• YOzma tekshirish
  • Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish.
  • Uy vazifalarini tekshirish
  • Reyting deganda
  • Pedagogika kafedrasi




    Download 3,13 Mb.
    bet69/251
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,13 Mb.
    #247935
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   251
    Bog'liq
    MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

    Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
    Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob berishga undaydi. Ana shu tarzda ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi. Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin.
    YOzma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ular-ning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan so‘ng oz vaqtning ichida barcha o‘quvchilarni tekshirishi mumkin. YOzma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant va b. yordamida olib boriladi. Ammo o‘qituvi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning yo‘qligi sababli uning fikrlashini kuzatish imkoni bo‘lmaydi.
    Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik sikldagi fanlardan o‘quvchilarning o‘zlashtirishini xisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o‘quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish malakasi aniqlanadi.
    Uy vazifalarini tekshirish. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv ishiga bo‘lgan munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi.
    Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati o‘quvchining ma’lum bir fandan reytingini aniqlaydi.

    Download 3,13 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   251




    Download 3,13 Mb.