• Ijodiy muvaffaqiyatlar” Maqsad
  • Pedagogika va psixologiya




    Download 0,55 Mb.
    bet113/116
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #105241
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
    Bog'liq
    18 09 2023 УМК МУҲАНДИСЛИК ПСИХОЛО ГИЯСИ 2023 2024

    Mashqning maqsadi: ishtirokchilarga ongli kasb tanlash imkoniyatlarini amaliyotda tushunishga yordamlashish.
    Yo’riqnoma: “Bizning vazifamiz - kasbni to’g’ri tanlash motivini aniqlashdan iborat, ya’ni barcha insonlar o’zlariga kasb tanlagandan asosiy sababni aniqlashdan iborat. Buning uchun men sizlarga ikkitadan motivlarni o’qib beraman. Sizlar esa muhokama qilish, ovozga qo’yish yo’li bilan ulardan qaysi biri yaxshiligini aniqlashingiz lozim”.
    Motivlar 16 ta fikrdan iborat:
    1. Mashhurlikka erishish, shuxrat qozonish.
    2. Oilaviy an’analarni davom ettirish imkoniyati.
    3. O’rtoqlari bilan o’qishni davom ettirish imkoniyati.
    4. Insonlarga xizmat qilish imkoniyati.
    5. Maosh.
    6. Davlatning iqtisodiyoti uchun ahamiyati, kasbning davlat va ijtimoiy ahamiyati.
    7. Ishga kirishning osonligi.
    8. Ishning istiqbolliligi.
    9. O’z qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyati.
    10. Insonlar bilan muloqot qilish imkoniyati.
    11. Bilimlarni egallash.
    12. Mazmunan turlicha ish.
    13. Kasbning romantikligi, sharafliligi.
    14. Mehnatning ijodiy xarakteri, yangiliklar ochish imkoniyati.
    15. Murakkab, qiyin kasb.
    16. Toza, oson, xotirjam ish.
    Olib boruvchi birinchi va ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi, ... o’n beshinchi va o’n oltinchi savollarni o’qiydi. Shundan so’ng ro’yxatda 8 ta motiv qoladi. Yana xuddi yuqoridagidek, 1chi va 2chi, 3 chi va 4 chi motivlar o’qiladi v.h.
    Ijodiy muvaffaqiyatlar”


    Maqsad: kasb orqali o’zini namoyon qilish yo’llarini tadqiq etish.
    Yo’riqnoma: “Kelinglar, o’z ish joyimizga joylashamiz.
    Hozirgina biz psixologning o’zini namoyon qilishining turli yo’llarini ko’rib chiqdik. Har birimiz o’z hayot yo’lini, kasb faoliyatini, qanday mutaxassis bo’lishini tanlagan. Bu yo’nalishda rivojlanib qanday ijodiy muvaffaqiyatlarga erishishingizni tasavvur qilamiz. Bu bilan bog’liq ravishda siz qanday o’zgarasiz, oila a’zolaringiz, do’stlaringiz qanday o’zgaradi. Bunga har xil tomondan qarang, buni dildan his qiling. Ularni eslab qoling. Barchasini tasavvur qilib bo’lganingizdan so’ng ko’zingizni oching. Endi psixolog sifatida ijodiy muvaffaqiyatlaringizni tasvirlang.
    Topshiriqni bajarishga 10-15 minut vaqt ketadi.
    “Ishlarni doira bo’ylab polga joylashtirish taklif etiladi. Sizni jalb qilgan ishlarni belgilab qo’ying. Kimningdir asosiy goyasi siznikiga o’xshash bo’lishi mumkin. O’z ishingizni siznikiga yaqinroq bo’lgan ishning oldiga qo’ying”.
    Izoh: topshiriq doira bo’ylab bajariladi. Agar ishgirokchi tanlagan ishning oldida boshqa ish turgan bo’lsa, u har ikkala ishni olib, uning fikricha yaqinroq deb hisoblagan ishning oldiga qo’yishi mumkin. Agar guruh shakllangan bo’lsa, ishtirokchi o’z ishini unikiga yaqinroq ishning oldiga ko’yadi
    Mashq natijasida bir necha guruhlar tashkil topadi. Shundan so’ng guruhlarga topshiriq beriladi.
    Har bir guruh o’zini rivojlantirish usulini topishi kerak va quyidagi savollarga javob berishi lozim (Savollar doskaga yoziladi).
    - Guruhingizning asosiy maqsadi qanday?(siz nima uchun bularni bajarmokdasiz?).
    - Maqsadga erishish usullari?(qanday qilib? Kim yoki nima yordamida?).
    - Siz bilan va sizning atrofingizdagilar bilan nimalar ro’y bermokda?
    - Maqsadni amalga oshirish uchun hozirda nima bajrildi?
    - Zaxirangizdagi nimadan foydalanishingiz mumkin? Yana nimani o’zlashtirish lozim?
    - Bu maqsadni amalga oshirish qanchalik real?
    Sharh: Guruhiy ishni bajarishga 10 minut vaqt ketadi. Vaqt tugagandan so’ng guruxlar taqdimotni boshlaydi. Guruhning rivojlanish yo’li va ijodiy muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan 1 yoki 2 kishi tayinlanadi. Namoyish etishga 3 minut vaqt ketadi. Vaqt tugagandan so’ng ishtirokchilar savollar berishi yoki o’z fikrlarini bildirishlari mumkin.



    Download 0,55 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




    Download 0,55 Mb.