Pedagogika.Psixologiya fanidan yakuniy nazorat savollari
Pedagogika atamasi qaysi tildan olingan?
B.Yunoncha
………… ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan
A. Pedagogika
Tarbiya nazariyasiga berilgan to‘g‘ri ta’rifni toping?
Pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Pedagogika fanining obyekti
O‘qituvchi va o‘quvchilar
Pedagogikaning prognostik vazifasi
Ilmiy asoslangan maqsadlarni belgilash va ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish strategiyalarini belgilash
Pedagogikaning analitik vazifasi
Ta’lim va tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati, sabab-oqibat aloqadorligini o‘rganish;
Pedagogikaning tashkiliy vazifasi
Ta’lim jarayonini boshqarishning ilmiy-metodik ta’minotini yaratish
Pedagogikaning metodologik vazifasi
Yangi pedagogik texnologiya, innovatsion shakl va vositalarni ishlab chiqish;
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha … deb ataladi.
Kategoriya
Shaxsga berilgan to’g’ri ta’rifni toping.
Psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va hatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi
11 ….. shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Bilim
12….. shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati.
Ko’nikma
13 …… muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Malaka
14 egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish qobiliyati
Kompentatsiya
15 Pedagogikaning tarmog’i pеdаgоgik аksiоlоgiyaga berilgan to’g’ri ta’rifni toping?
Ta’lim oluvchi vа tа’limni qаdriyat dеb e’tirоf etgаn hоldа, tа’limiy qаdriyatlаrni o’rganish hаmdа tа’lim-tarbiyagа аksiоlоgik yondаshuvni qaror toptirishga xizmat qiluvchi pеdаgоgik bilimlаr sоhаsidir.
16 Neyropedagogika bu ….
Bu bosh miya (o’ng va chap miya yarim sharlari) faoliyati va tuzilishidagi funksional tafovutlar to’g’risidagi bilimlar hamda mazkur bilimlarni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llay olish haqidagi amaliy fan sohasi.
17 pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodi hisoblanib, fransuzcha – tekshirish degan ma’noni bildiradi.
Anketa
19 Mazkur metod o’quvchilarning muayyan yo’nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma’lum fan sohalari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Berilgan ta’rif qaysi ilmiy tadqiqot metodiga tegishli?
Bolalar ijodini o’rganish metodi
20. Pedagogika fani nimani o‘rgatadi?
Ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talabiga va o‘quvchilar yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini
21. Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun qachon qabul qilindi?
2020 yil 23 sentyabr
22. Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun nechta bob va moddadan iborat?
11 bob, 75 modda
23. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi, bu...
Ilm, fan va madaniyatni yanada rivojlantirish;
24. Ta‘lim deganda nimani tushunasiz?
Ta‘lim deb – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan, o’quvchi (talaba)larni bilim, ko’nikma va malakalari bilan qurollantiradigan, ularning bilish qobiliyatlarini o’stiradigan va dunyoqarashini shakllantiradigan jarayondir.
25. Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
Irsiyat, muhit, ta’lim-tarbiya
26. «Didaktika» termini yunoncha «didaktikos» so'zidan olingan bo'lib, qanday ma'noni anglatadi?
Ta'lim berish va o'qitish
27. “Buyuk didaktika” asarining mullifi?
Komenskiy
28. Anketa metodining qanday turlari mavjud?
Ochiq va yopiq javobli
29.O’zbekiston Respublikasida nechta ta’lim turlari faoliyat yuritadi
7 ta
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qachon qabul qilindi.
2019-yil 8-may
Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha nechta darajalarni o‘z ichiga oladi:
3
4
5
2
О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida qaysi universitatlarni mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish vazifasi qo’yilgan?
O’zMU va SamDU
TATU va TTA
O’zMU va Nizomiy nomidagi TDPU
TATU va SamDU
Qaysi qatorda Oliy ta’limdan keying ta’lim turi to’g’ri ko’rsatilgan?
