• 5»baho qo‘yiladi, agar
  • O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari




    Download 3,13 Mb.
    bet72/251
    Sana21.05.2024
    Hajmi3,13 Mb.
    #247935
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   251
    Bog'liq
    MAJMUA UMUMIY PEDAGOGIKA 2023

    O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. CHunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. SHuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o‘quvchilarning og‘zaki javob berishlari, ko‘nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya darsidan baholash mezonlariga o‘quvchilarning og‘zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi. Buni «4» baho misolida aniqlashtiramiz. Og‘zaki javob berishda «4» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan to‘g‘ri javoblar bersa; b) material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon etilsa; v)o‘qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan xatolarga yoki ba’zi to‘liq bo‘lmagan javoblarga yo‘l qo‘ysa.
    Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo‘yiladi, agar: a)masalani echishda va izohlashda muhim xato bo‘lmasa; b)topshiriqni bajarish va izohlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan bir-ikki xatoga yo‘l qo‘yilsa yoki bitta izohning mohiyati ochib berilmagan bo‘lsa.
    Amaliy bilimlarni namoyish etishda «4» baho qo‘yiladi, agar: a)ishni to‘liq, muhim xatolarsiz bajarsa, natija chiqara olsa; b)ishni bajarishda, tajribani tugallashda ikki-uch muhim bo‘lmagan xatolarga yo‘l qo‘ysa.
    Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin:
    5»baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi dasturdagi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda erkin qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa.

    Download 3,13 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   251




    Download 3,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari

    Download 3,13 Mb.