-Mavu: O’qituvchining nutq va muloqot madaniyati




Download 3,13 Mb.
bet215/251
Sana21.05.2024
Hajmi3,13 Mb.
#247935
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   251
Bog'liq
MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

20-Mavu: O’qituvchining nutq va muloqot madaniyati


REJA:

O’qituvchi nutqi - pedagogik mahorat ko’zgusi sifatida


Nutqni boshqarishning ilmiy asoslari


Olimlarning hisoblashlariga ko’ra o’quv uchun ajratilgan vaqtning taxminan 1/4 - 1/2 qismi o’quvchilarning o’qituvchi nutqini eshitishlari va tushunishlari uchun sarflanadi. Demak, o’quv materialining o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishi o’qituvchi nutqining kamoloti va yorqinligiga bog’liq ekan.


Haqiqatan ham, A.Avloniy ta’kidlaganidek “So’z insonning daraja va kamoli, ilm va fazlni ulug’lab ko’rsatadurg’on tarozisidir. Aql sohiblari kishilarning fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so’zlagan so’zidan bilur”. Ayniqsa, o’quvchilar o’qituvchi talaffuzi, nutq texnikasiga katta e’tibor beradilar. Duduq, kirish, tovushga taqlid kabi so’zlarning, masalan “aytaylik”, “xo’sh”, “anaqa”, “o’tga-bo’tga”, “demak” kabi so’zlarning o’rinsiz ravishda ko’p takrorlanishi o’quvchilarning ensasini qotiradi. Bunday hol faqat o’rta maktab o’qituvchilari va o’quvchilari orasidagina emas, balki oliy o’quv yurti professor-o’qituvchilari orasida ham uchrashi achinarli holdir. Masalan, sobiq ittifoq davridagi SamDUning bir o’qituvchisi (muayan sabablarga ko’ra u kishining ismini aytmadik) bir juft ma’ruza davomida 82 marta hyech bekorga “xo’sh” va 172 marta “demak”so’zini ishlatgan. Bunday hol o’quvchi va talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarni so’ndiradi.
Kishining ovozi, tabiati o’zgarmas degan fikrlarga qo’shilib bo’lmaydi. Hozirgi zamon fiziologiya faninig dalolat berishicha ovoz sifatini mutlaqo o’zgartirish mumkin. Bu tarixiy faktlar bilan ham isbotlangan. Masalan, buyuk notiq Demosfen o’z duduqligini mashq qilish tufayli yengib Qadimgi Rimning buyuk notig’iga aylangan.
Hozirgi kunda nutq texnikasiga doir mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim teatr pedagogikasi tajribalariga tayanadi hamda nutq paytida to’g’ri nafas olish, tanaffus va diksiyani so’zlash kabi ko’nikmalar o’quv-metodik majmuasidan tashkil topgandir. Mazkur tizimni o’zlashtirgan istalgan o’qituvchi o’z nutqi orqali o’quvchilarda o’zi istagan bilim, ko’nikma va malakalarni singdira oladi, tarbiyalay oladi.

Download 3,13 Mb.
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   251




Download 3,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavu: O’qituvchining nutq va muloqot madaniyati

Download 3,13 Mb.