• Axrorova Munojat, Ilmiy rahbar: JDPI Musiqa madaniyati fakulteti Musiqa talimi kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Iogann sebastyan bax yaratgan asarlari




    Download 228,01 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana25.01.2024
    Hajmi228,01 Kb.
    #145638
    Bog'liq
    5472-Текст статьи-13520-1-10-20220325



    IOGANN SEBASTYAN BAX YARATGAN ASARLARI
    YOSHLAR ONGIGA TA’SIRI

     
    Abdurasulova Mavluda Sariboy qizi,
    JDPI “Musiqa madaniyati fakulteti
    Musiqa ta’limi yo‘nalishi 303-guruh talabasi 
    Axrorova Munojat,
    Ilmiy rahbar: JDPI Musiqa madaniyati fakulteti
    Musiqa talimi kafedrasi o‘qituvchisi
    Annotatsiya:
    Mazkur maqolada buyuk kompozitor I.S.Bax yaratgan 
    asarlari yoshlar ongiga qanday ta’sir ko‘rsayotganligi hamda, musiqa va 
    san’atining kamolotimizdagi o‘rni, kompozitor I.S.Baxning yaratgan asarlari 
    haqida so‘z yuritilgan. 
    Kalit so‘zlar:
    Kompozitorlik, ta’lim tarbiya, kuy, musiqa, organ, 
    prelyudiya, fantaziya, tokkata, fuga, kontata, oratoriya, messa, motet. 
    Buyuk kompozitor va organchi Iogann Sebastyan Bax tarix sahifalarida 
    go‘yo bronzadan quyilgan barhayot va ulug‘vor timsol sifatida ko‘z oldimizda 
    gavdalanadi. Kompozitor ijodi asrlar davomida insoniyat tomonidan turlicha qabul 
    qilingan. Baxning ijodiga bo‘lgan qiziqish bizning asrimizning ikkinchi yarmida 
    ancha kuchaydi. Jahon musiqa san’atida o‘chmas iz qoldirgan daho kompozitorlar 
    qatorida Iogann Sebastyan Bax nomi alohida o‘rib egallaydi. Yoshlar ongida 
    kompozitorning ijodiy bisoti nihoyatda ulkan bo‘lib, mingdan ortiq turli janrlarga 
    mansub asarlarni yaratganligi hamda, kompozitorning tarixdagi ilohiy go‘zallik 
    timsoli ekanligi, ijodiy yo‘lining davomiyligi barcha-barchasi yoshlar ongida 
    yaxshi ta’sir ko‘rsatgan.
    Buyuk nemis kompozitori mashxur organ ijrochisi ekanligi uning merosi 
    san’atning barcha sohasiga yozgan asarlari hali hanuzgacha ko‘klarda parvoz qilib 
    tillarda doston bo‘ladi. Bugun biz har bir avlod Bax musiqasida o‘z vaqtida mos 
    ravishda yangi narsalarni kashf etgannini ko‘ramiz. Baxning eng yaxshi asarlarini 


    tinglaymiz va ijro etamiz. Iogann Sebastyan Bax musiqa asarlar yozadi lekin uning 
    shuhrati birinchi navbatda vertuoz ijrochisi sifatida tarqalgan. Bax klaviaturaning 
    ashaddiy muxlisi edi, ammo bastakor sifatida uning iste’dodini to‘liq ochib 
    berishga imkon bergan organ cholg‘usi edi. Bax uni mukammal darajada 
    o‘zlashtirdi uning mahorati beqiyos. Bu haqiqatni uning raqiblari ham tan olishgan.
    Iogann Sebastyan Bax organ musiqasi, uyg‘onish davrining xor polifonik 
    san’ati italyan va nemis skripka maktablarining bilimdoni va har taraflama 
    mukammal inson bo‘lgan. Bax hayoti bir tekis ketmagan og‘ir hayoti davomida 
    qiyinchilikka bardosh berib o‘zining xarakteri aqliy tamoyillarini mustahkamlab 
    qattiy hayotiy qarshiliklarga uchragan. Ba’zan tadqiqotchilar uni buyuk shaxs 
    sifatida gavdalab, dunyo tashvishlaridan yuqori turgan ulug‘ bir timsol sifatida 
    qayd etadilar. Biz yoshlar bunday buyuk kompozitor hayotiy kechinmalar yo‘lida 
    bo‘lgan mashaqqati uning oltinga teng asarlarida biz o‘zimizga xulosa tariqasida 
    juda ham mukammal kechinmalarini olamiz.
    Iogann Sebastyan Bax asarlariga to‘xtaladigan bo‘lsak hozirda AQShning 
    YeL universiteti qoshidagi musiqiy maktab kutubxonasida o‘z qo‘li bilan yozgan 
    nota kitoblarining qo‘l yozmasi saqlanmoqda. Uning pergament muqovasida 
    Baxning dasxati bitilgan bo‘lib “Vilgelm Frideman” Baxning klavir kitobchasi deb 
    yozilgan. Shuni aytish lozimki “Vilgelm Frideman”kompozitorning eng iste’dodli 
    zurriyotlaridan biri bo‘lgan bu kitobcha klavirda chalish bo‘yicha o‘z farzandi 
    uchun mashq qilishga mo‘ljallangan katta maktab bo‘lib, avlod musiqachilari 
    ko‘plab ustoz va shogirtlari uchun qimmatli manbaga aylangan Iogann Sebastyan 
    Baxning organ, orkestr, ansanbl, skripka, klavesen uchun yozgan asarlari xozirda 
    juda ommalashgan yosh musiqachilar tomonidan ijro etiladi.
    Bax ijodida organ muhim o‘rin tutadi. U organning yangi imkoniyatlarini 
    ochib berdi, organ prelyudiyasi, fantaziya, tokkata kabi janrlarni fuga bilan
    birlashtirdi. Organ uchun yozilgan “prelyudiya va fuga c-moll”, “Fantaziya C-
    dur”, “Tokkata va fuga”, “Passakaliya” va boshqa asarlari jahon musiqasi 
    xazinasidan o‘rin olgan. Bax birinchi bo‘lib klavir uchun konsert asarlarini
    yaratib, yangi uslub kashf etadi. (Syuitalar, “Xromatik fantaziya va fuga“, 


