• Pedagogik texnika
  • Shaxs va jamoaga ta’sir ko’rsata bilish texnikasi
  • Pedagogik maqsadga qaratilganlik va pedagogning tashqi qiyofasi.
  • -Mavzu:Pedagogik takt, pedagogik etika, pedagogik texnika




    Download 3,13 Mb.
    bet212/251
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,13 Mb.
    #247935
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   251
    Bog'liq
    MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

    19-Mavzu:Pedagogik takt, pedagogik etika, pedagogik texnika
    REJA:



    1. Pedagogik takt

    2. Pedagogik etika




    1. Pedagogik texnika



    Pedagogik texnika - o’qituvchi faoliyatining botiniy mazmunini hamda zohiriy ifodasining garmonik birligidan iboratdir. Pedagog mahoratining ma’naviy madaniyati hamda pedagogik jihatdan maqsadga muvogiq bo’lgan zohiriy ifodasi sintezidan iboratdir. (N.N.Tarasovich)
    Shunday qilib texnika - usullar majmuasidir. Uning vositalari esa - nutq va muloqot vositalaridir. “Pedagogik texnika” tushunchasi o’z ichiga 2 guruh tarkibiy elementlarni oladi:
    1. O’qituvchining odob-axloqiy ko’nikmalari bilan bog’liq bo’lgan elementar: o’z jismini (mimika, pantomimika) boshqara bilish; his-tuyg’u, hayajon, ta’bini boshqara bilish (ortiqcha ruhiy zo’riqishlardan osonlik bilan xalos bo’la olish, ijobiy muhitni to’g’richa bilish): diqqat qila bilish, kuzatuvchanlik, tasavvurning kengligi; nutq texnikasi (nafas, ovozni boshqarish, diksiya, nutq tezliqi (tempi)).
    2. Shaxs va jamoaga ta’sir ko’rsata bilish texnikasi ta’lim-tarbiyaning texnalogik tomoni bilan bog’liq bo’lib, bularda: didaktik, tashkiliy, ijodiylik, muomala ko’nikmalari; talab qila bilish, pedagogik muloqotni boshqara bilish, jamoatchilik ijodiy faoliyatini tashkil eta bilish va boshqalar kiradi.
    Quyida biz pedagogik texnikaning, pedagogning odob-axloqi bilan bog’liq bo’lgan jihatlarini qarab chiqamiz.
    Pedagogik maqsadga qaratilganlik va pedagogning tashqi qiyofasi. Tarbiyachining tashqi qiyofasi estetik jihatdan ko’rimli bo’lishi lozim. O’qituvchi juda ham bashang va juda ham pala-partish kiyinmasligi lozim.
    Uning tashqi qiyofasi kiyim-kechaklari – tarbiyachi shaxsini shakllantirish vazifasini hal etishga bo’ysindirilgan bo’lishi lozim. Zamonaviy kiyinish normalaridan keyinda qolmagan holda u o’rtacha me’yorga amal qilgani tuzuk. Tarbiyachining estetik did bilan kiyinishi, uning o’zini erkin tuta bilishi, nutqi, mimik va pantomimik harakatlariga mos bo’lishi lozim. Chunki uning har bir harakati: auditoriyaga qay tahdidda kirishi, stulda qanday o’tirishi, yurish-turishi – barchasi tarbiyalanuvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatadi. U o’zini xotirjam, jiddiy, o’rni kelganda esa bolalarning yoshiga mos ravishda xushchaqchaq tuta bilsa, tarbiyalanuvchilarga ta’siri talab darajasida bo’ladi.

    Download 3,13 Mb.
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   251




    Download 3,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu:Pedagogik takt, pedagogik etika, pedagogik texnika

    Download 3,13 Mb.