|
II-BO‘LIM. IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI TARBIYALASH VA RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
|
bet | 16/34 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 191,92 Kb. | | #147119 |
Bog'liq B. Siddiqov S. Abdullayev sh. Mexmonaliyev-fayllar.orgII-BO‘LIM. IQTIDORLI O‘QUVCHILARNI TARBIYALASH VA RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
2.1. Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish metodlari
Hozirgi kunda zamonaviy o‘qitish metodlari orqali iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishda axborot texnologiyalari yordamida o‘qitishni tashkil etish, ta’lim berishning yangi uslublaridan foydalanish nihoyatda dolzarb masalaga aylandi. Iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishda quyidagi metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: kuzatish, taqqoslash, taxmin qilish, fantaziya, didaktik o‘yinlar, topshiriqlar, juftlikda ishlash, musobaqa, viktorina, nostandart ijodiy topshiriqlar va boshqalar.
Bu metodlardan foydalanish iqtidorli bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga asos bo‘ladi. Metodlardan foydalanisda har bir bolaga individual yondashuvni taqoza etadi. O‘quvchilarni kuzatish, taqqoslash, taxmin qilish orqali ularning shaxsiy ijodkorligini aniqlash mumkin. Shaxsiy ijodkorlik - bu keng tushuncha. Bu bolaning o‘qituvchining topshirig'ini o‘z uslubida, bajarishi, o‘z tasavvurini, tezligini, asbob va materiallardan foydalanish qobiliyatini namoyon etish qobiliyatini o‘z ichiga oladi
Ma’lumki-Interfaol (interaktiv) tushunchasi inglizcha -interast so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, -inter – o‘zaro, -act – ish ko‘rmoq, ishlamoq ma’nolarini anglatadi. Interfaol o‘qitish, avvalo, muloqotli o‘qitish bo‘lib, jarayonning borishida o‘qituvchi va o‘quvchi orasida o‘zaro ta’sir amalga oshiriladi. Interfaol o‘qitishning mohiyati o‘quv jarayonini shunday tashkil etishki, unda barcha o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin va hamkorlikda fikrlash, tahlil qilish va birgalikda natijaviy fikrni hosil qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Darslardagi interfaol faoliyat o‘zaro tushunishni, hamkorlikda faoliyat yuritishni, mustaqil fikr yuritishni, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli masalalarni birgalikda yechishga olib keladigan muloqotli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga, interfaol usullar bo‘yicha o‘qitish tashkil etilganda, e’tibor berilishi kerak bo‘lgan yana bir jihat darsga qo‘yilgan maqsad va vazifaning mazmuni masalasidir.
Maqsad va vazifalarning mazmuni o‘qitishning an’anaviy shakllariga qaraganda boshqacharoq xarakterga ega bo‘lishi lozim.
O‘qituvchi dars jaryonida interfaol usullardan foydalanishdan oldin mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar haqida ma’lumot berib o‘tadi. Shundan so‘ng bu tushunchalarni o‘quvchilar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtirishlari, takrorlashlari, kengaytirishlari va mantiqiy fikr yuritishlariga imkoniyat beradi.
Bunda interfaol usullarning ahamiyati oshadi. Quyida bunday usullardan uchtasining dars jarayoniga tatbiqini ko‘rib chiqamiz.
|
| |