali Qushchi astronomiyaga oid "Risolai dar falakkiyot" asarini yozib, unda geometrik bilim asoslari, tibbiyot fanlari va boshqa sohalarga oid boshlang`ich bilimlarni bayon etdi.
    XV asrda tarix fani rivoj topdi, Hofizu Abru "Zubdan tavorix" (Tarixning qaymog`i) kitobi yozib, unda 1427 yilgacha voqealar bayon etildi. Abdurazzoq Samarqandiy buni davom ettirib, "Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo`shilish joyi" asarida 1471 yilgacha voqealarni bayon etdi. "Ravzatus safo" asrini yozgan Mirxond, "Xabibus siyar" asarini yozgan Xondamir asarlarining bir qismi sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag`ishlandi.
    Shu asarlarda qator ilm maskanlari: Shayboniyxon madrasasi, Abdurahim Sadr madrasasi, Mirarab madrasasi, masjidi Kalon va boshqalar qurildi.
    Xususiy maktablar yuzaga keldi, uyda muallim yollab o`qitish odat tusiga kirdi. Shahar, qishloq, ovullarda ochilgan maktablarda o`qitish 6 yoshdan boshlandi. Bolalar maktabda alifbe urganar, ayrim harflarni chizishni mashq qilar edilar. O`quvchilar maktablarda savod chiqargacha madrasaga kirib diniy va dunyoviy fanlardan bilim olardilar.

    Download 3,13 Mb.
    1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   251




    Download 3,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Qutadg'u bilig» ni nashrga tayyorlagan va tadqiq-tahlil etgan olimlar

    Download 3,13 Mb.