|
Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi
|
bet | 19/34 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 191,92 Kb. | | #147119 |
Bog'liq B. Siddiqov S. Abdullayev sh. Mexmonaliyev-fayllar.orgUslubiy talablar: Katta hajmdagi o‘quv materialini o‘zlashtirish va qayta ishlash imkoniyatini berish, olingan natijalarni tahlil qilish uchun grafik interpretatsiyalardan foydalanish;
- ta’lim beruvchiga darsni mustaqil dars ko‘rinishda o‘tkazishga sharoit yaratish, bu holatda ta’lim beruvchi maslahatchi rolida ishtirok etishini ta’minlash;
- ta’lim oluvchiga mustaqil o‘rganish, zarur holatlarda misol, masala, laboratoriya ishlari va topshiriqlarni mustaqil bajarishga sharoit yaratish;
- darslarga tayyorgarlikni o‘qituvchiga qulay usulda amalga oshirishga imkoniyat yaratishi (slayd, matn, videomaterial va h.k. tayѐrlash imkoniyatini berish);
- o‘rganiladigan o‘quv materialini sistemali, mantiqiy ketma-ketligini, modulliligini va ular orasidagi uzviylikni ta’minlash;
- o‘qituvchiga ta’lim oluvchilar o‘zlashtirgan bilim darajasini turli xil murakkablikdagi (murakkablik darajasi shakllantiriladigan) nazorat dasturlari yordamida nazorat qilish imkoniyatini berish zarur.
Funktsional talablar:
- mazmun qog‘oz variantdagi kitobga o‘xshash tarzda, kalit so‘zlarni qidirish imkoniyati majud, fanni to‘ldiradigan qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitilgan;
- moslashuvchanlik - ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq ravishda, o‘tilgan mavzuni qaytarish, ustida ishlashni individual tempda amalga oshirish;
- ko‘pterminalli - statik ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyati mavjud, sinfdagi o‘quvchilarning darslikdan foydalanish chastotasi, test natijalari, to‘g‘ri - noto‘g‘ri javoblar, o‘quvchilarning qaysi mavzuni yomon o‘zlashtirayotganligini tahlil qilish imkoniyatlari;
- interaktivlik - tabiiy muloqotni imitatsiyalash, ya’ni EATR bilan o‘quvchi o‘rtasida muloqot o‘rnatib, o‘qituvchi yoki o‘rgatuvchi mavjudligi hissini tashkil etish;
- interaktivlik ta’minlash va individual ta’lim olishga sharoit yaratish imkoniyatining mavjudligi;
- elektron axborot texnologiyalarida mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan foydalangan holda yuqori sifatli ko‘rgazmalilikka ega bo‘lishi shart.
|
| |