• Kasbiy o’sish isti qbollari
  • Mening kutganlarim va qo’rqadiganlarim”
  • Turli faoliyat turlariga munosabat”
  • O’z-o’zini reklama qilish”
  • Birga o’tiramaz, bir qatorda o’tiramiz”
  • Kasblar qaqida bahs” -“Ha, lekin...”
  • 10 yildan keyingi uchrashuv”
  • Mening kelajakdagi rejam”
  • Zaruriy kasbiy fazilatlar




    Download 0,55 Mb.
    bet111/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    Zaruriy kasbiy fazilatlar:

    1. mantiqiy va texnik fikrlash;

    2. sabrliligi;

    1. guruhni boshqarish qobiliyati;

    2. kirishimliligi;

    3. mas’uliyatliligi;

    4. aniqlikliligi;

    5. tashkilotchilik qobiliyati.



    Turdosh kasblar:

    1. Avtomobil yo’llari, ko’priklar, transport inshootlari va aerodromlarni qurish, foydalanish va ta’mirlash texnigi;

    2. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik-mexanik;

    3. Avtomobillarni yig’ish va sinash bo’yicha texnik - mexanik.

    Kasbiy o’sish istiqbollari
    I – bosqich II – bosqich III – bosqich 030201 Dispetcher, texnik katta dispetcher avtojamlanma mexanigi


    KASBIY BILIMLARINI OSHIRISH BO’YICHA MINI-TRENINGLAR
    Orzular”
    Barcha ishtirokchilar doira bo’ylab o’tirib, ko’zlarini yumgan holda kelajakdagi holatini, bo’lg’usi kasbini o’z istaklariga kuloq solgan holda tasavvur qiladi. Buning uchun 1,5 daqiqa vaqt beriladi. Sokin, yoqimli musiqa qo’yib qo’yiladi. Guruhdagi har bir ishtirokchi o’z taassurotlari bilan almashadilar.
    Trener aytilganlarni umumlashtiradi. U guruhdagi har bir ishtirokchining orzusi, maqsadi borligini va unga erishishga harakat qilish lozimligini aytadi.
    Mening kutganlarim va qo’rqadiganlarim”
    Har bir ishtirokchi guruhda ishlash davomida vujudga kelishi mumknn bo’lgan kutilmalar va qo’rqinchli narsalr haqida fikr bildiradi. Hamma (fikr bildirib bo’lgach, trener “bu erda va hozir” ning mazmunini tushuntirib beradi).
    Turli faoliyat turlariga munosabat”
    Ishtirokchilar doira bo’ylab turadi, olib boruvchi esa o’rtada turadi. U umumiy qiziqishga, faoliyatga layoqatga ega insonlarning o’rnilarini almashtirishini aytadi. Olib boruvchi qandaydir belgini aytganida, ushbu belgiga ega ishtirokchilar o’z joylarini almashtirishlari lozimligini aytadi. Masalan: “Barcha sportni sevadiganlar joylarini almashgirsin” va barcha sportni yoqtiradiganlar o’z joylarini almashtiradilar. Bunda olib boruvchi bo’sh joylarning biriga o’tiradi. Joysiz qolgan ishtirokchi olib boruvchi bo’ladi.
    Mendek bajar!”
    Barcha ishtirokchilar olib boruvchidan keyin qator turib, doira bo’ylab harakatlanib, “Mendek bajar!” deb turli harakatlarni amalga oshiradi. Boshqa ishtirokchi “Mendek bajar” deb, yangi harakatni ko’rsatmagunicha, barcha bu harakatlarni takrorlaydi. Iloji boricha har bir ishtirokchi barcha uchun yangi bir harakatni ko’rsatishga xarakat qilishi kerak.

    O’z-o’zini reklama qilish”


    25-30 minut davomida ish beruvchiga o’zining psixologik xususiyatlari, qobiliyatlari, muvaffaqiyatlari haqida xat yozish taklif etiladi. Muallif imzo qo’yib, xatni olib boruvchiga topshiradi. Olib boruvchi barcha xatlarni yig’ib, muallifni e’lon qilmasdan, xatlarni ovoz chiqarib o’qiydi. Guruxda xatlar muhokama qilinadi va ishtirokchilar bu xatni kim yozganligini topishga harakat qilishadi.