Doktorantura
Magistratura
Bakalavr
Ordinatura
Maktabgacha ta’lim tizimida yangi tashkil etilgan mobil bog’chaga berilgan to’g’ri ta’rifni toping
Onlayn ta’lim-tarbiyaviy ishlarni olib borish
Maktabgacha ta’lim hujjatlarining elektron nazoratini amalga oshirish
Maxsus maktabgacha ta’lim elektron platformasini yaratish
Maxsus avtobuslarda tashkil etilgan mini bog’cha
36. Uzluksiz ta’lim tizimi turlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. O’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi, oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’lim;
B. Bog’cha, maktab, institut, aspirantura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik, maktabdan tashqari ta’lim, malaka oshirish muassasalari, nodavlat ta’lim muassasalari;
C. Maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, maktab, oliy o’quv yurtlari, akademik litseylar, universitetlar, malaka oshirish institutlari;
D. Maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim, professional ta’lim, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’lim.
37. Oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash qayerda amalga oshiriladi?
A. Universitetlar, akademiyalar, institutlarda;
B. Institutlar, kollejlarda, ilmiy tekshirish institutlarida;
C. Universitetlarda, litseylarda va texnikumlarda;
D. Oliy maktab, litsey va kollejlarda
38. Maktabgacha, umumiy о‘rta ta’lim qanday ta’lim?
Byudjet asosidagi
Tanlov asosidagi
Ixtiyoriy
Doimiy
39. Oliy ta’lim qanday bosqichlarga bо‘linadi?
A. Bakalavriat, magistratura va aspirantura
B. Magistratura, aspirantura va doktorantura
C. Bakalavriat, magistratura, adyunktura
D. Bakalavriat, magistratura
40. Zardushtiylikning muqaddas kitobi
Avesto
O’rxun-Enasoy bitiklari
Axuramazda
Axriman
Zardushtiylik axloqining asosiy uchligi
Ezgu amal, ezgu fikr, ezgu so’z
Ezgu niyat, ta’lim, na’muna
Ezgu amal va hayot, mehnat
Ezgulik,to’g’rilik, mehnat
41.Zardushtiylik axloqining asosiy uchligi
A. Ezgu amal, ezgu fikr, ezgu so’z
42.Al jome as-sahih asari kimning qalamiga mansub?
A. Al-Buxoriy
43.Birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos solgan sharq mutafakkiri
A. Al-Xorazmiy
44.«Baxt-saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar shahri» asarlarining muallifi
A. Al-Forobiy
45.“Ta’lim so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya - esa amaliyot, ish-tajriba bilangina amalga oshiriladi”. Ushbu fikrlar muallifini toping.
A. Beruniy
B. Xorazmiy
C. Forobiy
D. Ulug’bek
46. Birinchi bo’lib ta’lim va tarbiya tushunchalariga ta’rif bergan sharq mutafakkiri
C. Forobiy
47. Insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’lgan sharq mutafakkiri?
A. Beruniy
B. Xorazmiy
C. Forobiy
D. Ulug’bek
48. Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muhim rol oynaydi bular:
B. Irsiyat, muhit, tarbiya
49. Bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik kerak degan sharq mutafakkiri kim?
A. Beruniy
B. Xorazmiy
C. Forobiy
D. Ibn Sino
50. Bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’qitish zarurligini ko’rsatgan sharq mutafakkiri kim?
C. Forobiy
51. O’zining pedagogik qarashlarida o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borishni ta’kidlagan sharq mutafakkiri?
D. Ibn Sino
52. «Tib qonunlari» asarining muallifi?
D. Ibn Sino
53. «Qutadg’u bilig» asarining ma’nosi
A. Baxt-saodatga eltuvchi bilim
54. O’rta asrlarda “Ixlosiya” madrasasi, “Xolisiya” xonaqohi, “Qudsiya” jome’ masjidi, “Shifoiya” davolash uyi, “Safoiya” hammomini qurdirgan alloma kim?
