-Mavzu: Ya. A. Komenskiy, K. D. Ushinskiy va L. N. Tolstoylarning pedagogik merosi




Download 3,13 Mb.
bet173/251
Sana21.05.2024
Hajmi3,13 Mb.
#247935
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   251
Bog'liq
MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

16-Mavzu: Ya. A. Komenskiy, K. D. Ushinskiy va L. N. Tolstoylarning pedagogik merosi.
11-Mavzu: Eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi. XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrda jahon pedagogika fanining rivoji. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta`lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
REJA

  1. Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim davlatlarida maktab va tarbiya.

  2. XII asrda rus pedagog-olimlarining pedagogik g’oyalari. G’arbiy Yevropada maktab va pedagogik fikrlar. Iogann Genrix Pestalotsiy, Adolf Disterverg va Ya.A.Komenskiyning pedagogik nazariyasi.

  3. XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, Rossiyada reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo’nalishlari. L.N.Tolstoy, K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida

  4. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi. Ta’lim modellari. Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari.

Tarixiy taraqqiyotning keyingi davrlariga kelib, ibtidoiy jamoa tuzumi o‘rnini yangi ijtimoiy formatsiya quldorlik tuzumi egalladi. Qadimiy SHarqda birinchi sinfiy jamiyatlar paydo bo‘ldi hamda moddiy va ma’naviy madaniyatga asos solindi. Ayniqsa, qadimgi YUnoniston va Rim xalqlari bu madaniyatni rivojlantirishda o‘zlarini katta hissasini qo‘shdilar.
Darhaqiqat, tarixiy taraqqiyot davomida turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha yondashdilar va rivojlantirdilar. Masalan, Xitoyda qog‘oz ixtiro qilindi, Hindistonda hisoblashning o‘nlik tizimi kashf etildi, Mesopotamiyada esa er kurrasini graduslarga, sutkani soatlar, minutlar va daqiqalarga bo‘lish o‘ylab topildi.
Eramiz boshlanishidan oldin O‘rta Osiyoning janubiy chekkasiga yaqin bo‘lgan joyda O‘rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo‘li qurildi. So‘ngra O‘rta Osiyo orqali Xitoydan O‘rta dengizga tomon “Buyuk ipak yo‘li” ochildi. Natijada O‘rta Osiyo xalqaro savdo-sotiq markaziga aylandi. Bu esa o‘z navbatida O‘rta Osiyo vohalarida madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etdi, yozuvning tarqalishiga yordam berdi.
Ayniqsa, qadimgi YUnonistonda madaniyat, maktab va dastlabki pedagogik fikrlar boshqa mamlakatlarga nisbatan juda erta rivojlandi.
YUnoniston uncha katta bo‘lmagan bir qancha quldorlik davlatlaridan tashkil topgan. Uning mo‘‘tabar shaharlari Lakoniya (bosh shahri Sparta) va Attika (bosh shahri Afina)dir. Bularning har qaysisida tarbiyaning alohida tizimlari vujudga kelib, Sparta usulidagi tarbiya va Afina usulidagi tarbiya deb ataladigan bo‘ldi. Ammo ikkala davlatda ham quldorlik tuzumi hukmron edi.
YUnonistonda qullarni “gapiradigan ish quroli” deb hisoblar edilar. Qullar oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum edilar.

Download 3,13 Mb.
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   251




Download 3,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Ya. A. Komenskiy, K. D. Ushinskiy va L. N. Tolstoylarning pedagogik merosi

Download 3,13 Mb.