    “Italyancha konsert”). Klavir musiqasi sohasida yangi “teng tovushqatorli”
    tizimning afzalliklarini “Yaxshi temperatsiyalangan klavir” to‘plami misolida 
    namoyish qildi. Vokal dramatik musiqa janrlarida Baxning 300 ga yaqin diniy
    kontata, xoral va oratoriyalari (“Iogann bo‘yicha ehtiroslar”, “Matvey bo‘yicha
    ehtiroslar”, “h-moll katta messasi”, “Magnifikat” ) alohida o‘rin tutadi. I.S.Bax 
    nafaqat organ uchun balki klavir va klavesin uchun ham asarlarni yaratadi, 
    Masalan, c-molldagi “Fransuzcha syuita”. Syuita 4 qismdan iborat. Allemanda, 
    Kuranta, Sarabanda, Jiga. Bularning mavzulari mazmunida insoniylik, hayotdan 
    zavqlanish, yuksak go‘zallikka intilish, shod-u xurramlik bilan dard-alam 
    hissiyotlari o‘z aksini topgan.
    Yana shuni alohida takidlab o‘tish kerakki, bir kitobda Bax haqida kichkina 
    chaqaloq ham uning kuylarini baholay olishi haqida “3 oylik chaqaloq ham Baxni 
    baholay oladi ” sarlovhasi ostidagi bo‘lgan voqeani o‘qib qoldim. Unda shunday 
    deb yozilgan edi: “Sony” firmasining “Adzuki zavodi”da er-xotin ishchilarning 
    ikki uch yoshli farzandlari uchun onalari iltimosiga ko‘ra bolalar bog‘chasi 
    tashkil etilgan edi. U yerda bolalar qanday musiqani yoqtirishini aniqlash uchun 
    tadqiqot o‘tqazildi. Kuzatishlar kutilmagan natijani berdi. Ikki-uch yashar bola 
    uchun eng hayajonli musiqa Betxovenning “Beshinchi sonatasi” bo‘ldi. 
    Kichkintoylar mumtoz musiqani eng qiziq deb topdilar, biz esa ulardan bu 
    musiqani ma’lum bir uzoqlikda saqlaymiz. Mumtoz musiqa havaskorlari bo‘lgan 
    yosh ota-ona o‘zlarining yangi tug‘ilgan chaqalog‘iga Baxning “Ikkinchi 
    syuita”sini har kuni bir necha soatdan tinglatib borishgan. Uch oydan so‘ng u 
    musiqa ohangiga mos ravishda harakat qilishni boshlagan. Musiqa tezlashganda 
    uning harakatlari qisqaroq va jadalroq bo‘lar ekan. Musiqa tugaganida esa u 
    norozilik bildirar ekan. Ko‘pincha bolaning jahli chiqsa yoki yig‘lasa ota-ona shu 
    musiqani qo‘yib berishar va u darhol tinchlangan. Jaz musiqasini qo‘yib 
    berishganida bola yig‘lab yuborgan ekan. Bu voqeani eshitib uch oylik bola ham 
    Bax musiqasiga tushunishini bilish bilan birga go‘daklarning ajoyib musiqaviy 
    hissiyoti, musiqaga qiziqishi borligiga amin bo‘ldim.


    Bax ijodini o‘rganar ekanmiz shuni guvohi bo‘lishimiz mumkinki, 
    ko‘pgina yoshlar ham mana shunday mumtoz g‘arb musiqalarini shunchaki 
    tinglamasdan balki uni mazmun mohiyatini tushunib tinglasagina o‘zi hamda yon 
    atrofdagilariga juda ham foydali bo‘lar edi.

    Download 228,01 Kb.




    Download 228,01 Kb.
    Pdf ko'rish