SHahar maktablarining vujudga kelishi




Download 3,13 Mb.
bet178/251
Sana21.05.2024
Hajmi3,13 Mb.
#247935
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   251
Bog'liq
MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

SHahar maktablarining vujudga kelishi. G‘arbiy Evropada XII—XIII asrlarda hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi shaharlarning o‘sishiga va shahar madaniyatining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. SHaharning asosiy aholisini tashkil qiluvchi hunarmand va savdogarlar o‘z bolalariga amaliy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim berishni istar edilar. Ular o‘sha davrlarda cherkov maktablaridan qanoatlanmadilar. Hunarmandlar sexlarga uyushib, o‘zlarining sex maktablarini ocha boshladilar, bunday maktablarda hunarmandlarning bolalariga o‘z ona tillarida o‘qish va yozish, hisob va din o‘rgatilar edi: hunar esa uyda — otalarining ustaxonasida o‘rgatilar edi. Gildiyalarga uyushgan savdogarlar ham o‘zlarining gildiya maktablarini ocha boshladilar va o‘z bolalariga dastur asosida bilim bera boshladilar. Keyinroq borib sex va gildiya maktablari magistrat maktablariga, ya’ni shahar boshqarmasi (magistrat) harajatidagi maktablarga aylandi.
Bu maktablarning mudir va o‘qituvchilari tegishli sex, gildiya va magistratura tomonidan tayinlanardilar va ular cherkovga qaram emas edilar. Bu maktablarda pul to‘lab o‘qilardi.
CHerkovga qarashli diniy maktablarga nisbatan, bu maktablarda diniy rasmlar bilan bir qatorda amaliy ish uchun zarur bo‘lgan xat, savod va hisob malakalarini egallashga ko‘proq e’tibor berilardi. Ba’zi maktablarda esa grammatika, ritorika va geometriya o‘qitilar edi.
Bir talay sex, gildiya va magistrat maktablarida o‘qish lotin tilidan ona tiliga ko‘chirildi va lotin tili esa ayrim o‘quv fani bo‘lib qoldi.
Mazkur maktablar bilan bir qatorda xususiy maktablar ochila boshladi. Xususiy maktablarda o‘qish ona tilida olib borilar edi va o‘qish uchun pul to‘lanar edi.
Sex, gildiya va magistrat maktablarining vujudga kelishi, G‘arbiy Evropa mamlakatlaridagi maktab ishining taraqqiyotida katta yutuq edi. Hayot talablariga javob beradigan shahar maktablari asta-sekin rivojlanib bordi. XV asrga kelib bunday maktablar G‘arbiy Evropa mamlakatlarining deyarli hamma yirik shaharlarida mavjud edi.

Download 3,13 Mb.
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   251




Download 3,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SHahar maktablarining vujudga kelishi

Download 3,13 Mb.