    Molekulalar va atomlar”


    O’zimizni atomlar deb tasavvur qilamiz. Ular shunday tasvirlashni (qo’l barmoqlari qisilgan va elkaga qo’yilgan). Atomlar trener bir sonni aytmagunicha, xona bo’ylab harakatlanishadi. Keyin aytilgan songa ko’ra atomlar birlashib molekulani tashkil etishadi. Atomlar bir-birlariga elkalarini tekkizib, bir-biriga yuzma-yuz qarab doira shaklida molekulani tasvirlashadi. Bir ishtirokchi molekulaga kirmay tashqarida qoladigan sonni aytmaslikka harakat qilish kerak. O’yin oxirida trener ishtirokchilar songa teng bo’lgan sonni aytadi.
    Mikrofonda chiqish”
    O’quv yurtlaridan birining vakili (oliy, o’rta, o’rta-maxsus) bitiruvchilarga qanday kasblarni egallash mumkinligi haqida tushuncha beradi. Nutqning oxirida ishtirokchilar savollar berishi mumkin. Barcha ishtirokchilar navbat bilan vakil bo’lib chiqishadi. Taklif qilinayotgan kasblar muhokama qilinadi.
    Birga o’tiramaz, bir qatorda o’tiramiz”
    Barcha ishtirokchilar elkalaridan ushlab, doira bo’ylab, asta- sskinlik bilan o’giradilar. So’ngra yana elkalaridan ushlab xuddi shuiingdek, o’rinlaridan turadilar.
    Orqadagi yozuv”
    Olib boruvchi biror kasbning nomini yozib ishtirokchilardan birining orqasiga yopishtirib qo’yadi. Qolgan ishtirokchilar bu kasbni shunday tasvirlashlari kerakki, orqasiga kartochka yopishtirilgan ishtirokchi bu kasbni topsin.

    Haykaltarosh”


    O’yin juftliklarda o’tkaziladi. “Haykaltarosh” guruh ipggirokchisidan, bu inson uning fikricha ko’proq mos keladigan kasb vakilini yasaydi. Keyin rollar almashinadi.
    To’siq”
    Treningning har bir ishtirokchisi yaqin kasbiy maqsadga erishish yo’lida nima bar’er, to’siq bo’lishi mumkinligini fikran tasavvur qiladilar. Bu to’siq guruh a’zolaridan tuziladi, ular ipggirokchini doiradan chiqishiga to’sqinlik qilishadi. Ishtirokchi to’sqinlik qilayotganlardan birini ko’ndiribgina to’siqdan chiqishi mumkin. So’ngra muhokama bo’lib o’tadi.
    Noverbal muloqot”
    Ishtirokchilar juft-juft bo’lib bo’linishadi. O’zaro rollar bo’linadi: ulardan biri, jonsiz, qarashlari ma’nosiz mavjudotga aylanadi, ikinchisi esa sherigiga teginmasdan, unga bir og’iz ham gapirmay uni tiriltirishi kerak. Bunda u faqat qarash, mimika, jest va pantomimikadangina foydalanishi mumkin. Sherigining ixtiyorsiz luqma tashlashi, kulgusi, jilmayishi va boshqa hissiy hayot ko’rinishlari paydo bo’lganda “reanimator” ishini muvaffaqiyatli chikdi, deb hisoblash mumkin. Buning uchun 1 minut vaqt beriladi. Muhokama. “O’zingizni erkin tutishga nima halaqit berdi? Nima uchun?”....
    Kasblar qaqida bahs” -“Ha, lekin...”
    Ishtirokchilar juft-juft bo’lib bo’linishadi. Har bir juftlikda kelajakda ularning biri egallamoqchi bo’lgan kasb tanlanadi. Topshiriq, o’z tanlovini asoslashdan iborat. Bahs quyidagi printsip bo’yicha quriladi: “ha, lekin...”
    Birinchi ishtirokchi: “Menga bu kasb yoqadi...., chunki.
    Ikkinchi ishtirokchi: “Ha, lekin...”.
    Kim bu kasb tanlagan ishtirokchiga qanchalik mosligini yaxshilab asoslab berarkin? So’ngra rollar almashinadi. Muhokama bo’lib o’tadi. Bahs haqida taassurotlar almashinadi.
    10 yildan keyingi uchrashuv”
    Barcha ishtirokchlar juft-juft bo’lib bo’linishadi. Trener quyidagilarni aytadi: “Kelinglar, soatlarimizni 10 yil oldinga surib qo’yamiz. Endi biz ___yildamiz. Hayotimizda ko’p narsalar o’zgargan. Hozir siz ta’tildasiz. Yoz. Siz shaharga o’zingiz o’qigan maktabga keldingiz. Ko’chada sinfdoshlaringiz bilan uchrapshb qoldingiz. Bu yillarda nimalar ro’y bergani, nima bilan shug’ullanganingiz haqida jonli suhbat boshlanib ketdi. Sizga 5 minut vaqt beriladi”. Suhbat tugangandan so’ng barcha ishtirokchilar doira bo’ylab o’tirishadi, har bir ishtirokchini guruhga tanishtiriladi. Muhokama.
    Mening kelajakdagi rejam”

    Download 0,55 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




    Download 0,55 Mb.