• 71-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
  • -modda. Xorijda ta’lim olish




    Download 3,13 Mb.
    bet37/251
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,13 Mb.
    #247935
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   251
    Bog'liq
    MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

    69-modda. Xorijda ta’lim olish
    O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yoki yakka tartibda xorijda ta’lim olish huquqiga ega.


    11-BOB. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
    70-modda. Nizolarni hal etish
    Ta’lim sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


    71-modda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
    Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.


    72-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
    Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:

    1. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi 463-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 11-12, 295-modda);

    2. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi 464-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 225-modda);

    3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi 465-I-sonli «O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni kuchga kirish tartibi to‘g‘risida»gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 226-modda);

    4. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 9 aprelda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-87-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 160-modda) 1-moddasi;

    5. O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 7 oktyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi O‘RQ-355-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 10, 263-modda) 15 va 16-moddalari;

    6. O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 3 yanvarda qabul qilingan «Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-456-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 1, 1-modda) 14 va 15-moddalari;

    7. O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-476-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 4, 224-modda) 26-moddasi.




    Download 3,13 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   251




    Download 3,13 Mb.