• I. Bevosita oldindan mo’jallab ta’sir etish
  • Ta’qiqlovchi shaklda
  • II. Bilvosita ta’sir ko’rsatisn
  • Ta’sir ko’rsatish turlari




    Download 3,13 Mb.
    bet211/251
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,13 Mb.
    #247935
    1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   251
    Bog'liq
    MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

    Ta’sir ko’rsatish turlari
    Ta’sir ko’rsatish ko’pincha quyidagi asosga ko’ra klassifikasiya qilinadi, ular 5 ta turda olib boriladi:
    1. Harakat manbaiga asoslanib ta’sir ko’rsatish:
    a) boshqa kishi orqali ta’sir ko’rsatish;
    b) o’ziga-o’zi ta’sir qilish - ta’sir etish obyekti bilan subyekti mos tushadi.
    2. Subektning holatiga asoslanib ta’sir ko’rsatish:
    a) uyg’oq holda ta’sir ko’rsatish;
    b) uxlagan holda ta’sir ko’rsatish;
    c) gipoteza holida ta’sir ko’rsatish (faraziy, taxminiy).
    3.Ta’sir ko’rsatuvchining bor yoki yo’qligi, ta’sir ko’rsatish maqsadiga qarab, ongli ravishda, zo’r berish orqali amalga oshiriladi:
    a) oldindan mo’ljallab ta’sir ko’rsatish;
    b) mo’ljallamaSdan ta’sir ko’rsatish. Mo’ljallangan ta’sir ko’rsatishda o’qituvchi oldiga qo’yilgan maqsad asosida ruhiy ta’sir ko’rsatishni ongli tashkil etib, o’z oldiga qo’ygan natijaga erishadi. Masalan, o’qituvchi yaxshi o’qigan o’quvchining o’qishdagi ijobiy tomonlarini o’quvchilar oldida maqtaydi va unga kuchli ta’sir etadi. Mo’ljallanmaganda ta’sir ko’rsatuvchi o’z oldiga maqsad qo’ymaydi. Ba’zan o’qituvchi o’zi tushunib yetmay, odatdagidan murakkab bog’lanishda bir o’quvchiga murojaat qilib unga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, sen hamma vaqt shundaysan. Senga biror ishni topshirsam, baribir sen uni uddalay olmaysan, kabi.
    c) o’ziga-o’zi ta’sir etish ham mo’ljallangan va mo’ljallanmagan. Inson ongli ravishda o’zidagi salbiy sifatlarni yo’qotishga intiladi. Mo’ljallanmaganda esa ongsiz, erkin, o’z xohishicha amalga oshiradi.
    4. Ta’sir etish natijasiga qarab ikkiga bo’linadi:
    a) ijobiy; b) salbiy. Ijobiy ta’sirda ijobiy ruhiy sifatlar shakllanadi (odat, qiziqishlar, munosabatlar). Salbiy ta’sir ko’rsatishda salbiy sifatlar shakllanadi. Masalan, tahqirlash, ma’naviyasizlik va h.k.
    5. Ta’sir etish mazmuniga qarab farqlanadi:
    a) ochiqchasiga ta’sir ko’rsatish. Ta’sir ko’rsatishni to’g’ridan-to’g’ri, ochiqchasiga ta’sirlanuvchi biror aniq harakatga da’vat etadi. Masalsn, bundan keyin hyech qachon chekmaysan;
    b) yashirin holda ta’sir ko’rsatish. Ta’sir ko’rsatishda maqsad yashirinadi, to’g’ri aytilmaydi, u yoki bu mo’ljal qilingan ta’sir harakat orqali amalga oshiriladi.
    Pedagogik ta’sir ko’rsatishning shakllari
    Maktabda pedagogik ta’sir etishning tubandagi shakllari qo’llaniladi.
    I. Bevosita oldindan mo’jallab ta’sir etish (bu to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etish deyiladi) qaysiki komanda, buyruq va murabbiy ta’sir etish qo’llaniladi.
    Buyruq va komanda o’quv-tarbiyaviy jarayonda tubandagi turlarda qollaniladi:
    1. Ogohlantiruvchi yoki yo’naltiruvchi shaklda. Bunda vazifa qisqa vaqtda bajarishga da’vat qilinadi. Masalan, Diqqat! Tayyorlaning!
    2. Bajaruvchi shaklda. Masalan, to’g’irlaning! Smirno! Stop!
    3. Ta’qiqlovchi shaklda. Masalan, To’xta! Tugat! Bas!
    4. Namuna asosida bajariladi. Masalan, men shunday bajarsam, sen han shunday bajar. Validek bajar. Murabbiy ta’sir ko’rsatish shakli. Masalan, “Sen yaxshi o’qiy olishing mumkin. Bugun sen uch soat dars tayyorlaysan” kabi.
    II. Bilvosita ta’sir ko’rsatisn o’quvchiga ta’sir ko’rsatishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bilvosita ta’sir ko’rsatishning tubandagi shakllari mavjud shama shaklida (o’qituvchiga jamoat isnlaridagi faolligi uchun uni qo’llab-quvvatlaydi”. “Mabodo, sen charchamadingmi?” ta’sir ko’rsatishning bilvosita ma’qullashi).
    Ta’sir ko’rsatishning pedagogik ta’sir texnikasi
    Ta’sirning samarasi, ta’sir ko’rsatuvchining ovoz tuzilishi, qarashlari (aft-bashara holati), harakatlarning uzviyligiga bog’liq murabbiyning ta’sir ko’rsatuvchiga ko’rsatgan ta’siri qaysini so’z bilan ta’sir ko’rsatish mazmuni uning intonasiyasini, imo-ishorani, yuz, aft harakatlarini qo’llab-quvvatlaganda kuchli bo’ladi. Bular mazmunga zid bo’lmasligi kerar.
    To’g’ri aloqa uslubini shakllantirishda o’zini tuta bilish, o’zini bilish, haqqoniy bo’lish boshqalar tarbiyasiga ijodiy yondashish, pedagogik texnikani rivojlantirish, hazilni sezish singari sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda albatta o’qituvchi doimo o’z o’quvchilarini xizmat qilishi va ular shaxsini himoya qilishi shart.
    Ustoz - pedagoglar erishgan muvaffaqiyatlarning sirini bilishga harakat qilar ekanmiz, biz ularning pedagogik ta’sir usullaridan ustalik bilan foydalangan holda turli-tuman amaliy ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni ustalik bilan hal etishlariga guvoh bo’lamiz. Bunda muhim rolni maxsus ko’nikmalar egallaydi: o’quvchilarni ijrimoiy foydali o’quv faoliyatiga safarbar eta bilish, muammo qo’ya bilish, jamoa va alohida shaxs bilan til topish, kuzata bilish, o’z kechinmalarini boshqacha bilish: ovoz, nutq, mimika, harakatlarini erkin boshqara bilish va h.k.

    Download 3,13 Mb.
    1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   251




    Download 3,13 Mb.