• 53-modda. Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
  • 54-modda. Etim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti
  • -BOB. TA’LIM-TARBIYA JARAYONI ISHTIROKCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH




    Download 3,13 Mb.
    bet31/251
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,13 Mb.
    #247935
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   251
    Bog'liq
    MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

    7-BOB. TA’LIM-TARBIYA JARAYONI ISHTIROKCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH
    52-modda. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish
    Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilar qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar, stipendiyalar va vaqtincha yashash joylari bilan ta’minlanadi.
    To‘lov-shartnoma asosida ta’lim oluvchilarga imtiyozli bank kreditlari berilishi mumkin.
    Nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilishni qonun hujjatlariga, o‘z ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatiga muvofiq amalga oshiradi.
    Davlat ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida kam ta’minlangan oilalardagi bolalar, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun, shuningdek mazkur toifadagi ta’lim oluvchilarning kasbiy o‘sishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.


    53-modda. Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
    Ta’lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan kafolatlanadi.
    Ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi belgilanadi, haq to‘lanadigan har yilgi uzaytirilgan ta’til va boshqa imtiyozlar va kafolatlar taqdim etiladi.
    Ta’lim tashkilotlarining pedagog va boshqa xodimlariga sanitariya-gigienaga oid, epidemiyaga qarshi hamda profilaktika choralari bilan amalga oshiriladigan sog‘liqni saqlash kafolatlanadi.
    Ta’lim tashkilotlari mehnatga haq to‘lash uchun mavjud bo‘lgan mablag‘lar doirasida mustaqil ravishda ish haqiga, lavozim maoshlariga tabaqalashtirilgan ustamalar belgilashga va mehnatga haq to‘lash hamda uni rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqli.


    54-modda. Etim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti
    Etim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.



    Download 3,13 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   251




    Download 3,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -BOB. TA’LIM-TARBIYA JARAYONI ISHTIROKCHILARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH

    Download 3,13 Mb.