B. Navoy
55. Muhammad Tarag’ay Ulug’bek tomonidan barpo etilgan hamda o’zi bevosita ta’lim bergan madrasalarda o’qishning 1-bosqichi nima deb atalgan?
A. «Anda»
56. Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o’zi bevosita ta’lim bergan madrasalarda o’qishning “A’lo” bosqichi o’qish muddati nechi yil?
B. 3 yil
57. Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o’zi bevosita ta’lim bergan madrasalarda o’qishning barcha bosqichlarini o’qish muddati nechi yil bo’lgan?
A. 8 yil
58. «Muxtasar», «Mubayyin», «Volidiya» asarlarining muallifi?
A. Z.M.Bobur
59. Z.M.Boburning ijodiga mansub bo’lgan qaysi asari uzoq yillar davomida maktablarda, madrasalarda savod o’rgatish kitobi sifatida foydalanilgan.
D. “Xatti Boburiy”
60. Alisher Navoiy “u” to’g’risida shunday fikr bildirgan: ........... buloqdur-suvi olgan bilan qurimaydi; xazinadir – naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir – urug’i izzat va shavkat mevasi beradi; daraxtdir – shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi yetkazadi. Nuqtalar o’rniga mos so’zni toping?
A. Qanoat
61. “Uning ishi odam qo’lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to’da bolaga ilm va adab o’rgatadi, ko’rkim bunga nima etsin”. Mudarris haqida bildirilgan fikr muallifini toping?
A. A.Navoiy
62. “Bahoriston” asarining muallifi kim?
D. A.Jomiy
63. Yangi pedagogik texnologiyani bugungi kundagi ahamiyati qanday?
D. Sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi
64. Pedagogik texnologiyaning asosiy vazifasi nima?
A. O’quv jarayonini mazmunli amalga oshirish
65. Pedagogik texnologiyani asosiy maqsadi nimalardan iborat?
D. O’quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishdan
66. Pedagogik texnologiya nima?
C.Ta’lim-tarbiya jarayonida mahorat, san’a tbilan boshqarishni tashkil etish
67. Pedagogik muloqot nima?
D. Hamma javoblar to’g’ri
68. «Interaktiv» sо‘zining lug‘aviy ma’nosi…
D. О‘zaro harakat qilmoq
69. Berilgan tushunchalarni shakllantirish ketma-ketligi qaysi javobda tо‘g‘ri ifodalangan?
C.Tushuncha-bilim-kо‘nikma-malaka;
70. Tarbiya turlari.
A. Aqliy tarbiya, jismoniy, axloqiy, mehnat, nafosat, ekologik, etik, iqtisodiy, huquqiy;
71. О‘qitish shakllari tо‘liq berilgan javobni toping.
A. Ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim, amaliyot;
72. Tarbiya metodlari qaysi javobda tо‘g‘ri kо‘rsatilgan?
D. Barcha javoblar tо‘g‘ri.
73. Ta’lim berishning asosiy kategoriyalari?
D. Ilmiylik, tushunarlilik, onglilik va faollik, uzviylik
74. Pedagog, pedagogika atamalari qaysi so'zdan kelib chiqqan va qanday ma'noni bildiradi?
D. Qadimgi grek tilidagi “paydogogos” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "bola yetaklovchi" degan ma'noni bildiradi.
75. ……. – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish mohiyatini o’z ichiga oladi.
C. Davlat va jamiyat
76. Ta’limning ko’rgazmali metodlarini ko’rsating.
D. Demonstratsiya, illyustratsiya
77. ... – olingan bilim ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, qo’shimcha ma’lumot yoki materiallarni mustaqil o‘rganish maqsadidagi o‘quv shakli.
A. Mustaqil ta’lim;
78. … – o‘quv harakatlarini juftlik, kichik guruh yoki katta akademik guruh faoliyatini tashkil etish orqali aniq belgilangan ta’limiy maqsadga erishish yo‘li, usuli.
A. Ta’lim starategiyalari;
. 79. ... – ta’lim maqsadiga erishish uchun qo‘llaniladigan qurol; ta’limiy harakat yoki faoliyatni amalga oshirishda foydalaniladigan narsalar, buyumlar.
A. Ta’lim metodlari
80. Amaliy metodlarning turlari qaysilar?
B. Mashq, laboratoriya, amaliy ishlar
81. Etnomadaniy an’analar, xalqning poetik va badiiy ijodiyotiga asoslangan og‘zaki bilimlar, tarbiyaviy (faoliyat) ko‘nikmalar majmui, bolalarning bir-birlari va kattalar bilan qiladigan muloqotining barqaror shakllarini o‘zida namoyon etuvchi fan – bu ...
B. Xalq pedagogikasi
82. Didaktikaning asosiy kategoriyalari....
B. Dars o‘tish, bilim berish, o‘qitish, malaka, ko‘nikma, shakl, metod, vosita, natijalar.
83. O'qituvchining o'quvchilar bilimlarini chuqur, ongli va mustaqil egallab olishlariga qaratilgan va o'quvchilar bilish faoiiyatini boshqarishni ta'minlaydigan faoliyat usullari nima deb yuritiladi?
C. Ta’lim metodlari
84. Baholash qaysi nazoratlarni o’z ichiga oladi?
C. Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar;
85. Og’zaki ta’lim metodlari qaysi javobda ko’rsatilgan?
C. Hikoya, suhbat, ma’ruza;
86. O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va ...
A. Uzluksiz
87. Qaysi o’quv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy o’rta ta’lim tizimiga o’tildi?
A. 2018-2019 o’quv yilidan
88. Kompetensiyaga to’g’ri ta’rif berilgan qatorni toping?
A. Egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish qobiliyati;
89. «Kichik guruhlarda ishlash» mеtodining afzalliklari to’gri berilgan qatorni toping:
D. O’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi; muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib kеladi; vaqtni tеjash imkoniyati mavjud; barcha talabalar jalb etiladi; o’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi
90. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» PQ3305son qarori qachon qabul qilingan?
C. 2017-yil 30- sentyabr
90. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» PQ3305son qarori qachon qabul qilingan?
C. 2017-yil 30- sentyabr
91. Ta’lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilishning asosiy qoidalari:
A. Rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish, ilmiylik, demokratizm
92. Innovatsiya nima?
A. Ishlab chiqarish jarayonini yangicha tamoyillarda tashkil etish
B. Yangi texnika va texnologiya yangiliklarini joriy etish
93. Kommunikativ qobiliyatlarga quyidagilar kiradi:
A. Kishining boshqa kishini bilishi, kishining о‘zо‘zini bilishi, muloqot vaziyatini tо‘g‘ri baholay olishi;
94. О‘qituvchi faoliyatida muloqot odobiga qо‘yiladigan talablar.
C. Dо‘stlik, xizmatdagi moslik, hamjihatlik, maslakdoshlik, iltifotlilik, samimiylik;
95. Pedagogik faoliyatning samarali bо‘lishi uchun о‘qituvchiga zarur bо‘lgan qobiliyat turini aniqlang?
D. Hamma javoblar tо‘g‘ri;
96. Yunonchadan tarjima qilganda “misol, namuna, model” ma’nosini beruvchi pedagogik atama bu –
C. Motivatsiya
97. Interfaol dars о‘tish uslublariga quyidagilardan qaysi birlarini kiritish mumkin?
D.To’g’ri javob yo’q
98. Noan’anaviy darslarning ahamiyati:
D. Barcha javoblar tо‘g‘ri.
99. “Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”. Yuqoridagi fikrlar kimning fikrlari?
A. Abdulla Avloniy
100. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
D.Pedagogik texnikalar
|